Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari
EROZIYA JARAYONINI VUJUDGA KELTIRUVCHI
Download 5.78 Mb. Pdf ko'rish
|
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)
7.6.2. EROZIYA JARAYONINI VUJUDGA KELTIRUVCHI
SABABLAR VA UNGA QARSHI KURASH CHORALARI Eroziya jarayoni asosan bahor faslida kuchayib, qishloq xo‘jaligi uchun katta zarar keltiradi, u yerning ustki unumdor qatlamlarini butunlay yuvib ketadi, ekin maydonlarini ishlab bo‘lmaydigan darajada buzadi, o‘nqir-cho‘nqirlar, jarlar paydo qiladi, tuproqning kimyoviy, fizik, mexanik xossalarini o‘zgartirib yuboradi. Eroziya jarayonining ana shunday bajaradigan buzg‘unchilik ishlariga asosan quyidagilar sababdir: 1. Yer sathining qiya yoki nishab bo‘lishi (qiyalik 8—10° dan kam bo‘lmasligi). 2. Yuviladigan jins qatlamlarining haddan tashqari g‘ovak, sochi- luvchan bo‘lishi, tuproq zarrachalarining bir-birlari bilan mustahkam jipslashmaganligi. 3. Yog‘in miqdorining ko‘p bo‘lishi va tez yog‘ishi. 4. Asosiy daryo o‘zanining yuvilayotgan maydon sathiga nisbatan pastda va dengiz yuzasiga nisbatan balandda bo‘lishi. Daryo o‘zani yuviluvchi maydonga nisbatan qancha pastda bo‘lsa va dengiz yuzasidan balandda bo‘lsa, maydonda hosil bo‘lgan yomg‘ir suvlari oqimining ana shu daryo o‘zaniga qarab intilishi, yuvish kuchi shuncha katta bo‘ladi. Eroziya jarayonini vujudga keltiruvchi yuqoridagi sabablar kuchini kamaytirish shu bilan birga u keltiradigan oqibatlarning oldini olish uchun ko‘riladigan asosiy choralar quyidagilardan iborat: 1.Yuvilish jarayoniga uchrovchi tuproq qatlami zarrachalarining mus- tahkam jipslashib turishini ta’minlash. Buning uchun ana shu rayonlarda daraxtzorlar, butazorlarni ko‘paytirish, mavjud daraxt, butazorlarni qirqishni qat’iyan cheklab qo‘yish. 2. Haydash ishlarini yo‘lga solish. 1 3 2 3. Tog‘ yonbag‘irlarini qirqib, terrasalar hosil qilish, bu bilan nishablik (qiyalik) darajasini kamaytirish. 4. Jarlarning rivojlanishiga yo‘l qo‘ymaslik. Jarlarning paydo bo‘lishini ko‘rsatadigan asosiy belgilar biz yuqorida ko‘rsatib o‘tganimizdek, birinchi yilda chuqurligi 0,5—1 metr, eni 1—2 metr keladigan tabiiy ariqchalarning hosil bo‘lishi bo‘lib, agar vaqtida tegishli choralar ko‘rilmasa, bu ariqchalar zaminida keyingi 3—4 yil ichida qayta-qayta o‘yilishi, qulash, yuvilish jarayonlar natijasida chuqurligi 15—20 metrga, eni hatto 10—30 metrga yetadigan jarlar hosil bo‘ladi. Shuning uchun ikkinchi yiliyoq ana shu hosil bo‘lgan ariqchalardan suv oqqanda, uni o‘yilib, yuvilib ketmaydigan qilish, temir-beton plitalar yotqizish, kerak joylarda ma’lum to‘siqlar o‘rnatish va suvning oqish tezligini iloji bori- cha kamaytirish, ariqchalarning yon devorlari atrofiga ko‘p yillik o‘simlik ko‘chatlari o‘tkazish darkor. Download 5.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling