Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari
CHO‘KISH HODISASIGA QARSHI KURASH
Download 5.78 Mb. Pdf ko'rish
|
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)
7.4.5. CHO‘KISH HODISASIGA QARSHI KURASH
CHORA VA TADBIRLARI Cho‘kuvchan lyoss jinslari tarqalgan hududlarda qurilishi kerak bo‘lgan imorat va inshootlarning xiliga e’tibor bergan holda, qurilish boshlanguncha bo‘lgan davr ichida quyidagi choralarning u yoki bu turi qo‘llaniladi. 1. Cho‘kuvchan jins qatlamlarida kotlovanlar qazilib, ularga suv to‘ldirilib, ana shu jinslarni o‘z og‘irliklari ostida cho‘ktirilib, cho‘kuv- chanligi kamaytiriladi, yo‘qotiladi. 2. Cho‘kuvchi jins tarqalgan uchastkalarda ma’lum balandlikdan katta og‘irlikdagi yukni, maxsus mashinalar yordamida qayta-qayta zarba bilan urish, zichlash (trambovkalash) yo‘li bilan cho‘kuvchi jinslarning g‘ovakligi kamaytirilib, zichligi, hajm og‘irligi oshiriladi. 3. Lyoss jinslarining cho‘kuvchanligini termik yo‘l bilan kamayti- rish, ya’ni parma quduqlari yordamida cho‘kuvchi jins qatlamlariga ma’lum bosim ostida issiqligi 400—800 0 ga yetadigan issiq havoni yuborish yoki parma qudug‘i ichida har xil yonilg‘ilarni 0,15—0,5 atm bosim ostida yoqilib (Litvinov usuli), issiq havoning jins g‘ovaklari bo‘y- lab tarqalishini ta’minlash. Birinchi va ikkinchi hollarda ham jins tarkibi- dagi suvlarning bug‘lanib, uning tarkibi, fizik-mexanik xossalarining o‘zgarishi yuz beradi. Cho‘kuvchan jins o‘z cho‘kuvchanlik xususiyatini yo‘qotadi. 4. Shisha suyuqligiga 2,5 protsentli NaCl eritmasini quyib (V.V.As- kolonov usuli) cho‘kuvchan jins g‘ovaklariga siqib kirgazish usuli. Bu usulning foydali tomoni shundaki, suyuq shisha qo‘shilgan NaCl eritmasi 1 2 4 jins tarkibidagi MgSO 4 , CaSO 4 tuzlarning eruvchanligini oshiradi va tez cho‘kmaga tushishiga sabab bo‘ladi. Natijada jinsni tashkil qilib turgan mineral zarrachalarning zichlashish jarayoni vujudga keladi; ikkinchidan bo‘sh g‘ovaklar hosil bo‘lgan kremniy kislotasi quyqumi bilan to‘ladi. Bu quyqum 30 sutkadan keyin mineral zarrachalarning bir-birilari bilan mustahkam birikishiga, shu bilan jinsni cho‘kmaydigan, ko‘pchimaydigan, suvda yemirilmaydigan holga kelishiga sabab bo‘ladi. 5. Cho‘kuvchi jins g‘ovaklarini parafin-mazut-bitum aralashmasi bilan to‘ldirish usuli (K. I. Dobrovolskiy usuli). Parafin-mazut-bitum aralash- masi, bir qism 3 markali bitumga 2—3 qism mazut va 3—5 protsent parafin qo‘shib tayyorlanadi. Bu aralashmani ma’lum asboblar yordamida jins g‘ovaklariga yuboriladi. 6. Agar cho‘kuvchi jinsning qatlamlari ostida kam g‘ovakli (P=30— 35 %) zichligi katta ( r = 2—2,10 va bundan oshiq) cho‘kmaydigan tog‘ jinslari (shox, gil, qumtosh va b.) yotgan bo‘lsa, lyoss jinsi qatlamlari osha, ana shu zich jinslar ustiga yetadigan yirik qoziqlar (svay) shaxmat shaklida o‘rnatiladi. Imoratlar shu qoziqlar ustida paydo etilgan mikro- maydon ustiga quriladi. Bunda imoratning og‘irligi lyoss qatlamlariga emas, cho‘kmaydigan jinslarga tushadi. Download 5.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling