Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari
SEL HODISASI BILAN KURASH CHORALARI
Download 5.78 Mb. Pdf ko'rish
|
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Takrorlash va tekshirish uchun savollar 1.
7.7.3. SEL HODISASI BILAN KURASH CHORALARI
Sel hodisasi va uning keltiradigan zararlari bilan insonlar uzoq o‘tmishdan buyon doimo kurashib kelganlar. Sel hodisasidan ziyon yeti- shi kutilgan hududlarni sel ofatidan saqlash maqsadida shox, xoda, xarilar tashlab, tosh devorlar, dambalar, to‘g‘onlar qurganlar. Hozirgi vaqtdagi selga qarshi choralar o‘tkazilgan tekshirishlar, uzoq vaqtlar davomida olib borilgan kuzatishlarga asoslanib chiqarilgan ilmiy, amaliy xulosalarga asoslangan bo‘lib, asosan ikki turga bo‘linadi: 1. Injenerlik choralar, bularga: Sel oqimining yoyilib, toshib ketishini cheklaydigan, uning to‘g‘ri oqishini ta’minlaydigan vallar, temir, beton devorlar, ariqlar hamda sel vujudga keladigan zonada, tog‘ning yonbag‘irlari bo‘ylab sel kuchini qirquvchi, tosh, loyqalarni ushlab qoluvchi to‘siqlar qurish ishlari kiradi. 2. Agromeliorativ, agrotexnik choralar, bularga: Sel vujudga keladigan birinchi zonaga daraxtlar o‘tkazib, o‘rmon- zorlar barpo qilish, mavjud daraxtlarni qirqishni qat’iyan man etish, tog‘ yonbag‘irlarini terrasalarga ajratish va ana shu terrasalarda yig‘ilgan yomg‘ir, qor suvlarini ariqlar orqali daryo vodiysiga ehtiyotlik bilan oqizib yuborish ishlari kiradi. Takrorlash va tekshirish uchun savollar 1. Sel hodisasi nima va u qanday vujudga keladi? 2. Sel hodisasining vujudga kelishiga ta’sir ko‘rsatuvchi eng asosiy omillarni sanab bering. 3. Sel hodisasi qanday o‘rganiladi? 4. Sel hodisasi vujudga kelishida ajraladigan zonalar to‘g‘risida so‘zlab bering. Zonalarning bir-birlaridan farqi nimalardan iborat? 5. Sel hodisasi bilan kurash choralariga nimalar kiradi? 7.8. EOL-SHAMOL HARAKATI NATIJASIDA SODIR BO‘LADIGAN HODISALAR 7.8.1. SHAMOL HARAKATLARI TO‘G‘RISIDA UMUMIY MA’LUMOT Shamolning harakat yo‘nalishi, tezligi yer yuzasining tuzilishiga, tog‘ tizmalarining yotish holatiga, balandligiga, Yer sharidagi suv havzalari- ning joylashishiga bog‘liqdir. Shamol o‘z harakati jarayonida suv eroziya- si kabi tog‘ jinslarini yemiradi, tirnaydi, silliqlaydi, bir joydan ikkinchi joyga olib borib yotqizadi. Sahrolarda katta-katta tepaliklar — dyunlarni, 1 3 7 yarim oy ko‘rinishiga ega bo‘lgan do‘nglar — barxanlarni vujudga keltiradi (7.5-a rasm), katta sathga ega bo‘lgan dengizni to‘lqinlantiradi. Shamol, ayniqsa, Sahroi Kabir, Arabiston, Meksika kabi ekvator oldi sahrolarida, Fransiyaning Atlantik okeani, Germaniyaning Zilt oroli rayonlarida, Mo‘g‘uliston cho‘llarida, Kaspiy dengiz atrofida, Markaziy Osiyoning Qizilqum, Qoraqum sahrolarida, Farg‘ona vodiysida, Mirza- cho‘l, Orol dengizining suvdan bo‘shagan hududlarida katta geologik ish bajaradi. Shamolning bajaradigan ishi ana shu rayonlardagi nurash jarayonining borishiga, suv eroziyasiga bog‘liq bo‘lib, ko‘pincha bu uch jarayon bir-birini to‘ldirib, biri ikkinchisining ishini davom ettiradi. Shamolning bajaradigan ishi uning tezligiga bog‘liq bo‘lib, bu tezlik ba’zi rayonlarda sekundiga 50 metrga yetishi, hatto undan ham oshishi 7.5-rasm Dyunlar (a) va barxanlarning (b) vujudga kelish va yotish holatlari (S.M.Qosimov olgan rasm). a) b) 1 3 8 mumkin. Shamol tezligi oshishi bilan tog‘ jinslari zarrachalarini, qum- larni, hatto tosh bo‘laklarini havoga ko‘tarishi va shu bilan birga tuproq qatlamlarini changitib, uchirib ketishi ham mumkin. Tekshirishlardan ma’lumki, shamolning tezligi sekundiga 6,5 metr bo‘lsa, diametri 0,25 mm dan kam tog‘ jins zarrachalarini uchirib ketishi, tezligi sekundiga 7—12 m ga borsa, 1—1,5 mm diametrli, tezligi sekundiga 20 metrdan oshsa hatto qalinligi 0,10—0,15 metr keladigan tuproq qatlamlarini yemirib, uchirib ketish qobiliyatiga ega ekan. Shamol o‘z harakati davo- mida barxanlarni, dyunlarni vujudga keltirishi mumkin. Download 5.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling