Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari
SHAMOL HARAKATI NATIJASIDA SODIR BO‘LADIGAN
Download 5.78 Mb. Pdf ko'rish
|
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)
7.8.3. SHAMOL HARAKATI NATIJASIDA SODIR BO‘LADIGAN
HODISALARNI BARTARAF QILISH CHORALARI Dyunlar, barxanlar harakati, yer usti unumdor qatlamlarini sha- mol tirnab, sidirib, yer usti qismida yig‘ilgan ma’lum qilinlikdagi tuzlarni, sho‘rlanmagan yerlarga yotqizishi, temir yo‘llar, kanallar, paxta dalalarining qumlar bilan qoplanib qolishi, birinchidan, shu rayon iqlimining quruqligiga, ya’ni yog‘adigan yog‘in miqdoridan bug‘lanish- ning ustunligiga, ikkinchidan, o‘simliklar dunyosining kambag‘alligiga bog‘liq. Shuning uchun, eng avvalo, shu rayonlarda o‘simliklar dunyosini ko‘paytirish, yoqqan yog‘inni iloji boricha yerning ustki qatlamlarida ushlab qolish, uning yo‘lini to‘sish, darkor. Bu shamolning yer ustki qatlamlarini ko‘chirib ketish kuchi tezligini kamaytirishga olib keladi. Hozirgi vaqtda shamol keltiradigan oqibatlarni bartaraf etishga katta e’tibor berilmoqda, maxsus ilmiy-tekshirish stansiyalari, institutlar aynan shu masala ustida ish olib borib, qurg‘oqchilikka bardosh beradigan o‘simlik turlarini yetishtirmoqdalarki, bu o‘simliklar o‘tmishda qurg‘oq- chilik bo‘lib kelgan, shamol eroziyasi hukmron bo‘lgan hududlarning o‘zgarishida katta ahamiyat kasb etmoqda. Bu borada nemis olimlari (Frank Xyuler) bilan O‘zbekiston olimla- ri (O‘zbekiston o‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tekshirish instituti, Z. B. Novis- kiy) hamkorligida Orol dengizining suvdan qurigan maydonlarini ko‘kalamzorga aylantirish, ihota daraxtlarini (qora saksovul va b.) o‘stirish, umuman, Orol oldini ekologik sog‘lomlashtirish maqsadida «GTZ loyihasi» bo‘yicha olib borayotgan ishlari yaxshi natijalar bermoqda. Hozir ana shu loyiha asosida 100 ga maydonda ko‘kalamzor- lashtirish-daraxtzorlashtirish ishlari bajarilgan. Ihota daraxtlari kutilgan- dek o‘smoqda. Hozirgi vaqtda shamol eroziyasini bartaraf qilishda temir yo‘llarni, paxta dalalarini, kanallarni shamollardan muhofaza qilishda injener- geolog, gidrotexnik, botanik, o‘rmonshunoslarga kimyogarlar katta yordam bermoqda. Bu maqsadda olimlar tomonidan qumlar harakatini to‘xtatib qolish xususiyatiga ega bo‘lgan modda — poliakrilamid ixtiro qilingan bo‘lib, bu moddaning suvdagi eritmasi harakat qiluvchi qumlar ustiga sepilganda ma’lum qalinlikdagi yupqa qobiq hosil bo‘ladi. Bu qobiq ostiga ekilgan o‘simlik urug‘lari bemalol o‘sib chiqadi. Bu esa 1 4 1 o‘z navbatida ilgarigi ko‘chib yuruvchi qumlar o‘rnida ko‘p yillik o‘sim- liklarning o‘sib rivojlanishiga, shamol kuchining qirqilishiga sababchi bo‘ladi. Shuningdek bu maqsadlar uchun bitum emulsiyasi, nerozin va boshqa qator kimyoviy moddalar ham ishlatiladi. So‘zsiz, bu hodisani o‘rganish, uning oqibatlarini bartaraf qilish maqsadida bundan keyin ham u yoki bu rayonning o‘ziga xos tabiiy sharoitini, iqtisodini hisobga olgan holda ayrim-ayrim, mukammal o‘rganilib, tegishli tadbirlar ishlab chiqiladi. Download 5.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling