Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari
SHAMOLNING TUPROQ UNUMDORLIGI
Download 5.78 Mb. Pdf ko'rish
|
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)
7.8.2. SHAMOLNING TUPROQ UNUMDORLIGI
VA SHO‘RLANISHGA TA’SIRI Shamol (eroziyasi) natijasida tuproq ustki qatlamlarining sidirilib ketishi, bir joydan ikkinchi joyga olib borib yotqizilishi, tuproq unumdor- ligining kamayishiga, o‘simliklar (ayniqsa paxta)ning ko‘plab nobud bo‘lishiga, ba’zan tuproqning qayta sho‘rlanishiga sababchi bo‘ladi. Shamol eroziyasi (deflyatsiya) ayniqsa Farg‘ona vodiysida, Mirza- cho‘lda, Samarqand oblastining Nurota, Qoratepa, Zirabuloq-Ziyovud- din tog‘li rayonlarida, Qarshi, Tomdi, Buxoro hamda Qoraqalpog‘is- tonning Orol oldi hududlarida keng tarqalgan bo‘lib, Q.Mirzajonov- ning ma’lumotiga ko‘ra, birgina Farg‘ona vodiysining g‘arbiy qismida changli bo‘ron bo‘lgan kunlar soni 1961-yilda 63 tagacha yetgan. Shu yilning o‘zida Farg‘ona viloyatida shamol eroziyasidan 196 ming gektarga yaqin ekin maydoni zararlangan yoki 1956—1960-yillar mobaynida shamol respublikamizning 200 ming gektar yerdagi paxtasining butunlay nobud bo‘lishiga sabab bo‘lgan (Mavlonov, Islomov, Shermatov, 1970). Yer osti suvlari yer betiga yaqin bo‘lgan rayonlarda, ayniqsa Mir- zacho‘l, Farg‘ona, Qarshi cho‘lining ba’zi bir yerlarining sho‘rlanishi- da (tuzlarning bir yerdan ikkinchi yerga ko‘chib yurishida) shamolning roli juda ham kattadir. Ma’lumki, ayniqsa Mirzacho‘l, Amudaryoning quyi qismi yerlari yer osti suvlarining yer yuzasiga yaqinligi, suvda eruvchan tuzlarning tuproqda hamda yer osti suvlari tarkibida ko‘pligi bilan ajralib turadi. Yer ostidan tuproq g‘ovaklari bo‘ylab ko‘tarilgan suv, yer betiga juda ko‘p miqdordagi turli xil tuzlarni olib chiqadi. Haroratning oshishi suvning bug‘lanishiga, tuzlarning esa tuproqning yuqori qatlamlarida yig‘ilib qolishiga sababchi bo‘ladi. Keyinchalik katta tezlikka (ba’zan sekundiga 40 metr) ega bo‘lgan shamol ana shu yig‘ilgan tuz qatlamlarini boshqa yerlarga olib borib yotqizadi. Natijada ko‘pincha sho‘ri yuvilib, sho‘rsizlantirilgan yerlar yangi uchirib keltirilgan tuzlar hisobiga qayta sho‘rlanadi. Agar bu holatni Orol dengizi hududi misolida ko‘riladigan bo‘lsa, 1960-yilda uning suv sathi absolut balandligi 53 m, maydoni 66,5 ming km 2 , suvining hajmi 1000 km 3 , sho‘rlanish darajsi 10—11% bo‘lgan. Hozir (2003-y) esa, uning suv sathining absolut balandligi 36 m, maydoni, 42,4 ming km 2 , suvining hajmi 400 km 3 ga kelib qolgan (Frank Xyuler, B. Z. Noviskiy, 2003). Natijada suvning sathi 17—18 m ga kamaygan, 4 mln ga o‘ta sho‘rlangan, qum-chang-tuz zarralaridan iborat bo‘lgan, shamol harakatiga beriluvchan maydon ochilib qolgan. Bu maydonlarda yangi qum barxanlari vujudga kelmoqda. Bu esa Orol atrofi hududlarida birinchidan, katta maydondagi toza yerlarning tuz- lanishiga, botqoqlanishiga, unumdorligining kamayishiga sababchi bo‘lsa, ikkinchidan ekologik vaziyat yomonlashishi oqibatida insonlarning 1 4 0 salomatligi yomonlashishiga sababchi bo‘lmoqda. Shuning uchun hozirgi vaqtda shamol eroziyasi hukm surayotgan hududlarni o‘zlashtirishda shamol harakatiga bog‘liq bo‘lgan yuqoridagi hodisaga katta e’tibor berilmog‘i darkor. Download 5.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling