Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari
TOG‘ JINSLARINING GRANULOMETRIK TARKIBI
Download 5.78 Mb. Pdf ko'rish
|
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)
9.1. TOG‘ JINSLARINING GRANULOMETRIK TARKIBI
Tog‘ jinslarining granulometrik tarkibi deganda, ularni tashkil qilib turuvchi mineral zarrachalari katta-kichikligi tushuniladi. Ana shu zarralar katta-kichikligiga qarab ma’lum guruhdagi fraksiyalarga ajraladi (9.1- jadval). Har bir guruhdagi fraksiyalar tog‘ jinslari hajmining u yoki bu qismini tashkil etadi. Shuning uchun injener-geologik amaliyotda tog‘ jinslarini tashkil qilib turgan fraksiyalarni, ularning miqdorini aniqlash uchun qator usullar mavjud. Bular: 1. Xarsangtoshlar, juda yirik, yirik shag‘allarni dala sharoitida (ochilmalarda) to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘z bilan kuzatish, maxsus o‘lchash asboblari (metall chizg‘ich, ma’lum o‘lchamdagi yirik ko‘zlardan iborat bo‘lgan to‘r ko‘rinishidagi o‘lchagich, ma’lum masshtablarda fotoapparat yordamida rasmini olish va h.k.) yordamida aniqlash usuli; 2. Qum va qumli shag‘allarni tashkil qiluvchi fraksiyalarni maxsus elaklar yordamida elash usuli; 3. Sof gil va gilli (lyoss va lyossi- mon) jinslarni tashkil etuvchi fraksiyalarni (qum, chang, gil) miqdorini aniqlash uchun qo‘llaniladigan Sabanin va pipetka usullaridir. Xarsangtoshlarni, juda yirik shag‘allarni tashkil etuvchi fraksiyalar miqdorini aniqlash uchun o‘rganilayotgan maydon ma’lum kichik-kichik maydonchalarga (qismlarga) ajratilib chiqiladi. Bunday maydonchalar- ning o‘lchami eng katta fraksiyaning (xarsangtosh yoki yirik shag‘alning) o‘lchamidan 10 marotaba katta bo‘lishi talab etiladi. Jumladan, agar maydondagi eng katta fraksiyaning diametri 1000 mm bo‘lsa, maydoncha tomonlarining o‘lchami 10000½10000 mm etib ajratiladi. So‘ngra har bir maydoncha ichidagi mavjud fraksiyalarning miqdori yuqorida kelti- rilgan o‘lchagichlar yordamida o‘lchab, hisoblab chiqiladi. Shu bilan birga har bir fraksiyaning qaysi genetik guruhdagi tog‘ jinslariga (mag- matik, cho‘kindi, metamorfik) mansub ekanligiga ham e’tibor beriladi. Masalan, maydondagi tog‘ jinslarining 50% magmatik (intruziv, effuziv), 1 5 0 30% cho‘kindi va 20% metamorfik tog‘ jinslariga to‘g‘ri kelishi mum- kin. Bu esa o‘z navbatida u yoki bu daryo havzasida tarqalgan tog‘ jinslarining egallagan maydoni to‘g‘risida fikr yuritishga asos bo‘lishi ham mumkin. 9.1-jadval Download 5.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling