Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari
Download 5.78 Mb. Pdf ko'rish
|
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)
8.3. NAMUNA VA MONOLITLARNI
KONSERVATSIYA QILISH VA LABORATORIYA TADQIQTOLARI UCHUN UZATISH Tog‘ qazilmalari qazish jarayonida tog‘ jinslari qatlamlaridan olingan namuna va monolitlarni tabiiy strukturasini, namligini saqlagan holda laboratoriya tadqiqotlari o‘tkazish uchun uzatish katta ahamiyatga ega. Chunki ana shu qatlamlar ustiga quriladigan imorat va inshootlarning mustahkamligi, ko‘riladigan chora va tadbirlar eng avvalo laboratoriya tadqiqot natijalariga bog‘liq. Tog‘ jinslari qatlamlaridan olingan monolitlarni laboratoriyaga tabiiy holatini saqlagan holatda uzatishning eng asosiy va ishonchli yo‘li — bu monolitlarni zudlik bilan konservatsiyalash, ya’ni parafinlash usuli hisoblanadi. Monolitlarni parafinlash quyidagicha amalga oshiriladi. 1 4 7 Qazilmalardan monolit olingunga qadar monolit sig‘adigan hajmdagi maxsus idishlarda parafin 60—70°C da suyultirilib turiladi. So‘ngra olingan monolit tomonlari tozalanib, 20½20 yoki 25½25, 30½30 sm kattalikka keltirilib, suyultirilgan parafin singdirilgan doka bilan mustah- kam o‘raladi va monolitni hamma tomoni qalin qilib parafinlanadi. Parafinlangan yuza yaxshilab tekislanib, monolit olingan qatlamning tepa tomoni deb belgilangan qismiga (monolit olinganda uning tepa va pastki qismi strelka bilan belgilanib qo‘yiladi) oldin yozib tayyorlab qo‘yilgan birinchi yorliq (qazilma pasporti) yopishtiriladi. Keyin monolit parafin singdirilgan ikkinchi doka qavati bilan o‘raladi va yana parafinlab chiqiladi. Parafin qavati tekislanib chiqilgach, monolit tomonlarining biriga ikkinchi yorliq yopishtirilib qo‘yiladi. Yorliqqa qalam bilan quyi- dagilar yoziladi: 1) qidiruv ishlarini olib borayotgan tashkilot nomi; 2) qazilma qazilgan obyektning nomi; 3) qazilmaning turi va tartib raqa- mi; 4) monolitning tartib raqami; 5) monolit olingan chuqurlik, m; 6) gruntning dala sharoitida aniqlangan nomi; 7) monolitni olgan mu- taxassisning familiyasi, lavozimi; 8) monolit olingan vaqt (kun, yil). Olingan namunalar maxsus xaltachalarga solinadi. Xaltachalarni ichiga ham yuqoridagi tartibda to‘latilgan yorliqlar yozib solinadi va yaxshilab bog‘lanib qo‘yiladi. Xaltachani ustki qismiga esa qisqa qilib qazilmaning nomi, tartib raqami, olingan chuqirligi va tadqiqotni qaysi turiga olinganligi hamda olingan vaqti yozib qo‘yiladi. Qazilmalar qazilishi jarayonida ochilgan har bir qatlam va qatlar maxsus yozuv jurnaliga birin-ketin yozib boriladi. Unda gruntning nomi, namligi, qattiq-yumshoqligi, o‘simlik ildizlari bilan kesilganlik darajasi, g‘ovakligi, grunt qatlamida uchrovchi ikkinchi boshqa tog‘ jinslarining bo‘laklari mavjudligi, qatlamning qalinligi, olingan monolit va namuna- larning tartib raqamlari, qazilmani qazilish va tugatilish vaqti, qazilma qazilishi uchun javoblar mutaxassis shaxsning familiyasi ismi, lavozimi va b. Agar qazilmalar qoya va yarim qoya tog‘ jinslari qatlamlarida olib borilgan bo‘lsa, ularning nurash jarayoniga qay darajada berilganligi, yuqoridan pastga qarab o‘zgarib borish holatlari, darzlar, yoriqlar mav- judligi, har bir m 2 dagi ularning miqdori, yo‘nalishi ko‘rsatilib boriladi. Kuzatilgan o‘zgarishlar chizmalar, sxemalar holatida tasvirlanib ham boriladi. Qazilmalardan olingan va konservatsiya qilingan monolit, kern va namunalar maxsus yashiklarga nihoyatda ehtiyotkorlik bilan joylanadi. Yashiklarga joylangan monolitlarning atrofi qipiq, somon va boshqa yumshoq materiallar bilan zich o‘rab qo‘yiladi. Chunki monolitlar yashik yon devorlariga tegmasligi, lat yemasligi, yorilmasligi kerak, aks holda ular ezilishi, tabiiy strukturasini, namligini yo‘qotishi mumkin. Bunday monolitlarni laboratoriya tadqiqot ishlarida ishlatish qatiyan man etiladi. Monolit, kern va namunalar laboratoriyalarga maxsus mashinalarda keltirilib, o‘tkazilishi lozim bo‘lgan tadqiqotlar uchun tuzilgan ro‘yxatlar 1 4 8 bilan qo‘shib topshiriladi. Ro‘yxat ikki nusxada tuzilgan bo‘lib, birinchi nusxasi laboratoriyada, ikkinchi nusxasi topshirilganlik belgisi bilan ma’sul javobgar shaxs qo‘lida qoladi. Download 5.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling