Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari
— suspenziya solinadigan stakan; 5 —
Download 5.78 Mb. Pdf ko'rish
|
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)
— suspenziya solinadigan stakan; 5 — aralashtirgich;
6 — pipetka tutgichi; 7 — 100 mm li pipetka; 8 — chegaralovchi halqa; 9 — suspenziyaga botish darajasini ko‘rsatuvchi ko‘rsatkich; 10 — rezina shlang; 11 — rezina nokcha; 12 — katta pipetkani yuvish uchun ishlatiladigan stakan; 13 — pipetkadan suspenziyani quyish uchun ishlatiladigan stakan; 14 — vanna; 15 — mustahkamlash vinti. Bundan tashqari Sabanin usulida qo‘llaniladigan anjomlar, elaklar jamlamasi ham ishlatiladi. 1 5 6 Grunt va suv aralashmali kolbaga 25 sm 3 4% li yoki 6,7% li piro- fosfornordan (Na 4 P 2 O 7 ) natriy solinadi. So‘ngra kolba teskari sovitgich yoki 4 dan 5 sm gacha diametrli vorankali po‘kak qopqoq bilan berkitiladi va suspenziya 1 soat davomida sekin-asta qaynatiladi. Qayna- tilgan suspenziya 15—20°C haroratgacha sovitilib ko‘zlarining o‘lcha- mi 0,1 mm bo‘lgan elak orqali diametri 14 mm li, voronka kiydirilgan xajmi 1 l bo‘lgan shisha silindrga ag‘dariladi. Kolbaning ichki yuzasida qolgan jins zarralari yuvgichdan tushuvchi suv oqimi orqali yaxshilab yuvib tushiriladi. Elakda tutilib qolgan zarralar va agregatlar suv oqimi bilan chinni kosachaga yuvib tushiriladi, ularni rezina qinli dasta yoki yupqa g‘ilof kiydiriligan barmoq bilan yaxshilab ezg‘ilanadi. Kosachada hosil bo‘lgan muallaq suyuqlik ko‘zlarining o‘lchami 0,1 mm bo‘lgan elak orqali silindrga ag‘dariladi. Kosachadagi cho‘kmani silindrga quyish kosacha tubida qolgan zarralar ustidagi suvni to‘liq tiniqlanishigacha davom ettiriladi. Elakda tutilib qolgan zarralarni chini kosacha tubida qolgan zarralarga qo‘shib, ularni avvaldan tortilgan chinni tigel yoki shisha stakanchaga o‘tkaziladi va qum hammomda bug‘lantirilib, o‘zgarmas massagacha quritish shkafida quritiladi. O‘zgarmas massagacha quritilgan jins zarralari ko‘z o‘lchamlari 0,5; 0,25; 0,1 mm bo‘lgan elakdan elab o‘tkaziladi. Tarkibida organik moddalar bo‘lgan gil jinslarni tahlil qilishda zarralar ko‘zlari o‘lchami 10; 5; 2; 1; 0,5; 0,25; 0,1 mm bo‘lgan elaklar jamlamasi orqali elanadi. Ko‘zlari 0,1 mm bo‘lgan elakdan o‘tgan zarralar suspenziyali silindrga o‘tkaziladi. Elaklarda tutilib qolgan jins fraksiyalari tortiladi. O‘lchov silindrdagi suspenziya esa 1 l hajmga yetkaziladi. Namuna olish oldidan tayyorlangan suspenziya 1 min davomida, cho‘kma silindr tubidan sekin-asta chayqatilib ajratiladi. Chayqatilib aralashtirilgan suspenziya namuna olinguncha bo‘lgan vaqt davomida xoli qoldiriladi. Suspenziya namunalari olish vaqti (0,05; 0,01; 0,005; 0,001 mm dan kichik zarrachalar bilan) tindirish boshlangan vaqtdan keyin jins zarrachalarining zichligi va harorati hisobga olingan holda (O‘zRST 817—97) aniqlanadi. Namuna suspenziyasidan pipetkaga olish chuqurligi va davomiyligi 9.3-jadvalda berilgan. Namuna olishda pipetkani yopiq holatda shtativ bo‘ylab ko‘tariladi va markaz bo‘yicha suspenziyali silindrga tushiriladi. Ma’lum vaqt o‘t- gach, pipetkani aspirator bilan tutashtiruvchi jo‘mrakni burash bilan o‘lchov chizig‘iga yetguncha, suspenziyani pipetka ichiga so‘rilishi amal- ga oshiriladi. So‘ngra jo‘mrak berkitiladi, pipetka sug‘urilib, silindrdan 1 5 7 boshqa tarafga olinadi, tayanch halqasigacha pastga tushiriladi hamda suspenziya avvaldan og‘irligi o‘lchangan shisha stakancha yoki chinni tigelga o‘tkaziladi. Pipetkani shtativning yuqori qismiga o‘rnatilgach va pipetka bilan rezina shlang va bir yoqlama jo‘mrak bilan birlashuvchi kolbadan o‘sha stakancha yoki tigel oz miqdordagi distillangan suv bilan yuviladi. Stakanchalardagi namunalar qum hammomda (105 ±2°C harorat ostida) o‘zgarmas massaga erishguncha bug‘latiladi va analitik tarozida tortiladi. Jins zarralarining stakandagi massasi g 0 bo‘lgan havo harorati quruq- ligidagi namunalarni tahlil etishda yoki gigroskopik namlikka bo‘lgan tuzatishlarni hisobga olgan holda quyidagi formula bo‘yicha hisoblab topiladi: 1 0 1 0,01 g w g , bu yerda: g 0 — jinsning mutlaq-o‘rtacha namunasi massasi, g; g 1 — jinslarning havo harorati quruqligidagi (yoki gigroskopik namlikdagi) o‘rtacha namunasi massasi, g; w — gigroskopik namlik, %. Jinsning tashkil etuvchi 0,5; 0,25 va 0,1 mm, o‘lchamdan katta bo‘lgan fraksiyalar tarkibi h % larda ushbu formula bo‘yicha hisoblanadi: 0 (100 ) p g g L k , bu yerda: g p — doimiy og‘irlikkacha quritilgan, berilgan jins fraksiyasi massasi, g; g 0 — gigroskopik (yoki tabiiy) namlikka bo‘lgan tuzatish bilan olingan jinsning o‘rtacha namunasi massasi, g; k — 1,0 mm dan katta o‘lchamli jins fraksiyasi yig‘indisi- ning tarkibi, %. O‘rganilayotgan jinsning 0,005 mm dan kichik, 0,01 mm dan ki- chik, 0,005 mm dan kichik hamda 0,001 mm dan kichik fraksiyalar tarkibi (L) quyidagi formula bo‘yicha hisoblab topiladi: 0 1000 (100 ) A g Vp L k , bu yerda: A — doimiy hajmida, o‘zgarmas og‘irlikkacha quritilgan tup- roq fraksiyasining massasi, g; g 0 — tahlil uchun olingan tuproqning mutlaq quruq o‘rtacha namunasi massasi, g; V p — pipetka hajmi, sm 3 ; k — 1 mm dan katta o‘lchamli tuproq fraksiyalari yig‘indisi- ning miqdori, %. 1 5 8 So‘ngra 0,05 mm dan 0,01 mm gacha bo‘lgan fraksiyalar tarkibi 0,05 mm va 0,01 dan kichik fraksiyalar foiz tarkiblari orasidagi tafovut bo‘yicha hisoblab topiladi. Aynan shunday yo‘sinda jinsning 0,01 mm dan 0,005 mm gacha va 0,005 mm dan 0,001 gacha fraksiyali foiz tarkiblarining miqdorlari ham hisoblab topiladi. Jinsning 0,001 mm dan kichik fraksiyasini hisoblashda kiritiluvchi disperslovchi tarkibiga tuzatishlar kiritiladi, buning uchun jinsning berilgan fraksiyasi massasidan pipetka hajmida quritilgan mutlaq quruq disperslovchi massasi ayirib tashlanadi. Jinsning 0,1 mm dan 0,05 mm gacha bo‘lgan fraksiyasi quyidagi tafovut orqali topiladi: 100 % dan pipetka yordamida aniqlanuvchi (disperslovchi kiritilishiga bo‘lgan tuzatishni hisobga olgan holda) va elash tahlili usuli orqali olingan ma’lumotlar asosida olingan barcha fraksiyalar yig‘indisi ayirib tashlanadi. Tahlil natijalari jurnal ko‘rinishda berilishi joiz bo‘lib, unda o‘rganil- gan jins tarkibida mavjud bo‘lgan quyidagi o‘lchamli fraksiyalar % da ko‘rsatiladi: 10; 10—5; 5—2; 2—1; 1—0,5; 0,5—0,25; 0,25—0,1; 0,1— 0,05; 0,05—0,01; 0,01—0,005; 0,005—0,001 mm va 0,001 mm dan kichik. Tahlil natijalari qo‘llanilgan disperslovchi gigroskopik (yoki tabiiy) namligi foiz tarkibi va zichligini ko‘rsatish orqali kuzatib borilishi zarur. Amaliyotda sof gil, ayniqsa lyoss va lyossimon jinslarning granulo- metrik tarkibini aniqlash bilan bir vaqtda mikroagregat tarkibi ham aniqlanadi. Mikroagregat tarkibini aniqlashda, granulometrik tarkibni aniqlashga qarama-qarshi o‘laroq, kimiyoviy ta’sir qo‘llanilmaydi, jins laboratoriya tahlili uchun faqat suvda ivitish va fizik-mexanik (ezish, silkitish va h.k.) ta’sir etish yo‘li bilan tayyorlanadi. Mikroagregat usul jinslarning tabiiy holatini ifodalaydi. Bu ikki yo‘l bilan aniqlangan jins tarkibini tashkil qilib turuvchi gil zarralarining miqdori bir-birlaridan farq qiladi. Bu farqni fanda jinslarning mikro- agregat ko‘rsatkichi deb yuritilib, quyidagicha ifodalanadi: K mikr =g gran - g mikr . Bu yerda K mikr — mikroagregat ko‘rsatkichi, g gran — jinslar granulometrik tarkibini aniqlash yo‘li bilan olingan gil zarralarining miqdori, g mikr — jinslar mikroagregat tarkibini aniqlash yo‘li bilan olingan gil jinslarining miqdori. Gil jinslarining granulometrik tarkibini kimyoviy ta’sir etish (dispers) yo‘li bilan tayyorlanganda gil zarralarining ko‘p bo‘lishiga sabab jins tarkibidagi qum va chang zarralarining maydalanishidir. Shuning uchun mikroagregat yo‘li bilan tayyorlanib aniqlangan chang zarralar miqdori doimo ko‘p, gil zarralar miqdori kam bo‘ladi. 1 5 9 Gil jinslarining mikroagregat ko‘rsatkichi (K mikr )turli rayonlar, turli genetik turdagi gil jinslari uchun turlicha bo‘lishi mumkin. Bu esa ularni klassifikatsiyalarga ajratishda, qurilish nuqtayi nazardan baholashda katta ahamiyatga ega. Download 5.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling