Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari
yaxshi eruvchan tuzlarni
Download 5.78 Mb. Pdf ko'rish
|
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)
yaxshi
eruvchan tuzlarni, jumladan, xloridlar —NaCl, CaCl 2 , MgCl 2 , sulfit- lar —Na 2 SO 4 , K 2 SO 4 , MgSO 4 , CaSO 4 , karbonatlarni —CaCO 3 , MgCO 3 , Na 2 CO 3 , K 2 CO 3 larni aniqlash, ularning miqdorini bilish katta amaliy ahamiyatga ega. Chunki gil jinslarini tashkil etuvchi zarralarning kimyo- viy tarkibiga qarab gil minerallari turlari ajratiladi. Ulardagi tuzlar miq- 1 6 0 9 .5 - ja d v a l B A ’Z I B IR M A G M A T IK , M E T AM O R F IK V A C H O ‘K IN D I T O G ‘ J IN S L A R IN IN G O ‘R T A C HA K IM Y O V IY T A R K IB I (M a v ju d m a n b a la r a so si d a tu z il d i) 1 6 1 9 .6 - ja d v a l L Y O S S J IN S L A R I T A R K IB ID A G I S U V D A E R U V C H A N T U Z L A R N IN G , A N IO N V A K A T IO N L A R N IN G M IQ D O R IN I A N IQ L A S H N A T IJ A L A R I * E sl a tm a : S u ra td a 1 0 0 g m u tl a q q u ru q ji n sg a n is b a ta n m g / e k v , m a x ra jd a — a b so lu t q u ru q ji n sg a n is b a ta n , % 11—M.Sh. Shermatov 1 6 2 doriga qarab sho‘rlanish darajalari, korrozion xususiyatlari aniqlanadi va baholanadi. Tog‘ jinslaridagi mavjud tuzlarning (qattiq qoldiq) hamda xlorning miqdoriga qarab, ular sho‘rlanmagan (qattiq qoldiq 0,3%, xlor 0,01%), kam sho‘rlangan (0,3—1,0 va 0,01—0,04%), o‘rtacha sho‘rlan- gan (1,0—2,0 va 0,01—0,1%), kuchli sho‘rlangan (2,0—3,0 va 0,1— 0,3%) va sho‘rxok (>3,0 va >0,3%) jinslarga, hamda sulfit va xlor ion- larining miqdoriga qarab kam korroziya xususiyatli (sulfat va xlor ionlarining miqdori 0,00 dan 0,05%), o‘rta (0,05 dan 0,20%), yuqori (0,2 dan 0,5%), baland (0,5—1,20%), juda baland (>1,2%) korroziya xususiyatiga ega bo‘lgan jinslarga ajratiladi. Bu holatlar xalq xo‘jaligi imorat va inshootlari uchun joy tanlashda, ularni rejalashda va qurishda katta amaliy ahamiyatga ega. Har bir kimiyoviy komponent va suvda eruvchan tuzlarni laboratoriya sharoitida aniqlash uchun maxsus usullar, metodik qo‘llanmalar mavjud (Chexovskaya, 1968 va b.). Gil va gilli jinslarning umumiy kimiyoviy tarkibini aniqlash uchun laboratoriyaga olib kelingan namunadan 25—150 g, suvda eruvchan tuzlarni aniqlash uchun 100 g olinib havo harorati darajasida quritiladi. Quritilgan namuna chinni kosachada, rezina qinli tayoqcha bilan eziladi, tarkibidagi mavjud o‘simlik tanalari lupa orqali tozalanadi va ko‘zlari 1 mm o‘lchamli elakdan elanib o‘tkaziladi. O‘lchami 1 mm dan kichik zarralar yig‘ib olinib, maxsus kimyoviy ishlovlar berilib (natriy, ammoniy ionlari ta’sirida) suspenziya tayyor- lanadi. Tayyorlangan suspenziyadan granulometrik yoki mikroagregat usuli yordamida o‘lchami 1—0,05 mm (qum), 0,05—0,002 mm (chang), 0,002 mm dan kichik (gil) zarralari ajratib olinadi va talab doirasida qum, chang, gil zarralari kimyoviy tarkibi aniqlanadi. Bu zarralar ichida 0,001—0,002 mm dan kichik, ya’ni gil zarralari kimyoviy tarkibini o‘rganish injener-geologik nuqtayi nazardan katta ahamiyatga ega. Chunki 0,001—0,002 mm yiriklikdagi zarralar asosan gidrosluda, kaolinit guruhidagi minerallardan tashkil topgan bo‘lsa, 0,002 mm dan kichik zarralar monitmorillonit guruhiga oid minerallardan tuzilgan bo‘ladi. Bu minerallarni gil jinslarida, ayniqsa lyoss va lyossimon jinslaridagi miqdori ularning fizik-mexanik xususiyatlarini belgilaydi. Gilli jinslar tarkibidagi tuzlarning umumiy miqdorini (quruq qoldiq- ni), ulardagi mavjud kationlarni (Ca ++ , Mg ++ , K + , NN 4 + , Na + ,Al +++ , Fe ++ va H + ) va anionlarni (CO 3 1 , HCO 3 1 , SO 4 11 , ll 1 , NO 1 2 NO 3 1 va b.) tarkibini aniqlash uchun laboratoriyaga olib kelingach, havo harorati darajasida quritilgach, namunadan 50—100 g olinadi va suvli so‘rim tayyorlanadi. Suvli so‘rim — bu ma’lum miqdordagi gilli jinsni, ma’lum miqdordagi distillangan suvda eritib, filtrlab olingan eritma. Amaliyotda eritma uchun bir qism jinsga besh qism distillangan suv olinadi. Gilli jinslar tarkibidagi mineral tuzlar miqdorini bilish uchun ma’lum miq- dordagi chinni kosachaga solingan eritma suv hammomida quriguncha bug‘latiladi va 0,2—0,4 g Na 2 SO 4 qo‘shiladi. Olingan quruq qoldiq ikkinchi marotaba suv hammomida quritiladi. So‘ngra termostatda 1 6 3 (quritgich shkafda) 2—3 soat mobaynida 150—180° haroratda quritiladi. Termostatdan olinib, eksikatorda sovitiladi. Sovitilgan quruq qoldiqli kosacha yana termostatga qo‘yilib, 1 soat mobaynida quritiladi. Keyin termostatdan olinib, qayta eksikatorda sovitiladi. Sovitilgan quruq qol- diqli kosacha tarozida tortiladi va kosachani hamda qo‘shilgan Na 2 SO 4 miqdorini ayirib tashlash yo‘li bilan o‘rganilayotgan gilli jins tarkibida mavjud bo‘lgan mineral tuzlar miqdori aniqlanadi. Mavjud anion va kationlar miqdori ham shu tayyorlangan eritmadan maxsus kolbalarga 50—100 ml dan olinib, ma’lum kimyoviy eritmalar qo‘shish va titrlash usuli bilan aniqlanadi. Olingan hamma natijalar jadval holatida ko‘rsa- tiladi (9.6-jadval). Jadvalda keltirilgan natijalarni tahlil qilib, o‘rgani- layotgan lyoss jinsni sho‘rlanish darajasi bo‘yicha sho‘rlanmagan, kam sho‘rlangan jinslar toifasiga, korroziyalash xususiyati bo‘yicha esa kam, o‘rta va yuqori korroziyalash xususiyatli jinslar toifasiga kiritiladi. Download 5.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling