Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari
Jinslarning tabiiy holatdagi zichligini
Download 5.78 Mb. Pdf ko'rish
|
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)
Jinslarning tabiiy holatdagi zichligini aniqlash uchun qoya tog‘
jinslaridan o‘lchami 4½4, 5½5 sm kattalikdagi kub ko‘rinishdagi 1 , gilli jinslardan esa ma’lum hajmdagi metall silindrda namuna qirqib olinadi. Olingan namuna tarozida tortilib, egallagan hajmiga bo‘lish yo‘li bilan zichlik quyidagi formula yordamida aniqlanadi: 2 1 q q V g/sm 3 , bu yerda: g — tog‘ jinsining tabiiy zichligi, g/sm 3 ; q 1 — namuna qirqib olingan silindr og‘irligi, g; q 2 — silindr bilan namunaning birgalikdagi og‘irligi; V — silindrning hajmi, sm 3 . 1 Agar tog‘ jinslaridan qirqish usuli bilan namuna olishning iloji bo‘lmasa, xohlagan shaklda namuna olinib, parafinlash va gidrostatik tortish usuli bilan ularning tabiiy zichligi aniqlanadi (E. T. Chapovskiy, 1958). 1 6 5 Tog‘ jinslari sklet hajmining (quruq jins hajmining) zichligi deganda 1 sm 3 hajmdagi jins quruq qismining zichligi tushuniladi. Miqdoriy jihatdan quruq jins massasi (g)ning uni egallagan hajmiga (V 1 + V 2 ) bo‘lgan nisbatiga teng bo‘lib, quyidagi formula orqali aniqlanadi: 1 2 sk g V V g/sm 3 . Shuningdek, amaliyotda quruq jins zichligi jins tabiiy namligini (W) hamda jins mineral qismining zichligini ( g sk ) qo‘llash yordamida ham aniqlanadi: sk 1 0,001 m w g/sm 3 . Tog‘ jinslarining mineral zarrachalar egallagan qismining zichligi ( g m ) deganda 1 sm 3 hajmdagi quruq mineral massaning og‘irligi tushuni- ladi. Miqdoriy jihatdan mineral massa og‘irligini (g 1 ), shu mineral zarralar egallagan hajmiga (V 1 )bo‘lgan nisbatiga teng bo‘lib, quyidagi formula bilan hisoblanadi: 1 1 m g V g/sm 3 . Jins mineral massasining zichligi, jinsni tashkil qilib turgan mineral- larning turiga va miqdoriga bog‘liq bo‘lib, og‘ir minerallar miqdori ortishi bilan ortib, yengil minerallar miqdorining ortishi bilan kamayib boradi. Jinslarning mineral qismining zichligi ularning g‘ovakligini aniqlashda ishlatiladi. Intruziv tog‘ jinslarining (granit, sisnit, gronidiorit va b.) tabiiy zichligi asosan 2,50 dan 2,85 g/sm 3 gacha, effuziv jinslarida (kvarsli porfir, diabazlar, bazaltlar, andezitlar va b.), metamorfizm jarayoniga kam uchragan tog‘ jinslarida (serisitli kvars, xloritli kvars va b.) 2,55 dan 2,72 g/sm 3 gacha, metamorfizm jarayoniga yuqori darajada uchragan jinslarda (gneys, amfibolit, piroksenit, mramor, kvarsit va b.) 2,63 dan 3,00 g/sm 3 gacha, karbonat jinslarida (ohaktosh, dolomit va b.) 2,50 dan 2,70 g/sm 3 gacha, cho‘kindi gil, gilli, qumli jinslarida (sof gil, argillit, alevrolit, qumtosh va b.) 1,90—2,40 dan 2,40—2,70 g/sm 3 gacha, lyoss va lyossimon jinslarida 1,20—1,80 g/sm 3 oraliqida o‘zgaradi. Tog‘ jinslari zichligining o‘zgarishi ularning paydo bo‘lish sharoitiga, yotish holatiga, nurash jarayoniga uchraganlik darajasiga bog‘liq (10.1, 10.2-jadvallar). Download 5.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling