Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari
oquvchan holatga o‘tish chegarasiga
Download 5.78 Mb. Pdf ko'rish
|
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)
- Bu sahifa navigatsiya:
- SHARQIY O‘ZBEKISTONNING HAR XIL YOSHGA MANSUB TOG‘ JINSLARI ZICHLIGI VA G‘OVAKLIGI
- NURASH JARAYONIGA UCHRAGAN TRIAS DAVRI QOYA TOG‘ JINSLARINING BA’ZI BIR INJENER-GEOLOGIK XUSUSIYATLARI
- Gil tog‘ jinslarining konsistensiya darajasi.
- 10.2. TOG‘ JINSLARINING SUVLI XUSUSIYATLARI
oquvchan holatga o‘tish chegarasiga to‘g‘ri
kelgan namlikni plastiklikning yuqori chegarasi yoki oquvchanlik chegarasi (W L ), plastiklik holatidan quruq holatga o‘tish chegarasiga to‘g‘ri kelgan namlikni plastiklikning quyi chegarasi (W p ) deb ataladi. Plastiklikni oquvchanlik chegarasiga to‘g‘ri kelgan namlikdan (W L ) plas- tiklikning quyi chegarasiga to‘g‘ri kelgan namlik (W p ) ayirmasi esa plas- tiklik sonini bildiradi (J p ): J p = W L - W p . 1 6 7 10.1- jadval SHARQIY O‘ZBEKISTONNING HAR XIL YOSHGA MANSUB TOG‘ JINSLARI ZICHLIGI VA G‘OVAKLIGI Zichligi, g/sm 3 G‘ovakligi, % Tog‘ jinslari Yoshi dan gacha dan gacha Granitlar Devon 2,67 2,68 1,50 1,70 Granitlar Karbon 2,42 2,85 0,36 7,27 Granit Trias 2,50 2,63 1,92 2,25 Granodiorit porfirit Devon 2,45 2,73 1,2 9,6 Granodiorit porfirit Perm 2,27 2,76 0,36 16,11 Sienit-dioritlar Perm 2,30 2,75 0,74 15,14 Diorit-porfirlar Devon 2,55 2,67 4,1 7,3 Kvarsli-porfirlar Karbon 2—3 2,41 2,66 1,1 9,45 Liparitli-porfirlar Karbon 2,40 2,68 2,27 10,40 Porfiritlar Karbon 2,52 2,69 2,7 6,5 Tuflar Karbon 2,15 2,74 0,7 18,6 Tuflar Karbon 2,42 2,65 9,09 9,36 Lavalar Karbon 2,44 2,71 0,36 10,72 Tufokonglomeratlar Karbon 2,16 2,53 0,22 18,26 Tufopeschaniklar Karbon 2,32 2,50 7,7 12,3 Tufopeschaniklar Permtrias 2,30 2,69 0,5 12,5 Ohaktoshlar Devon 2,34 2,87 0,37 6,33 Ohaktoshlar Karbon 2,27 2,81 0,35 4,6 Gil jinslar Poleogen 2,10 2,40 10—15 30—35 Shag‘altoshlar To‘rtlamchi 1,60 2,11 14,5 40 Qumlar To‘rtlamchi 1,31 1,68 30,1 43,5 Lyoss va lyossimon jinslar To‘rtlamchi 1,20 1,80 45 58 10.2- jadval NURASH JARAYONIGA UCHRAGAN TRIAS DAVRI QOYA TOG‘ JINSLARINING BA’ZI BIR INJENER-GEOLOGIK XUSUSIYATLARI Tog‘ jinslari O‘rganilgan namunalar miqdori Mineral zarralar zichligi, g/sm 3 Zichligi, g/sm 3 G‘ovakligi, % O‘ziga suvni yutishi, % Siqilishga bo‘lgan qarshiligi, MPa Kvarsli porfirlar 22 2,67 1,97—2,54 3,01—2,67 0,15—1,89 34,0—61,6 Tuflar 19 — 1,83—2,31 — — 20,6—65,7 Kvarsli porfirlar 37 2,59—2,70 2,14—2,46 9,2—14,9 0,19—2,65 11,6—143,0 Kaolin giliga aylangan kvarsli porfirlar 10 2,63—2,70 1,90—2,12 27—33 — — 1 6 8 Plastiklik chegaralarini aniqlashning qator usullari mavjud (Chapov- skiy, 1958, Litvinov, 1976, ÃOÑT) bo‘lib, bularning ichida eng qulayi laboratoriyaga keltirilgan jinsdan olingan 100—200 g namunani ko‘z- larining o‘lchami 0,1 mm bo‘lgan elakdan o‘tkazilib, chinni kosachalarda distillangan suv bilan qorilgan xamirsimon jins massasi bo‘laklarini yog‘och taxta yoki glyans qog‘ozi ustida kaft bilan yoyish yordamida plastiklikning pastki chegarasini aniqlash va balansir konus yordamida plastiklikning yuqori chegarasini aniqlash usullari hisoblanadi. Olingan natijalar gilli jinslarni nomlarini, konsistensiya (J p ) qiymat- larini, cho‘kishga, siqilishga moyillik darajalarini aniqlashda ishlatiladi. Jumladan, agar jinsning plastiklik soni 7 dan kichik bo‘lsa supes (qum- loq)dan; 17 gacha bo‘lsa, suglinok (sog‘ tuproq); 17 dan oshiq bo‘lsa, gil jinsi ekanligini ko‘rsatadi. Gil tog‘ jinslarining konsistensiya darajasi. Tog‘ jinslarining konsis- tensiya darajasi, ularni qay holatda ekanligini xarakterlaydigan eng asosiy ko‘rsatkichlardan hisoblanadi. Konsistensiya darajasi gil jinslarining tabiiy namligi va plastiklik soni qiymatlarini qo‘llash orqali quyidagi formula yordamida aniqlanadi: p p W W J B , bu yerda: B — konsistensiya darajasi; W — tabiiy namlik, %; W p — plastiklikni quyi chegarasi, %; J p — plastiklik soni. Agar B<0 bo‘lsa, gilli jins qattiq; 0£B£0,25 bo‘lsa, yarim qattiq; 0,25 <B£0,5 bo‘lsa, yuqori plastik; 0,5<B£0,75 bo‘lsa, bo‘sh plastik; 0,75 <B£1 bo‘lsa, oquvchan plastik; B>1 bo‘lsa, oquvchan holatda deb baholanadi. 10.2. TOG‘ JINSLARINING SUVLI XUSUSIYATLARI Tog‘ jinslarining suvli xususiyatlari, suvga chidamliligi ularning genetik turlariga, petrografik, granulometrik, mineralogik, kimyoviy tarkiblariga qarab har xil bo‘ladi va har xil nomlanadi. Tog‘ jinslarining 0> Download 5.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling