Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari
— odometr asosi (korpusi); 2 —
Download 5.78 Mb. Pdf ko'rish
|
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)
— odometr asosi (korpusi);
2 — tutib turuvchi boltlar; 3 — fiksatorlar; 4 — siqilish darajasini miqdoriy ko‘rsatuvchi soat tipidagi indikatorlar; 5 — indikatorlar ushlagichi; 6 — ko‘zlari ma’lum yiriklikdagi filtr; 7 — grunt (o‘rganilayotgan jins namunasi); 8 — namunali halqa; 9 — oboyma; 10 — namunani namlab filtr orqali sizib o‘tgan suvning chiqishini ta’minlovchi jo‘mrak. 11—M.Sh. Shermatov 1 7 8 10.6-rasm. Gil va gilli jinslarni ma’lum bosim ostida namlangandan keyingi siqiluvchanligi (1) va siqiluvchi jarayoni tugatilib yukdan holi qilingandan keyingi tabiiy holatiga qayti- shini (2) ko‘rsatuvchi kompression egri chiziq sxemasi. DH — jinsga P 1 , P 2 , P 3 , P n MPa og‘irlikdagi bosim (yuk) ta’sir ettirilgandan keyingi umumiy deformatsiyalanishi, Dh 1 — shu og‘irliklar ostidagi qoldiq deformatsiya; Dh 2 — P n ... P 3 , P 2 , P 1 tartibda bosim (yuk) olinib tashlangandan keyingi avvalgi holatiga qaytishga bo‘lgan harakat (jinslarni yuk ta’sirida o‘z tabiiy shaklini o‘zgartirishi va yuk olinib tashlangandan keyin ma’lum darajada avvalgi shakliga qaytish xususiyati) deformatsiyasi; Dh 3 —namunani R 3 bosim ostida namlanishidan keyingi siqiluvchanlik (cho‘kuvchanlik— prosadka). asbobni yuk ko‘targichiga P 1 , P 2 , P 3 MPa og‘irlikdagi, ya’ni namunaga tushadigan tabiiy bosim og‘irligiga to‘g‘ri keladigan (P t ) darajadagi yuk qo‘yiladi. Har bir qo‘yilgan yukdan keyin stabillashish holati kutiladi va asbob indikatorlaridan hisob olinib, laboratoriya jurnaliga yozib boriladi (10.5-jadval). Stabillashish holati deganda asbob indikatoridan olingan hisob raqami avvalgisidan 0,001 mm dan oshmasligi tushuni- ladi. Stabillashish holati yuz bergach, tabiiy bosim og‘irligida odometrni suv quygichi orqali halqadagi namunaga voronka yordamida suv yubo- rilib, uni namlash jarayoni boshlanadi. Namlanish jarayoni boshlanishi bilanoq indikatorlardan har 0,5, 1, 2, 5, 10, 20, 30, 60, 120, 180 minut davomida, so‘ngra sutkasiga 2 marotaba hisob olib boriladi. Navbatda- gi stabilizatsiya holati kutilib (har 3 soat davomida indikatordan olin- gan hisob 0,01 mm dan oshmasligi kerak), keyin asbob yuk qo‘ygichiga tabiiy bosim og‘irligiga qo‘shimcha P 4 , P 5 , P 6 ... — P n og‘irligidagi yuk- lar qo‘ib boriladi. Tabiiy bosim og‘irligiga qo‘shimcha og‘irlikdagi yuklar 1 7 9 (bosim) qiymati qo‘yilgan vazifaning maqsadiga qarab 0,1, 0,2, 0,3, 0,4, 0,5 MPa va bundan ham oshiq bo‘lishi mumkin. Bunda biz yuqorida eslatganimizdek, har bir pog‘onadagi yukdan keyin stabilizatsiyalanish holati kutilishi kerak. Rejadagi bosim qo‘yib bo‘lingach, asbob yuk qo‘ygichidagi yuklar sekin-asta olinib, har bir 0,1 MPa yuk olingandan keyin indikatordan ham qayta hisob olinib sinovlar kitobiga yozib boriladi. Bunda o‘rganilayotgan jinsni ma’lum og‘irlikdagi kuch ta’si- ridan xoli etilgandan keyin, avvalgi tabiiy holatiga qay darajada qayti- shi to‘g‘risida to‘g‘ri fikr yuritish, xulosa chiqarish mumkin (10.6-rasm). Monolitlarni ochib, o‘rganilayotgan jinsni parafindan va parafin- lash jarayonida qizigan yupqa qatlam (1—2 sm) olib tashlanib, komp- ression asbob halqalariga tekshirish uchun kerak bo‘lgan namunani olish jarayonida jinsning tabiiy namligi (W 0 ), zichligi ( D 0 , d 0 ), jinslar zarralar zichligi ( g 0 ), g‘ovakligi (n 0 ), g‘ovaklik koeffitsiyenti (E 0 ), tabiiy bosim og‘irligi (P 1 ) harakatdagi me’yoriy hujjatlarga asosan aniqlanib borishi shart. Lozim bo‘lgan taqdirda jinsni ko‘pchuvchanligi, ivivchanligi, kiri- shuvchanligi, filtratsiya koeffitsiyentini o‘rganish, granulometrik, minero- logik, kimyoviy tarkibilarini aniqlash uchun ham namunalar olinib borilishi mumkin. Sinov oxirida kompression asbob odometrga o‘rnatilgan jinsli halqalar tortilib, ularning ichidagi jinslarning tajribadan keyingi zichligi ( D 1 , d 1 ), namligi (W 1 ), g‘ovakligi (n 1 ), g‘ovaklik koeffitsiyenti (E 1 ) aniqlanib sinov natijalarining oxiriga yozib qo‘yiladi (10.5-jadval). 10.5-jadval Download 5.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling