Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari
— mayda donali qum uchun; 2 —
Download 5.78 Mb. Pdf ko'rish
|
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 10.4. GIL VA GILLI JINSLARNING MUSTAHKAMLIK XUSUSIYATLARI
— mayda donali qum uchun; 2 — gil jinslari
uchun. 1 8 5 Takrorlash va tekshirish uchun savollar 1. Tog‘ jinslarining mexanik xususiyatlari to‘g‘risida gapirib bering. 2. Deformatsiyalanish jarayonini 10.3-rasm asosida tushuntirib bering. 3. «Siqiluvchanlik koeffitsiyenti», «Umumiy deformatsiyalanish moduli», «Siqi- luvchanlik moduli», «Cho‘kuvchanlik» kabi eng asosiy injener-geologik ko‘rsatkichlarni aniqlash asboblari to‘g‘risida so‘zlab bering. Ularni aniqlash formulalarini yozib ko‘rsating. 4. Gilli jinslarning g‘ovaklik koeffitsiyenti bosim o‘zgarishi bilan qanday o‘zgarib boradi? P 1 -n bosimlar ostida o‘zgarish mohiyatini tushuntirib bering. 5. Gilli jinslar siqiluvchanlik koeffitsiyenti (a) va siqiluvchanlik moduli (E s ) bo‘yicha qanday klassifikatsiyalanadi? 6. Lyoss va lyossimon jinslar cho‘kuvchanligini ifodalaydigan «Bir egri chiziq», «Ikki egri chiziq», «Uch egri chiziq» sxemalarini chizib ko‘rsating. 7. Gil va gilli jinslarda yuz beradigan konsolidatsiya jarayoniga ta’rif bering. Konsolidatsiya darajasini aniqlash formulasini yozing va o‘qib bering. 10.4. GIL VA GILLI JINSLARNING MUSTAHKAMLIK XUSUSIYATLARI U yoki bu hududda tarqalgan ma’lum qalinlikdagi, tabiiy namlik, zichlikdagi gil, jumladan, lyoss va lyossimon jinslar ma’lum qiyalikda yoki gorizontal holatda yotadi. Bunda jinsga doimiy ravishda ikki kuch: birinchisi, jins qatlami og‘irligiga teng bo‘lgan og‘irlikda ta’sir qiluvchi og‘irlik (normal kuch) kuchi, va ikkinchisi, jins qatlamini qiya tomonga qarab harakatga kelishini hosil qiluvchi suruvchi kuch t ta’sir qiladi. P kuch o‘z navbatida ishqalanish kuchi f ni vujudga keltiradi. Bu kuch surilishga moyil bo‘lgan jins qatlamini o‘z joyida doimiy mustahkam turishini ta’minlasa, ikkinchi — suruvchi kuch ( t )ning oshishi surilish jarayonini keltirib chiqaradi. Suruvchi kuchning oshishini, ya’ni surilish vujudga kelishini tezlashtiruvchi eng asosiy omillarga jins qatlamining tabiiy namligi oshishi, tabiiy yotish holatini yo‘llar o‘tkazish, kanallar, karyerlar qazish jarayonida buzilishi, kuchli zilzilalarning sodir bo‘li- shi, portlatishlar kirishi mumkin. Shuning uchun gilli jinslar tarqalgan tog‘ yonbag‘irlari mustahkamligini ta’minlash, u yerda mavjud bo‘lgan imorat va inshootlarni surilish hodisasi ta’siridan saqlashda ana shu jinslarning mustahkamlik xususiyatlarini o‘rganish, aniqlash, kerakli chora va tadbirlar qo‘llash katta ahamiyatga ega. Ma’lumki, yuqoridagi ikki kuchni (P, t ) bir-biriga nisbatan ta’siri o‘zgarganda eng avvalo jinsni tashkil etib turuvchi zarralarning bir-biriga bo‘lgan bog‘lanib tu- rishi o‘zgaradi, ya’ni t kuch oshishi bilan shu zarralar orasidagi bog‘lanish kuchi C kamayadi. Bog‘lanish kuchining kamayishi jins yoki jins qatlamining ichki ishqalanish koeffitsiyentini (f = tgj) va ichki ish- qalanish burchagi ( j) kamayishiga olib keladi. 1 8 6 Ba’zi mutaxassislarning fikricha, gil jinslarining surilishga bo‘lgan qarshiligini baholashda surilish burchagi ( y ) va surilish koeffitsiyenti (tg y )ni birgalikda ishlatilgani ma’quldir. Shuning uchun amaliyotda gil jinslarining surilishga bo‘lgan qarshiligini baholashda, yaxshisi yuqoridagi hamma ko‘rsatkichlarni (C, y , tgy , j, tgj) aniqlash lozim bo‘ladi. Gilli jinslarning mustahkamligini baholashda ularning yuqorida ko‘rsatilgan xususiyatlari to‘g‘risida ma’lumotlar olish uchun maxsus «Tog‘ jinslarining surilish qarshiligini» aniqlaydigan asboblar ishlatiladi (10.9-rasm). Buning uchun laboratoriyaga tahlil uchun olib kelingan har bir monolitdan maxsus halqalarga 3 tadan namuna qirqib olinadi. Olingan har bir namuna harakatdagi Respublika standartlari (O‘zRSTlar) asosida asbob odometriga joylanadi. Birinchi namuna P 1 kuch ostida zichlanadi. Zichlanish jarayoni tugagandan, keyin t 1 suruvchi kuch ta’sir etdiriladi. Bu kuch sekin-asta bir necha bo‘laklarga bo‘linib asbobni suruvchi kuch qo‘ygichi pallasiga surilish jarayoni yuz bergunga qadar 10.9-rasm. Gilli tog‘ jinslarining surilishga bo‘lgan qarshiligini aniqlashda qo‘llaniladigan Maslov-Lure konstruksiyasidagi asbobning umumiy ko‘rinishi. 1 Download 5.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling