Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari
Download 5.78 Mb. Pdf ko'rish
|
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)
OLTINCHI QISM
12-BOB YER OSTI SUVLARI Yer osti suvlari planetamizdagi mavjud ichimlik suvining asosiy qis- mini tashkil etadi. V.V.Vernadskiyning taxminicha, yer qobig‘idagi (yer sathidan 16 km chuqurlikdagi) yer osti suvlarining miqdori 460 mln km 3 ni tashkil etadi. Golland olimi Vonxonsning ta’kidlashicha, yer qobi- g‘idagi yer osti suvlarini Yer shari yuzasiga chiqarilsa, 90 m qalinlikdagi suv qatlami hosil bo‘ladi. Fransuz mutaxassisi Rene Koyanining ko‘rsati- shicha, yer bag‘riga qazib tushilgan burg‘i quduqlarining chuqurligicha bo‘lgan tog‘ jinslarining g‘ovaklarida 8 mln km 3 hajmdagi suv mavjud. Yer osti suvlari tabiatda mavjudligi bilan insonlarning chuchuk ichimlik suviga bo‘lgan talabini qondiradigan, xalq xo‘jaligining hamma sohalarida, jumladan, qishloq xo‘jaligida, meditsinada va boshqa soha- larda ishlatiladigan birdan-bir suv manbayi bo‘lib hisoblanadi. Respublikamiz hududlaridagi mavjud minerallashganlik darajasi 5 g/l gacha bo‘lgan hamma yer osti suvlarining prognoz zaxirasi N. A. Ahme- dov, A. A. Mavlonovlarning ma’lumotiga ko‘ra (2003-yil) 66 mln m 3 /sut bo‘lib, uning 34,5% Farg‘ona vodiysiga, 25,7% Toshkent viloyati hududiga, 18% Samarqand viloyati hududiga, 9% Surxandaryo viloyati hududiga, 5,5% Qashqadaryo viloyati hududiga to‘g‘ri keladi. Umumiy yer osti suvlarining 22,9% chuchuk, kam minerallashgan (mineral- lashishi 1 % dan kam) suv hisoblanadi. 2002-yilning 1-yanvariga bo‘lgan ma’lumotga asosan respublikamizdagi hamma maqsadlar uchun yer ostidan olinayotgan suvning umumiy miqdori 17367,2 ming m 3 / sut bo‘lib, undan 6913,8 ming m 3 /sut xo‘jalik-ichish maqsadlari uchun, 1849,5 m 3 /sut sanoat va texnikaviy; 4486,5 m 3 /sut sug‘orish maqsad- lari uchun ishlatiladi. Yuqoridagilardan kelib chiqib, shuni aytish kerakki, yer osti suvlari- ning paydo bo‘lish, sarflanish qonuniyatlarini bilish, ularning turlari, tarkibi, fizik, kimyoviy xususiyatlari, vujudga kelish, o‘zgarish sabablari to‘g‘risida bilimga ega bo‘lish nihoyatda zarur. Talabalarning bunday bilimga ega bo‘lishi respublikamiz hududidagi hozirgi vaqtda mavjud bo‘lgan yer osti suv zaxiralarini ekologik jihatdan ehtiyot qilish, saqlash, tejamkorlik bilan ishlatish imkoniyatini beradi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling