1 9 5
Jadvalning davomi
Tog‘ jinslari
Yonbag‘ir qiyaligining
balandligi
Yonbag‘ir
qiyaligining tikligi
Mayda va mayin qum jinslar
12
1:1,75
Mayda va mayin qum jinslar
6
1:1
Mustahkam konsistensiyali bir xil
tarkibdagi gil jinslar
12
1:1,5
Quruq iqlimli hududlardagi lyoss
jinslar
12
1:0,1—1:0,5
Quruq iqlimli hududlardan
tashqarida tarqalgan lyoss jinslar
12
1:0,5—1:1,5
Yuqoridagi guruhlarga kiruvchi tog‘ jinslardan 6—10-guruhga man-
sub jinslar suv ta’sirida o‘zgaruvchanligi (ko‘pchuvchanligi, ivivchanli-
gi, yuviluvchanligi, cho‘kuvchanligi va b.) bilan ajralib turadi. Shuning
uchun bu jinslardan imorat va inshootlarning zamini sifatida foydalanil-
ganda nihoyatda ehtiyot bo‘lish darkor. Ularning mustahkamligini oshi-
rish uchun kerak bo‘lgan hamma chora va tadbirlar (Davlat standartlariga
binoan) qo‘llanilishi talab etiladi.
Takrorlash va tekshirish uchun savollar
1. Klassifikatsiya so‘zining ma’nosini tushuntirib bering.
2. Tog‘ jinslari injener-geologik klassifikatsiyasini tuzishda ularning qaysi xossa
va xususiyatlariga e’tibor beriladi?
3. «Umumiy», «Regional», «Xususiy» va «Soxaviy»
injener-geologik klassifi-
katsiyalarining bir-birlaridan farqi nimadan iborat?
4. Qurilish me’yorlari va qoidalari bo‘yicha respublikamiz tog‘ jinslari (grunt-
lari) nechta guruhga ajratiladi? Har bir guruh to‘g‘risida
qisqacha gapirib
bering.