Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari
YER OSTI SUVLARINING KELIB CHIQISHI
Download 5.78 Mb. Pdf ko'rish
|
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)
12.3. YER OSTI SUVLARINING KELIB CHIQISHI
Yer osti suvlarining kelib chiqishi to‘g‘risida qator fikr va nazariyalar mavjud. Ulardan eng asosiylari kondensatsiya va infiltratsiya nazariyalari hisoblanadi. Kondensatsiya nazariyasining to‘ng‘ich namoyondalaridan bo‘lib Aris- totel (e.a. III asr), nemis gidrogeologi Folger (XIX asrning ikkinchi 2 0 7 yarimi, 1878- yillar), rus tuproqshunos olimi A. F. Lebedev (1907—1919- yillar) va boshqalar hisoblanadi. Ularning fikrlarini umumlashtirib hamda suv bug‘larining yuqori bosimli hududlardan past bosimli hududlarga qarab harakat qilishini, yoz fasli mobaynida tog‘ jinslari va tuproq tarkibidagi suv bug‘larining bosimini, atmosferadagi suv bug‘lari bosimiga nisbatan past bo‘lishini va chuqurlik ortishi bilan bosimning yanada o‘zgarib borishini hisobga olinadigan bo‘lsa va bu harakat davomida haroratning o‘zgarishi, suv bug‘larining tog‘ jinslari bo‘shliq- lariga kirib borishi, undagi havoning suv bug‘lari bilan o‘ta to‘yinishi hisobiga avval suv tomchilari, so‘ngra suv oqimi vujudga kelish jarayoni sodir bo‘lishini ko‘ramiz. Bu jarayonni, ya’ni atmosfera bosimi o‘zgari- shi, issiq havo oqimi sovuq havo oqimi bilan uchrashishi, havoning suv bug‘lari bilan to‘yinishi natijasida avval suv tomchilari, so‘ngra ma’lum hajmdagi ma’lum yo‘nalishdagi yer osti suv oqimining vujudga kelishi kondensatsiya nazariyasining asosini tashkil etadi. Suvning bu zaylda bo‘lishini ota-bobolarimiz bundan bir necha yuz yillar avval yaxshi bilishgan. Suvsiz cho‘l hududlarida quduqlar qazish, tosh uyumlaridan piramidalar qurish yo‘li bilan suv to‘plaganlar (12.7-rasm), millionlab 12.7-rasm. Suvsiz cho‘l hududlarida insonlar tomonidan shurflar qazish yo‘li bilan suv yig‘ish sxemasi (A.S. Xasanov bo‘yicha, 2003). 1 — quruq tog‘ jins qatlami; 2, 4 — atmosfera bosimining sutka davomida keskin o‘zgarishi jarayonida issiq va sovuq havo oqimining vujudga kelishi; 3 — shurf devorlarida paydo bo‘lgan suv tomchilari; 5 — suv tomchilarining yig‘ilishi natijasida paydo bo‘lgan suv. 2 0 8 qo‘y, yuz minglab tuyalarni ana shu suv hisobiga boqqanlar. Bunda quruq tog‘ jinsi qatlamida qazilgan quduqning chet devorlarida, atmos- fera havo bosimining sutka davomida keskin o‘zgarishi, hamda atmosfe- radagi va jinsdagi mavjud suv bug‘lari bosimining va haroratning turlicha bo‘lishi hisobiga avval suv tomchilari, keyin bu tomchilarning bir-birlari bilan qo‘shilishi natijasida suv hosil bo‘lishini ular amalda sinovdan o‘tkazishgan. Infiltratsiya nazariyasiga asosan yer sathiga tushayotgan yog‘inning (yomg‘ir, qor, jala) tog‘ jinslari g‘ovaklari, yoriqlari orqali va qatlam- lari bo‘ylab sizib o‘tib suv o‘tkazmaydigan qatlamgacha yetib borishi, ana shu qatlamning ustki qismida yig‘ilishi natijasida hosil bo‘ladi (15.8- rasm). Bu holda paydo bo‘lgan yer osti suvi infiltratsiya suvi deb ataladi. Infiltratsiya suvining vujudga kelishi u yoki bu hududga tushadigan yog‘inning miqdoriga, tog‘ jinslarining g‘ovaklik darajsiga, yer sathi tuzi- lishiga, uning dengiz sathiga nisbatan absolut balandligiga bog‘liq holda sodir bo‘ladi. Shuningdek, bu yer osti suvining paydo bo‘lishida yerni ustki qismida mavjud bo‘lgan daryo, ko‘l, kanal, suv omborlaridagi suvlar ham qatnashadi. Bu manbalardan suv sizib o‘tishi jarayonida yer ostki qatlamlarida butunlay yangi yer osti suv oqimi vujudga kelishi yoki mavjud yer osti suvlari hajm jihatdan boyishi va uning sathi ko‘tarilishi yuz berishi mumkin. 12.8-rasm. Atmosfera yog‘inining yer qatlamlariga singishi natijasida vujudga kelgan yer osti suvlari oqimi sxemasi (N.N.Maslovdan, ba’zi o‘zgartirishlar bilan). 1 — yer osti suvini paydo qilish hududi; 2 — yer osti suvi va uni oqim harakat yo‘nalishini ta’minlovchi g‘ovak tog‘ jins qatlami; 3 — suvni o‘zidan o‘tkazmaydigan tog‘ jins qatlamlari; 4 — yer osti suv oqimining yer yuzasiga buloq holatida chiqishi; 5 — yer osti suvining yer yuzasiga chiqib, daryo suviga qo‘shilishi va uni to‘yintirish holati. 2 0 9 Yer osti suvlarining vujudga kelishida Yerning chuqur qatlamlarida yuz beradigan jarayonlar, jumladan: magma yuqoriga ko‘tarilishi vaqtida ajraladigan suv bug‘larining kondensatsiyalanishi va suyulishi, vodorod va kislorod molekularining sintez qilinishi, minerallar tarkibidagi suvlar- ning yuqori bosim va haroratda ajralishi sabab bo‘lishi ham mutaxassislar tomonidan ko‘rsatilgan. Bunday yo‘llar bilan hosil bo‘ladigan suvlarni fanda yuvenil suvlar deb nomlanadi. Yer osti suvlari paydo bo‘lishi tog‘ jinslari dastlabki yotqizilish davri bilan bog‘liqligi to‘g‘risida ham ma’- lumotlar mavjud. Tog‘ jinslari yotqizilish davri bilan bog‘liq bo‘lgan bunday suvlarni sedimentatsion suvlar deb ataladi. Download 5.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling