Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari


Download 5.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet155/211
Sana10.10.2023
Hajmi5.78 Mb.
#1697023
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   211
Bog'liq
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)

15.2. PASTDAN YUQORIGA OTILIB
CHIQUVCHI BULOQLAR
Pastdan yuqoriga otilib chiquvchi buloqlar, asosan bosimli (artezi-
an) suv qatlamlarini yer yuzasiga chiqib qolishi, ana shu artezian suv
qatlamlarini tektonik yoriqlar bilan to‘sib qo‘yilishi, mavjud bosimli
suvlarning yer yuzasiga ma’lum bosim ostida ustki jins qatlamlarini buzib
otilib chiqishi yoki yer osti grunt suvlari oqimi ta’siri ostida bosimli
suvlarning yer yuzasiga oqib chiqish natijasida paydo bo‘ladi (15.2-a,
b, d rasm).
Otilib chiquvchi buloqlarning suv debiti pastga qarab oquvchi buloqlar
debitiga nisbatan nihoyatda katta bo‘lib, asosan paleozoy, mezazoy va
15.1-rasm. Pastga oquvchi buloqlar
(M.E. Altovskiy bo‘yicha):
a — litologik ekranlashgan buloqlar; b — tek-
tonik ekranlashgan buloqlar; d — daryo erozion
vodiylaridan oqib chiquvchi buloqlar.


2 2 4
15.2-rasm. Yuqoriga otilib chiquvchi-bosimli buloqlar (M.B.Altovskiy bo‘yicha):
a — daryo vodiylaridan otilib chiquvchi erozion buloqlar; b — tektonik ekranlashgan
buloqlar; d — bosimli suv ta’siri natijasida suv o‘tkazmaydigan qatlamnining buzilishi
yoki grunt suvlari oqimi ta’siri ostida bosimli suvlarning harakatga kelishi natijasida
paydo bo‘lgan buloqlar: — suv o‘tkazmas qatlam; 2 — suvli ohaktosh; — bosimli suv
harakati natijasida suv o‘tkazmaydigan qatlamni yorib chiqishi.
paleogen, neogen, qisman quyi to‘rtlamchi davr jinslari yoriqlari, karst
bo‘shliqlari, g‘ovaklari bilan bog‘liq holda vujudga keladi. Ko‘p hollarda
yuqori darajada minerallashgan, yuqori haroratga va debitga ega bo‘ladi.
Masalan, Chotqol-Qurama tog‘li oblasti hududidagi tarqalgan paleozoy
davri karbonat, intruziv jinslaridan chiquvchi buloqlar, jumladan, Xo‘ja-
kent, Ko‘lota guruhidagi buloq suvlarining debiti sekundiga 100—250
metrni, Angren daryosi yuqori oqimining o‘ng hududidagi trias davrining
qizil granit jinslari yoriqlaridan (dengiz sathidan 3000—3500 m baland-
likda) otilib chiquvchi Arashon guruhidagi buloq suvining o‘rtacha yillik
harorati 37,9°C ni tashkil etadi.
G. V. Bogomolovning ma’lumotiga ko‘ra dunyodagi eng yirik buloqlar
AQSH, Janubiy Afrika Respublikasi, Liviya, Birlashgan Arab Respublika-
si, Isroil, Gretsiya, Italiya, Chexiya, Slovakiya, Vengriya, Turkiya,
Hindiston, Avstraliya davlatlari hududlariga joylashgan. AQSH ning
Oyova, Djordjiya, Florida shtatlaridan chiquvchi ba’zi buloqlarning
debiti soatiga 8000 m
3
ni, Janubiy Afrika Respublikasi hududidagi
buloqlarning debiti soatiga 2000 m

ni tashkil qiladi. Ba’zi buloqlar yer


2 2 5
yuzasiga otilib chiqish joyiga juda katta miqdordagi mineral tuzlarni
olib chiqib yotqizishi ham mumkin. Bunday buloqlar jumlasiga
Chexiyadagi «Vrjidlo» bulog‘ini ko‘rsatish mumkin. Bu buloqning debiti
sekundiga 30 m

ni tashkil qilib, suv harorati 72°C, yer yuzasiga nisbatan
otilib chiqayotgan suvning balandligi 12 metrni, har yili suv chiqayotgan
joyda 17 tonna miqdordagi tuz yotqizig‘ini hosil qiladi. Vengriyaning
Budapesht shahri hududida 123 ta issiq buloqlar mavjud bo‘lib, ular-
dan sutkasiga 40000 m
3
shifobaxsh suv olinadi.
Buloq suvlari debiti fasllar, yillar mobaynida o‘zgarib turishini hisobga
olib, maxsus klassifikatsiya ishlab chiqilgan (15.1- jadval). Bu klassifi-
katsiyaga asosan buloq suvlari 5 guruhga — juda o‘zgarmas, o‘zgarmas,
o‘zgaruvchan, juda o‘zgaruvchan va o‘ta o‘zgaruvchan guruhlarga ajra-
tiladi.
15.1-jadval

Download 5.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling