Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari
Download 5.78 Mb. Pdf ko'rish
|
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)
Vodorod sulfidli suvlar Farg‘ona, Surxondaryo artezian havzalarida
o‘z rivojini topgan bo‘lib, paleogen davri cho‘kindi tog‘ jinslari komp- lekslari bilan hamda bitumli yotqiziqlar va neft uyumlari bilan bog‘liq holda tarqalgan. Shifobaxshligi, minerallashganlik darajasi va kimyoviy komponentlarining turlari bilan Sochi, Masesta, Talgi (Kavkaz) oltin- gugurt suvlaridan qolishmaydi. B. A. Beder, A. S. Xasanov va b. ma’lu- motlariga ko‘ra (1971) O‘zbekistondagi oltingugurtli konlar H 2 S ning miqdoriga qarab quyidagi gruruhlarga bo‘linadi: 1. O‘ta miqdordagi H 2 S konsentratsiyasiga ( SH 2 S =1000—2000 mg/l) ega bo‘lgan konlar — Sho‘rsuv, Shimoliy Sox, Andijon. 2. Yetarli miqdordagi H 2 S konsentratsiyasiga ( SH 2 S >120mg/l) ega bo‘lgan konlar — Chimiyon, Polvontosh, Xojiobod, Janubiy Olamushik va b. 3. O‘rta va kam miqdordagi H 2 S konsentratsiyasiga ( SH 2 S <120 mg/l) ega bo‘lgan konlar — Changara, Sho‘rsuv va b. Iodli mineral suvlar ham asosan Farg‘ona vodiysining shimoliy sharqiy hududlarida (Chortoq, Namangan) neogen davrining massaget yarusi yotqiriqlari gorizontallarida aniqlangan. Suv yuqori darajada minerallash- gan (600mg/l), yuqori haroratli (49,5°C), kam radioaktivli, gazli bo‘lib, debeti sekundiga 1—5 litrni tashkil etadi. Tarkibi bo‘yicha xlorli-natriy- kalsiy suvlar guruhiga kiradi. 2 3 6 Radonli mineral suvlar Chotqol-Qurama tog‘lari hududida (Arslon- buloq), Farg‘ona vodiysining janubiy, janbi-sharqiy qismida (Shoxi- mardon), Surxondaryo, Amudaryo artezian havzalarida keng tarqalgan bo‘lib, kam minerallashgan (0,3—0,7), radonning maksmial miqdori litriga 50 (Arslonbuloq), (Shohimardon) emanni tashkil etadi. Ohangaron daryosining yuqori oqimi rayonlarida, jumladan Jigariston kaolin koni maydonida litriga 2,6 dan 17,2 eman atrofida o‘zgaradi. Bu yerda shuni ta’kidlab o‘tish kerakki, tog‘ jinslari ichida radonga boyligi bilan intruziv jinslar (granit, granodiorit va b.) yoriqlaridan oqib chiquvchi yer osti suvlari ajralib turadi. Kam minerallashgan ishqoriy termomineral suvlar asosan Toshkent, Farg‘ona, Zarafshon artezian yer osti suvi havzalarida tarqalgan. Bunday suvlar Toshkentoldi rayonida yuqori bo‘r davrining senamon gorizontiga joylashgan bo‘lib, yer ostidan yuqori bosim ostida (18—20 atm) otilib chiqishi, yuqori harorati ( +42+67 0 C), sekundiga 0,7—1,2 litr debetga egaligi, nisbatan kam minerallashganligi (0,5 dan 0,9 g/l) bilan xarakterlanadi. Tarkibi bo‘yicha gidrokarbonat natriyli suvlar guruhiga mansub, shuningdek, suv tarkibida ko‘p turdagi mikroelementlar (Si, Al, Fe, Ti, Mo, Mg, V va b.) mavjud. Uranning miqdori 4,8•10 -6 dan 8•12•10 -6 gacha, radiyniki 9,9• •10 -12 dan 1,4 -12 g/l gacha, radonniki 3,07 dan 7,8 eman oralig‘ida o‘zgaradi. Tarkibidagi erigan azot miqdori 72,8—89,6 %, kislorod 12— 18,6 %, karbonat angidrid gazi 0,5—8,9 % ga boradi. Suv yumshoq, ishqoriy bo‘lib, umumiy qattiqligi 1,5—2,5 mg/l, pH: 7,2—8,2. Hozirgi vaqtda bu suv «Toshkent mineral suvi» nomi bilan mashhur bo‘lib «Bo- tanika», «Fedorovich», «Keles», «Chinobod» va boshqa sanatoriylarda shifobaxsh suv sifatida qo‘llaniladi. Kam minerallashgan ishqoriy termomineral suvlar Farg‘ona artezian havzasidagi neogen yotqiziqlarining baktriy yarusida, yuqori mel qatlamlarida, Zarafshon artezian havzasida esa yuqori bo‘r konglome- rat, gravelitlari qatlamlarida ochilgan. V. A. Aleksandrov mineral suvlarni 6 klassga bo‘ladi: 1. Gidrokarbonatli suvlar bo‘lib, HCO 3 ionni 25 mg/ekv dan ortiq bo‘ladi. Boshqa ionlar miqdori bundan kam. Bu suvlar o‘z tarkibidagi kationlarning miqdoriga ko‘ra: natriy gidrokarbonatli, kalsiy gidro- karbonatli va magniy gidrokarbonatli suvlarga bo‘linadi. 2. Xlorli suvlar. Xlor ionlarining miqdori 25 mg/ekv dan ortiq bo‘ladi. 3. Sulfitli suvlar. Sulfit ionlari 25 mg/ekv dan ortiq. 4. Aralash suvlar. Yuqoridagi uch klass ionlari kombinatsiyasidan tashkil topgan suvlar: a) xlorli gidrokarbonatli (sulfat ioni oz); b) sulfatli- gidrokarbonatli (xlor ioni kam); d) xlorli-sulfatli. 5. Tarkibida Fe, As, Ag, Br va boshqa mikroelementlar bo‘lgan suvlar. 6. Gazli suvlar: a) karbonat angidridli; b) vodorod sulfitli; d) radio- aktivli suvlar. 2 3 7 1956-yili V. A. Aleksandrov o‘z klassifikatsiyasini mujassamlashtir- gan holda mineral suvlarni nitratli, kalsiyli, magnitli suvlar klassiga ajratib, ularni 3 guruhga: 1) aktiv ionli suvlar (mishyakli, bromli va b.); 2) gazli; 3) termal suvlar guruhiga birlashtirdi. Mineral suvlar kimyoviy tarkibi va shifobaxsh xususiyatlariga qarab quyidagi 8 guruhga bo‘linadi: 1. Ishqoriy suvlar. Tarkibida natriy yoki kalsiy va karbonat-kislota ko‘p bo‘ladi. 2. Natriy xloridli suvlar. 3. Temirli — Fe(HCO 3 ) 2 tarkibli suvlar. 4. Taxir suvlar. Tarkibida ko‘p miqdorda magniy sulfid bo‘ladi. 5. Sulfidli (oltingugurtli) suvlar. Tarkibida vodorod sulfid va metall sulfidlari ko‘p bo‘ladi. 6. Ohakli suvlar. Tarkibida karbonat angidrid ko‘p bo‘ladi. 7. Mishyakli suvlar. 8. Tarkibida juda oz miqdorda kimyoviy elementlar bo‘lgan, davo- lash xususiyati uncha bo‘lmagan suvlar. Bu suvlarning ichida karbonat angidridli (Kavkazdagi «Narzan», Markaziy Osiyodagi «Arashan» guruhidagi suvlar), oltingugurtli («Sho‘r- suv», Andijon, «Chimiyon» mineral suvlari), radioaktiv («Arslonbuloq», «Shohimardon» va b.), yodli («Chortoq», «Namangan») suvlar o‘ta shifobaxshligi bilan ajralib turadi. 120> Download 5.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling