Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari
Download 5.78 Mb. Pdf ko'rish
|
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 18.3. SANOAT AHAMIYATIGA EGA BO‘LGAN SUVLAR
18.2. TERMAL SUVLAR
Tabiiy holatda harorati 37—42°C va undan yuqori bo‘lgan suvlar termal suvlar deb ataladi. Amaliyotda harorati 32—100°C oralig‘ida bo‘lgan suvlar gipotermal, harorati 100°C dan yuqori bo‘lgan suvlar qaynoq suvlar deb yuritiladi. Termal suvlari yuqori haroratga ega bo‘l- ganligi uchun o‘z tarkibida juda ko‘p miqdordagi kimyoviy elementlar- ni erigan holda ushlab turish xususiyatiga ega. Termal suvlar yer sathiga nisbatan ancha chuqurlikda vujudga kelishi va yotganligi hamda asosan artezian havzalar maydonlarida tarqalganligi tufayli yuqori bosim ostida bo‘ladi. Shuning uchun bunday maydonlarda o‘tkazilgan burg‘ilash ish- lari jarayonida ba’zan yer yuzasiga yer osti suvlarining bir necha o‘n, hatto, 100 metr balandlikka otilib chiqish holatlarini uchratish mumkin. Termal suvlar mamlakatimiz hududidagi deyarli hamma artezian suv havzalarida mavjud. Toshkentoldi, Farg‘ona, Sirdaryo, Markaziy Qizil- qum, Zarafshon, Surxondaryo, Amudaryo va Ustyurt artezian suv havzalari shular jumlasiga kiradi. Termal suvlar dunyoning juda ko‘p mamlakatlarida (Rossiyada, Qozog‘iston, Gruziya, AQSH, Fransiya va b.) elektr energiyasi olish va uylarni, issiqxonalarni isitish maqsad- larida hamda katta miqdorda kimyoviy moddalarni (yod, brom, oltin- gugurt va har xil tuzlarni) ajratib olishda qo‘llaniladi. 2 3 8 18.3. SANOAT AHAMIYATIGA EGA BO‘LGAN SUVLAR O‘z tarkibida u yoki bu darajada kimyoviy miqdor komponentlari (yod, brom, oltingugurt, litiy va b.) bo‘lgan va sanoat maqsadlari uchun ularning tarkibidagi ana shu mikrokomponentlardan ma’lum miqdorda ajratib olish mumkin bo‘lgan suvlar sanoat ahamiyatiga ega bo‘lgan mineral suvlar deb ataladi. Shuning uchun ham bunday suvlar har bir mamlakatning gidromineral xomashyolar manbayi bo‘lib hisoblanadi va baholanadi. Hozirgi vaqtda mineral suvlardan litiy, volfram, seziy, mis, nikel, yod, brom, oltingugurt elementlarini va boshqa shifobaxsh tuzlarni (xlorli, sulfatli, karbonatli) ajratib olish uslublari ishlab chiqilgan bo‘lib, olingan xomashyo sanoatda va meditsinada keng qo‘llaniladi. Sanoat ahamiyatiga ega bo‘lgan mineral suvlar dunyoning juda ko‘p mamlakatlarida (AQSH, Avstraliya, Gretsiya, Rossiya, Chexiya va b.) mavjud. Dunyoning ba’zi hududlarida yer ostidan otilib chiquvchi buloq suvlari yer ustiga juda katta miqdordagi sanoat ahamiyatidagi mineral tuzlarni va nodir metallarni olib chiqib yotqizishi ham mumkin. Jumladan, G. B. Bogomolov ma’lumotiga ko‘ra, Chexiyaning Karlovi- Vari rayonidagi yer yuzasiga nisbatan 12 m balandlikka tabiiy bosim ostida otilib chiqayotgan, harorati 72,2°C li, sekundiga 30 m 3 sarfga ega bo‘lgan «Vrjidlo» bulog‘idan yer yuzasiga har yili 17 t tuz olib chiqib yotqiziladi. Shu bilan birga uning tarkibida 40 dan ortiq nodir elementlar (seziy, rubidiy, selen, surma, litiy, stronsiy) va radioaktiv komponentlar borligi ham aniqlangan. Sanoat ahamiyatiga ega bo‘lgan tuz konlari mavjud hududlarda shu nom bilan ba’zan shaharlar nomlanishi ham bejiz emas. Masalan, Rossiyadagi «Sol-Vechegorsk», «Solikamsk» shaharlari shular jumlasiga kiradi. Respublikamizda sanoat ahamiyatiga ega bo‘lgan mineral suvlar Farg‘ona vodiysida (Sho‘rsuv, Shimoliy Sox, Andijon, Chimiyon vo- dorod-sulfid suvlari, Chortoq yodli suvlari), G‘arbiy O‘zbekistonning qator rayonlarida mavjud. Download 5.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling