Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari
Takrorlash va tekshirish uchun savollar
Download 5.78 Mb. Pdf ko'rish
|
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)
- Bu sahifa navigatsiya:
- YER OSTI SUVLARINING DINAMIKASI
- 19.1. YER OSTI SUVLARINING HARAKAT TURLARI
Takrorlash va tekshirish uchun savollar
1. Mineral suvlar deb qanday suvlarga aytiladi? 2. Mineral suvlar tarkibi, xossa va xususiyatlari vujudga kelishida va o‘zgarishi- dagi asosiy omillar to‘g‘risida gapirib bering. 3. Mineral suvlar tarkibi, xossa va xususiyatlariga qarab qanday klasslarga bo‘linadi? Shifobaxshligiga qarab-chi? 4. Respublikamiz hududida mavjud mineral suvlar to‘g‘risida gapirib bering. 5. Termal suvlar deb qanday suvlarga aytiladi? 6. Qanday suvlar sanoat ahamiyatiga ega bo‘lgan suvlar hisoblanadi? 7. Mineral suvlardan qanday kimyoviy mikrokomponentlar va tuzlar ajratib olinadi? 2 3 9 19-BOB YER OSTI SUVLARINING DINAMIKASI Yer osti suvlarining dinamikasi deganda ma’lum tarkibga (litolo- gik, granulometrik, kimyoviy va b.) fizik, suvli xossa va xususiyatlarga (zichlik, g‘ovaklik, namlik va b.) ega bo‘lgan jins qatlamlarida u yoki bu haroratdagi suvlarning harakat qilish qonuniyatlari tushuniladi. Ma’lumki, suv molekulalari bir-biri bilan qo‘shilib, ma’lum tarkibdagi, qalinlikdagi, sarfdagi va yo‘nalishdagi erkin yer osti gravitatsion suv oqimiga ega bo‘lgunga qadar bir qancha holatlarda (bug‘, gigroskopik, molekular, kapillar va b.) bo‘ladi. 19.1. YER OSTI SUVLARINING HARAKAT TURLARI Tog‘ jinslari qatlamlarida vujudga kelgan yer osti suvlarining ma’lum yo‘nalishdagi harakati yoki filtratsiyalanishi suv oqimining ikki nuqtasi balandliklari orasidagi farqqa va nuqtalar orasidagi masofaga bog‘liq. Filtratsiya bosimsiz va bosimli bo‘lishi mumkin. Bosimsiz filtratsiya grunt suvlariga, bosimli filtratsiya artezian suvlariga xos. Aytaylik, grunt suvi A nuqta yo‘nalishdan B nuqta yo‘nalishi bo‘ylab harakat qilmoqda (19.1-rasm). Suvning A nuqtadagi balandligi H 1 , B nuqtadagi balandligi H 2 , nuqtalar orasidagi masofa L bo‘lsin. Unda nuqtalar orasidagi farq H 1 —H 2 =Dh bo‘ladi. Tabiatda bu farq qancha katta bo‘lsa, grunt suv oqimining tezligi ham shuncha katta bo‘ladi. Fanda h L nisbat gidravlik qiyalik yoki gidravlik gradiyent deb yuritiladi. Yer osti suvlari oqimining tog‘ jinslari qatlamlari bo‘ylab harakat qonuniyatlariga ko‘ra laminar-chiziqli va turbulent-chiziqsiz oqimli suv turlariga bo‘linadi. Laminar oqimga ega bo‘lgan yer osti suvlari asosan g‘ovakli, mayda donador (qum, qumloq, nisbatan bir xil yiriklikdagi shag‘al, gilli) tog‘ jinslari qatlamlarida vujudga keladi, oqim erkin, tekis-parallel, uzluksiz bo‘lib, tezligi uncha katta bo‘lmaydi. Suv sathiga tushadigan bosim atmosfera bosimiga teng bo‘ladi. Laminar oqimli yer osti suvlarining harakat qilish qonuniyati birinchi marotaba 1856-yili fransuz gidravligi A. Darsi tomonidan maxsus tajriba yo‘li bilan aniqlangan (19.2-rasm). Buning uchun u kranli 1 silindr olib, qum bilan to‘lg‘izadi va qum g‘ovaklarini suv quyib to‘yintiradi. Suvni qum qatlamidan sizib o‘tishi jarayonida ma’lum qarshilikni yengib o‘tishini, ya’ni qandaydir darajada bosim sarf qilinishini hisobga olib, silindrning yuqori va pastki qismiga bukilgan pyezometrik naycha 3, 4 o‘rnatadi. Naychalardagi suv har xil sathlarda, yuqoridagisi — yuqori, pastdagisi — past etib belgilanadi. So‘ngra silindrda bir xil sathda ushlab 2 4 0 turilgan suv 1 kran orqali, maxsus idishga 2 oqizilib, suvni qum jinsi g‘ovaklari orqali sizib o‘tishni ta’minlaydi. Ma’lum vaqt davomida oqib o‘tgan suv sarfi o‘lchab boriladi. Olingan natijalarni tahlil qilish asosida A. Darsi, silindrdan ma’lum vaqt birligida sizib o‘tgan suv miqdori oqimining ko‘ndalang kesim yuzasi, filtratsiya koeffitsiyenti va bosim gradiyentiga yoki oqim qiyaligi 1 ga to‘g‘ri proporsional ekanligini aniqlaydi. Shu bilan u g‘ovakli tog‘ jinslarida yer osti suv oqimi filtratsiyasi chizig‘i qonunini yaratadi. Shu- ning uchun bu qonun fanda Darsi qonuni deb atalib, quyidagi tenglama orqali ifodalanadi: 1 2 f f Download 5.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling