Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari
YER OSTI SUVLARINING OQIM
Download 5.78 Mb. Pdf ko'rish
|
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)
19.2. YER OSTI SUVLARINING OQIM
SARFINI ANIQLASH Yer osti suvlarining oqim sarfi deganda ma’lum vaqt birligi davomida suvli qatlamning ko‘ndalang kesimi yuzasidan oqib o‘tgan suv miqdori tushuniladi (19.4-rasm). Suv o‘tkazmaydigan qatlam gorizontal holatda bo‘lganda, suv oqimi unga parallel bo‘lib, bosimsiz grunt suvlarining sarfi (Q) Dyupi formu- lasi yordamida aniqlanadi: 2 2 1 2 2 h h L Q BK . Bu yerda: B — suv oqimi kengligi; h 1 , h 2 — grunt suvining I,II kesimdagi sath balandligi; L — I,II kesimlar oralig‘idagi masofa; K — filtratsiya koeffitsiyenti. Tabiatda grunt suvlari har xil qiyalikda harakat qilishi mumkin. Bu grunt oqimining pastki suv o‘tkazmaydigan qatlamining yotish holatiga bog‘liq (19.4-rasm). Suv o‘tkazmaydigan qatlam qiya holatda bo‘lganda qo‘shimcha gorizontal yuza (0-0) olingan holda N. G. Kamenskiyning quyidagi formulasidan foydalaniladi: 1 2 1 2 ( ) ( ) 2 H H h h L Q BK . Oqim sarfini oqim kengligiga bo‘lish yo‘li bilan qiyosiy sarf qiymatini olish mumkin: Q B q . 2 4 5 Yuqorida keltirilgan oxirgi ikki formula mukammal gorizontal suv yig‘ish qurilmalariga keladigan suv oqimi sarfini hisoblashda ishlatiladi. Yer osti suvlari bosimli bo‘lgan holatlarda ularning oqim sarfini aniqlash ushbu formula yordamida amalga oshiriladi (Babushkin, Bindeman, 1962): 1 2 2 H H q K m . Formulada H 1 va H 2 — I, II kesimlar orasidagi yoki quduqlardagi gorizontal yuzadan hisoblangan pyezometrik bosim (sath), m — suvli qatlamning qalinligi. Ba’zan yer osti suvlarining tog‘ jinslari qatlamlari orqali oqishi va yer yuzasiga oqib chiqishi natijasida paydo bo‘lgan buloqlarning suv sarfi Q ni aniqlashga to‘g‘ri keladi. Bunda quyidagi oddiy formula qo‘llaniladi: V t Q . Bu yerda: V — ma’lum hajmga ega bo‘lgan idishga to‘ldirilgan suv miqdori; t — idishga suvni to‘ldirish uchun ketgan vaqt. Buning uchun buloq suvi oqib chiqish joyida kichik hovuz hosil qilinib, hovuzning bir tomoniga suv erkin oqib chiqishini ta’minlaydigan moslama (tarnov, quvur) o‘rnatiladi. Suv hovuzdan bir maromda oqib 19.4-rasm. Yer osti suvlarining suv o‘tkazmas qatlam gorizontal (a) va qiya (b) holatidagi oqim harakati (M.V.Sedenkodan) H 1 va H 2 — I va II kesimlar oralig‘idagi suv bosimi; l — I va II kesimlar orasidagi masofa; h 1 , h 2 — I va II kesimlar orasidagi yer osti suv ustuni; O-O — shartli qiyoslash gorizontal tekisligi. a b 2 4 6 19.5-rasm. Yer osti suvlari oqimining shakllari (V.P.Ananev, V.I.Korobkin bo‘yicha, Y.Erga- shevdan). 1 — tekis; 2 — radial yoyiluvchi; 3 — radial to‘planuvchan; 4 — egri chiziqli oqimlar. chiqqandan keyin o‘lchash ishlari boshlanadi. Buloqlar suv sarflarini o‘lchash usuli burg‘i quduqlaridan chiqarilayotgan suv sarflarini o‘lchash- da ham qo‘llaniladi. Bunda hajmi avvaldan aniq bo‘lgan maxsus idishlar ishlatiladi. Download 5.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling