Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari


YER OSTI SUVLARINING REJIMI


Download 5.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet176/211
Sana10.10.2023
Hajmi5.78 Mb.
#1697023
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   211
Bog'liq
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)

19.5.2. YER OSTI SUVLARINING REJIMI
Yer osti suvlarining rejimi deganda, ularning sath chuqurliklari
(19.12-rasm), harakati, kimyoviy va gaz tarkibi, sarfining ma’lum vaqt
mobaynida tabiiy va tabiiy bo‘lmagan omillar ta’sirida miqdoriy va sifat
jihatdan o‘zgarish qonuniyatlari tushuniladi.
Yer osti suvlarining rejimiga ta’sir etuvchi tabiiy omillar jumlasiga
quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:
1. Hududning geologik sharoiti (suvli qatlamlarning yotish holatlari,
litologik tarkibi, qalinligi va b.).


2 5 9
1
9
.1
2
-r
a
sm
. 
Y
e

o
st

su
v
la
ri
n
in
g
sa
th

b
a
la
n
d
li
k
la
ri
n

k
o
‘p
y
il
la

m
o
b
a
y
n
id
a
o
‘z
g
a
ri
b
t
u
ri
sh
in

k
o
‘r
sa
tu
v
c
h

c
h
iz
m
a
.
(G
‘.
O
.
M
a
v
lo
n
o
v

S
.Z
.
Z
o
x
id
o
v

M
.M
.
K
ri
lo
v
la
rd
a
n
).


2 6 0
2. Yer sathining geomorfologik tuzilishi (baland-pastligi, qiyaligi
va b.).
3. Tektonik sharoiti (yoriqlarning, uzilma, surilmalarning mavjud-
ligi, ularning o‘lchamlari va h.k.)
4. Iqlim sharoiti (atmosfera yog‘inlari, bosimi, havo harorati, namligi
va b.).
5. Yer usti suv havzalarining (daryolar, ko‘llar va b.) mavjudligi,
oraliq masofasi va b.
Yer osti suvlari rejimiga ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy bo‘lmagan omillarga
insonlarning injenerlik va xo‘jalik faoliyatlari bilan bog‘liq bo‘lgan
hamma omillar kiradi. Bular:
1. Suv omborlarining vujudga keltirilishi, daryolarning to‘silishi.
2. Kanallar qazilishi va ularga suv berilishi.
3. Ekin maydonlarini sug‘orish ishlari, sug‘orish rejimining buzilishi.
4. Yer osti tabiiy tuzilishini o‘zgartirilishi.
19.13-rasm. Toshkent shahrining maydonlaridagi mavjud grunt suvlarning ko‘p yillik
o‘zgarishining ko‘rinishi.
1 — Qoraqamish burg‘i qudug‘i ¹29 (mutlaq balandlik — 434,16 m); 2Bozsuv
burg‘i qudug‘i ¹1 (mutlaq balandlik — 475m); 3 — Furqat nomidagi bog‘dagi burg‘i
qudug‘i ¹14 (mutlaq balandlik — 434,24m); 4 — Samarqand DAN posti yaqinidagi
burg‘i qudug‘i ¹ 279 (mutlaq balandlik — 419,21m).


2 6 1
5. Yer osti suvlari harakat yo‘nalishi hisobga olinmasdan qurilgan
har qanday imorat va inshootlar.
6. Yer osti suvlari balansini, rejimini hisobga olinmagan holda ulardan
rejasiz ravishda foydalanish va b.
Tabiiy omillarning yer osti suvlari oqimiga uzoq geologik vaqtlar
davomida ta’sir etishi oqibatida ularning sathi, kimyoviy, gaz tarkibi va
sarfining o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlari qandaydir darajada doimiy
holatga kelib qolishi mumkin. Masalan, 1955—1960-yillarda respublika-
mizning ko‘p hududlarida, jumladan, Mirzacho‘l, Chirchiq-Ohangaron
daryolari oralig‘i va unga yaqin maydonlarda, Qarshi cho‘llarida va
boshqa ko‘p maydonlarda yer osti suvlarining tabiiy sath chuqurligi 20—
25 m dan pastda, minerallanish darajasi 0,5—1 g/l dan kam va ma’lum
tabiiy yo‘nalishdagi doimiy oqimga ega bo‘lgan. Lekin 60-yillarning
boshlarida boshlangan yangi yerlarni o‘zlashtirilishi, qator kanallarni
(Shimoliy Toshkent, Janubiy Mirzacho‘l va b.) qurilishi, sug‘orish
19.14-rasm. Toshkent metrosi «Buyuk ipak yo‘li», «Sobir Rahimov» yo‘nalishi
maydonidagi grunt suvlari sathi o‘zgarishining ko‘rinishi
1 — «Paxtakor» bekati (burg‘i quduq 1/1); 2 — «Xalqlar do‘stligi» bekati (burg‘i quduq
7/2); 3 — «Yoshlik» bekati (burg‘i quduq 1/6); 4 — «Hamza» bekati (burg‘i quduq
5/1); 5 — «Ulug‘bek» bekati (burg‘ quduq 2/2); 6 — «Chilonzor» bekati (burg‘i
quduq 4/2).


2 6 2
ishlarining rejasiz ravishda olib borilishi oqibatida keyingi 40—45 yillar
mobaynida yer osti suvlari tabiiy sathining ko‘tarilishi yuz berdi, ki-
myoviy tarkibida miqdoriy va sifat jihatdan o‘zgarishlar sodir bo‘ldi.
Yer osti suvining sathi tabiiy holatga nisbatan 5—10 metrga ko‘tarildi,
hatto ba’zi joylarda yer yuzasiga sizib chiqdi. Kimyoviy tarkibidagi tuz-
larning miqdori 1,5—2 g/l dan oshib ketdi. Natijada Mirzacho‘l yerla-
rining juda katta qismida zaxlash, ikkilamchi sho‘rlanish, botqoqlanish
jarayonlari vujudga keldi. Yer osti suvlari rejimining o‘zgarish holatlari
respublikamiz hududidagi shaharlar maydonlarida ham sodir bo‘ldi.
Jumladan, Toshkent shahri hududida 1966-yilgi Toshkent zilzilasidan
keyingi olib borilgan keng miqyosdagi qurilish ishlari jarayonida shahar
yer sath tuzilishida katta o‘zgarishlar sodir bo‘ldi, yer ustida mavjud
bo‘lgan irrigatsiya tarmoqlari yo‘nalishi o‘zgardi, tabiiy suv shoxob-
laridan anchagina qismi (Jangoh, Chorsu, Zax, Chuqur, Cho‘lponota
va b.) ko‘mib yuborildi, ba’zan yer osti suv oqim yo‘nalishining tabiiy
holatlari qandaydir darajada buzildi. Bular o‘z navbatida shahar may-
donidagi mavjud grunt suvlarining kimyoviy tarkibi o‘zgarishiga, suv
sathining ko‘tarilib ketishiga sababchi bo‘ldi (19.13; 19.14-rasmlar).
Hozirgi vaqtda shaharning juda katta qismida yer osti suvlari sathining
yiliga 0,45 mm tezlik bilan ko‘tarilib borayotganligi aniqlangan
(N. G. Mavlonov, I. A. Petruxina, 2000). Shuning uchun shaharda bun-
yod etilayotgan har qanday xalq xo‘jaligi imorat va inshootlarini (yirik
binolar, metro yo‘nalishlari, ko‘priklar va h.k.) rejalashda va qurishda
yer osti suvlari rejimiga e’tibor berilmog‘i kerakligini doimo nazarda
tutish lozim.

Download 5.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling