Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari


 QAZILMA KONLARINI SUV BOSISHIGA TA’SIR


Download 5.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet179/211
Sana10.10.2023
Hajmi5.78 Mb.
#1697023
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   211
Bog'liq
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)

20.1. QAZILMA KONLARINI SUV BOSISHIGA TA’SIR
ETUVCHI OMILLAR
Qazilma konlarida yuz beradigan suv bosish jarayoni tabiiy va
texnogen omillar ta’sirida vujudga keladi va rivojlanadi (20.1-jadval).
Konlarni qurish va o‘zlashtirish jarayonida yuqorida ko‘rsatilgan
omillarni nihoyatda sinchiklab o‘rganish, ularni ayrim holatda va birga-
likdagi ko‘rsatadigan ta’sir darajalarini aniqlash, konlarni suv bosishdan
saqlashda juda katta ahamiyatga ega. Chunki kon maydonida mavjud
bo‘lgan yer osti suvlari harakat yo‘nalishini, suv o‘tkazmas qatlamlarning
yotish holatini, qalinligini bilmaslik, shaxtalar, karyerlar qazish jarayo-
nida suvli qatlamlarga to‘g‘ri kelib qolish, ularni kesib o‘tish vaqtida
shaxtaga, karyer qirg‘oqlariga to‘satdan juda katta miqdordagi suvning


2 6 7
oqib kirishiga sababchi bo‘lish mumkin. Masalan, Blinovo-Kaminsk va
Kurgazak konlarini ishlatish jarayonida kon qurilish inshootlari majmua-
lariga soatiga 7000 m
3
, Cheremuxov boksit konini o‘zlashtirish vaqtida
12000—13000 m
3
, Mirgolim ruda konini ishlatish jarayonida hatto soatiga
50000 m
3
miqdoridagi suv oqib kirganligi ma’lum (I. I. Plotnikov, 1988).
20.1-jadval
KONLARNI SUV BOSISHIGA TA’SIR ETUVCHI
ENG ASOSIY OMILLAR
Tabiiy omillar 
Tabiiy bo‘lmagan — texnogen omillar 
1. Atmosfera yog‘inlari 
1. Kon maydoniga yaqin bo‘lgan suv 
omborlari, kanallar 
2. Kon maydonining relyef tuzilishi 
2. Kon maydonida mavjud bo‘lgan 
tashlandiq quduqlar, shaxtalar va h.k. 
3. Kon maydonining geologik, tektonik 
sharoiti 
3. Kon maydonida ishlovchi mexanizmlar 
4. Kon maydonidagi mavjud yer osti 
suvlari, ularning tarqalish, yotish holati 
4. Kon maydoni yer sath tuzilishining 
buzilishi 
5. Kon maydonidagi mavjud tabiiy yer usti 
suv manbalari (daryolar, ko‘llar va b.) 
5. Ekspluatatsiya jarayonida yer osti suv 
oqimi yo‘nalishiga bo‘lgan ta’sir 
6. Kon maydonidagi mavjud geologik 
jarayonlar (karst bo‘shliqlari, yoriqlar, 
ularning suvliligi) 
Shuningdek, kon maydonidagi mavjud tashlandiq quduqlarni, ular
kesib o‘tgan yer osti suv gorizontallarini hisobga olmaslik va shaxtalar
qazish jarayonida ana shu quduqlarga ro‘para kelib qolish shaxtaga
birdaniga yer osti suv gorizontallaridan suv oqib kirishiga olib kelishi
ham mumkin.
Konlar o‘z maydonining suvliligi yoki yer osti suviga serobligi bilan
bir-birlaridan ajralib turadi. Shuning uchun amaliyotda konlarning
suvliligini baholashda «Konlarning suvlilik koeffitsiyenti» qo‘llaniladi. U
quyidagi formula orqali xarakterlanadi (20.2-jadval):

s
qb
s
Q
Q
K
,
bu yerda: K
s
— konlarning suvlilik koeffitsiyenti;
Q
s
— kon maydonidan nasoslar orqali yer sathiga so‘rib
chiqarib turiladigan suv miqdori, m
3
;
Q
qb
— kon maydonidan ma’lum vaqt mobaynida (bir yilda)
qazib chiqarilayotgan qazilma boylik miqdori, tonna.
Demak, konlarning suvlilik koeffitsiyenti deganda, ma’lum vaqt
davomida (yil) kon maydonidan nasoslar orqali yer yuzasiga so‘rib
chiqarilgan suv miqdorining, shu vaqt mobaynida kondan qazib olin-


2 6 8
gan qazilma boyliklar miqdoriga bo‘lgan nisbati tushuniladi. Bu nisbat
qancha katta bo‘lsa, qazib olinayotgan boylik qiymati ham shuncha
katta bo‘ladi.
20.2-jadval

Download 5.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling