Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari


DUNYONING BA’ZI HUDUDLARIDAGI MAVJUD KON


Download 5.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet180/211
Sana10.10.2023
Hajmi5.78 Mb.
#1697023
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   211
Bog'liq
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)

DUNYONING BA’ZI HUDUDLARIDAGI MAVJUD KON
MAYDONLARINING SUVLILIK KOEFFITSIYENTI
(G. V. Bogomolov ma’lumotlari bo‘yicha)
Suvlilik koeffitsienti 
Kon joylashgan hududlar 
O‘rtacha 
Maksimal 
Donesk ko‘mir havzasi (Rossiya) 


Shimoliy Ural yarim metall konlari (Rossiya) 
100 
300 
Hindiston markaziy qismidagi ko‘mir konlari 

3,5 
Rur ko‘mir konlari (Germaniya) 

5,5 
Uels ko‘mir konlari (Angliya) 
2,5 
4,5 
Vengriyaning ko‘mir koni rayonlari 
2,0 
4,0 
20.2. QAZILMA BOYLIK KONLARINING GIDROGEOLOGIK
KLASSIFIKATSIYALARI
Qazilma konlarining gidrgeologik klassifikatsiyalari asosini konlardagi
mavjud tog‘ jins qatlamlari, ularning tarkibi, yotish holatlari, suvlilik
yoki suvga seroblik darajalari tashkil etadi.
Eng dastlabki umumiy klassifikatsiya 1940-yilda D. I. Sheglov tomo-
nidan tuzilgan bo‘lib, unda suvlilik darajalariga qarab hamma konlar
uch guruhga ajratiladi: 1) bo‘sh qum-gilli jinslardagi konlar; 2) seryoriq
qoya tog‘ jinslaridagi konlar; 3) karst bo‘shliqlariga boy bo‘lgan
jinslardagi konlar.
Keyinchalik (1969) V. D. Babushkin, S. P. Proxorov va b. tomoni-
dan qazilma boylik konlarining yangi gidrogeologik klassifikatsiyasi ishlab
chiqiladi. Bu klassifikatsiyada ular asosan qazilma konlarining tashkil
etuvchi tog‘ jins qatlamlarini yotish holatlarini hisobga olishdi va ma’lum
klasslarga bo‘lishdi: I klass — gorizontal holatda yotgan tog‘ jins
qatlamlaridagi konlar; II klass — qiya, monoklinal holatda yotgan tog‘
jins qatlamlaridagi konlar; III klass — mulda
1
holatidagi tog‘ jinslari
qatlamlaridagi konlar. Har bir klass o‘z navbatida, kon geologik
kesmasida uchrovchi yer osti suvlari gorizontlari soniga, ularning bir-
biriga ko‘rsatadigan ta’sir darajalariga qarab yanada mayda (guruh va
h.k) taksanomik birliklarga ajratiladi. Shuningdek, ular tog‘ inshootlariga
(shaxtalar, burg‘i quduqlar, shurflar va b.) oqib kirishi mumkin bo‘lgan
suv miqdorini hisoblash usullarini ham keltirishadi.

Maydoni 20—200 km
2
bo‘lgan yassi yoki doirasimon egilma.


2 6 9
Konlarning gidrogeologik klassifikatsiyasini tuzishda asosiy e’tibor
tog‘ jinslarining yotish holatlariga berilganligining boisi shundan iboratki,
konlarga oqib keluvchi yer osti suvlarining miqdori uning yillik rejimi
eng avvalo, suvli qatlamning hamda suvni to‘suvchi, ya’ni suv o‘tkazmas
qatlamlarining yotish holatlariga bog‘liq. Jumladan, qatlamlarning
gorizontal holatda yotishi, yer osti suvlari rejimini fasllar mobaynida
o‘zgarishi qiymatiga hamda oqib kelayotgan suv miqdorining yuqori
darajada oshishiga ta’sir etadi. Bunda oqib kelayotgan suv miqdori faqat
20—25 % ga oshishi mumkin. Qatlamlarning qiyaliligi oshishi bilan yer
osti suv rejimiga fasllar bo‘ylab nihoyatda tez o‘zgarishiga, oqib
kelayotgan suv miqdorining 50—100 % dan ham oshib ketishiga olib
kelishi mumkin. Kon maydonida seryoriq, karst bo‘shliqlari bo‘lgan
jinslarning bo‘lishi ham yer osti suvlari rejimini o‘zgarishiga, oqib ke-
layotgan suv miqdorining ba’zan 300—400 % ga oshib ketishiga sabab-
chi bo‘lishi ham mumkin (A. I. Kravsov, A. A. Trofimov, 1977).
Demak, qazilma konlarining gidrogeologik klassifikatsiyasi deganda,
kon maydonining gidrogeologik va injener-geologik sharoitini tashkil
qiluvchi komponentlarning (tog‘ jins qatlamlarining suvliligi, yotish hola-
ti, litologik tarkibi, yoriqlarning ko‘p-ozligi xossa va xususiyatlari va
h.k.) bir-biriga yaqinligiga, o‘xshashligiga qarab ma’lum guruhlarga
birlashtirish va ajratish tushuniladi.

Download 5.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling