Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari
YER OSTI SUVLARI OQIMINING HARAKAT TEZLIGINI
Download 5.78 Mb. Pdf ko'rish
|
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 19.3.3. YER OSTI SUVLARI OQIM TEZLIGINI ELEKTROKIMYOVIY USUL YORDAMIDA ANIQLASH
- 19.4. SUV CHIQARISH INSHOOTLARIGA YER OSTI SUVLARINING OQIB KELISH QONUNIYATLARI
YER OSTI SUVLARI OQIMINING HARAKAT TEZLIGINI
ANIQLASH MAQSADIDA ISHLATILADIGAN KIMYOVIY INDIKATORLARNING KERAKLI MIQDORI (V. D. Babushkindan) Indikatorlar Miqdori, kg Asosiy (markaziy) va kuzatish burg‘i quduqlari oralig‘i masofasi, m Natriy xlor 10—15 5—7 Natriy xlor 5—10 3—5 Ammoniy xlor 3—5 2—5 Litiy xlor 0,010—0,015 2—5 19.3.3. YER OSTI SUVLARI OQIM TEZLIGINI ELEKTROKIMYOVIY USUL YORDAMIDA ANIQLASH Elektrokimyoviy usul, yer osti suvlari oqimiga elektrolitlar (ammoniy xlor, natriy xlor tuzlari) ta’sir etdirish yo‘li bilan suvning elektr o‘tkazuv- chanligi o‘zgarishi holatlariga asoslangan. Elektrolitlar harakati va suv oqimining elektr tokini o‘tkazishini maxsus qurilmalar yordamida amalga oshiriladi (19.7-rasm). Bu usul avvalgi ikki usuldan oddiyligi va markaziy quduq bilan kuzatish quduqlari orasidagi suv oqim qarshiligini doimiy ravishda uzluksiz kuzatish va milliamperlarda aniqlash imkoniyatini be- radi. Tok kuchining oshishi suvning minerallashish darajasi oshishiga, suv oqimi elektr o‘tkazuvchanligining kamayishiga olib kelishini ko‘rsa- tadi. Bu usul asosan kam minerallashgan suvlar uchun qo‘llaniladi. Na- tijalarni qayta ishlash yuqoridagi usullardagi kabi olib boriladi. Chiz- mada elektr tok kuchining o‘zgarishi ordinatalar, vaqt abssissalar o‘qida ko‘rsatiladi. 2 5 0 Shuningdek, hozirgi vaqtda yer osti suvlari oqim tezligini aniqlashning geofizik, radioizotop usullari ham mavjud. Radioizotop usuli amaliyotda kam ishlatilsa-da, geofizik usul o‘zining nihoyatda keng qo‘llanilishi bilan ajralib turadi. 19.4. SUV CHIQARISH INSHOOTLARIGA YER OSTI SUVLARINING OQIB KELISH QONUNIYATLARI Yer betiga yer osti suvlarini chiqarishda ishlatiladigan hamma insho- otlarni suv chiqarish inshootlari deb ataladi. Suv chiqarish inshootlari yer osti suvlarining turlarini, oqish chuqurligini, harakat tezligini, oqib kelish holatlarini hisobga olgan holda vertikal (burg‘i quduqlari, shurflar) va gorizontal (zovur, ariqcha, transheyalar, buloqlar oqib chiqish joylariga quriladigan hovuzlar va b.) qurilmalarga bo‘linadi. Burg‘i quduqlari va shurflar orqali suv chiqarish hamda chiqarila- yotgan suvning miqdori, bu inshootlarning suvli tog‘ jins qatlamini bu- tunlay kesib o‘tib, suv o‘tkazmaydigan qatlamga yetganligiga va yetma- ganligiga bog‘liq. Ular bu holatlariga qarab mukammal bo‘lgan va mu- kammal bo‘lmagan quduq, shurflarga bo‘linadi. Mukammal quduqlar 19.7-rasm. Yer osti suvlari oqim harakati tezligini elektrokimyoviy usul yordamida aniqlash qurilmasining sxemasi (V.D.Babushkan va M.V.Sedenkodan): 1 — reostat; 2 — tok man- bayi; 3 — milliampermetr; 4 — kuzatish qudug‘i; 5 — asosiy tuz eritmasini quyish qudug‘i. 2 5 1 va shurflar suvli qatlamni butunlay kesib o‘tgan, suv o‘tkazmaydigan qatlamgacha yetganligi (taqalganligi) bilan, mukammal bo‘lmagan qu- duqlar va shurflar esa suvli qalamni butunlay kesib o‘tmagan, uni faqat bir qismini egallaganligi bilan bir-birlaridan farqlanadi (19.8-rasm). Suv chiqarish inshootlaridan suvni chiqarish maxsus nasoslar, erliftlar yor- damida amalga oshiriladi. Buning uchun quduq ichiga quvur va maxsus filtrlar o‘rnatiladi. Filtrlar quduqning diametriga, suvli qatlamni tashkil etuvchi tog‘ jinslarining litologik tuzi- lishiga, zarralar o‘lchamining yirikli- giga, suvning bosimli yoki bosimsiz- ligiga qarab har xil bo‘lib, teshiklar yumaloq, yoriq-parallelepiped shakl- laridan iborat bo‘ladi (19.9-rasm). Asoslari yog‘ochdan, keramikadan, plastmassadan, metalldan va b. yasa- ladi. Nasoslar yordamida mukammal quduqlardan yer osti suvlarining so‘- rib chiqarish jarayonida quduqlarni tomonlari bo‘ylab yer osti suvining tabiiy sathi (H) pasaya boradi. Bu pasayish quduq joylashgan joydan boshlab R radius kengligida sekin-asta qonuniy ravishda h, h 1 , h 2 qatlamlari Download 5.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling