Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari


 YER OSTI SUVLARI OQIMINING HARAKAT


Download 5.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet169/211
Sana10.10.2023
Hajmi5.78 Mb.
#1697023
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   211
Bog'liq
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)

19.3. YER OSTI SUVLARI OQIMINING HARAKAT
YO‘NALISHI VA TEZLIGINI ANIQLASH USULLARI
Yer osti suvlari oqimi o‘zining vujudga kelish, harakat qilish, sarf-
lanish maydonidagi mavjud tog‘ jinslarining genetik turlariga, tarkibiga,
qalinligiga, suv o‘tkazmaydigan qatlamlarga nisbatan suvli qatlamlarning
yotish holatiga, yer yuzasiga nisbatan yaqin yoki chuqurda oqishiga
hamda tektonik sharoitining murakkabligiga qarab tekis, radial (to‘planib
va yoyilib oquvchan) va egri chiziqli ko‘rinishda bo‘ladi (19.5-rasm).
Ana shu yuqorida keltirilgan omillarning ta’sir darajasiga qarab doimo
o‘z oqim holatini bir ko‘rinishdan ikkinchi ko‘rinishga o‘zgartira boradi.
Masalan, karst va yoriq suvlari harakat qiluvchi tog‘ jinslari yoriqlari-
ni, karst bo‘shliqlarini kengayishi va torayishi bilan suvning yig‘ilib yoki
yoyilib oqish holati sodir bo‘ladi.
Yer osti suvlarining oqim yo‘nalishini gidroizogips va gidroizopez
xaritalari yordamida aniqlash usullari to‘g‘risidagi ma’lumot grunt va
artezian suvlari boblarida berilganligini hisobga olib, biz bu yerda yer
osti grunt suvlarining haqiqiy
harakat tezligini aniqlash
to‘g‘risida so‘z yuritamiz.
Yer osti grunt suvlarining
haqiqiy tezligini aniqlash aso-
san dala sharoitida kalori-
metrik, kimyoviy va elektro-
kimyoviy usullar yordamida
amalga oshiriladi. Buning
uchun, eng avvalo, grunt suv-
la rin in g hara kat te zligini
aniqlash lozim bo‘lgan may-
donda tarqalgan tog‘ jinslari
qatlamlarining yotish holat-
larini, qalinligini, litologik
tuzilishini, suv sathi chuqur-
ligini aniqlash maqsadida bir
nechta burg‘i quduqlari yoki
shurflar qaziladi. Olingan
ma’lumotlarni tahlil qilinishi
a so sid a su vn in g ha r a ka t


2 4 7
yo‘nalishi aniqlanadi. Ana shu yo‘nalish bo‘yicha joylashgan burg‘i
quduqlari, shurflar ajratib olinadi. Ulardan biri, ya’ni suv sath chuqir-
ligi yer yuzasiga yaqini, asosiy deb olinib, indikator yuborish uchun,
qolganlari kuzatish maqsadlari uchun qo‘llaniladi.

Download 5.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling