Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari
YER OSTI SUVLARI OQIM TEZLIGINI KALORIMETRIK
Download 5.78 Mb. Pdf ko'rish
|
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)
19.3.1. YER OSTI SUVLARI OQIM TEZLIGINI KALORIMETRIK
USUL YORDAMIDA ANIQLASH Bu usul ma’lum miqdordagi rangli bo‘yoq moddasini (indikatorni) asosiy quduqdagi suv oqimi orqali oqizilib, ma’lum vaqt o‘tgandan keyin kuzatish quduqlaridagi suv rangi o‘zgarganlik darajalari bilan qiyoslashga asoslangan (A. D. Babushkin, 1962, Sedenko, 1979). Ishqoriy suvlar uchun — fluoressein, eozin, eritrozin, qizil kongo, fluorotren; nordon suvlar uchun metilen sinkasi, havorang anilin, qizil konga va neytral suvlar uchun yuqorida ko‘rsatilgan hamma bo‘yoq moddalari ishlatiladi (19.2-jadval). Rangli indikatorlarni tayyorlash bo‘yoqlarni ishqoriy (nashatir spirti) yoki kuchsiz kislotalar (sirka kislotasi) yordamida eritish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Tajriba quyidagi tartibda olib boriladi. 1. Asosiy va kuzatish quduqlaridan suv namunalarini indikatorlar ta’sir ettirilgunga qadar olish. 2. Olingan namunani fluoroskop asbobidagi mavjud standartlardagi suv namunasi bilan solishtirib, o‘rganilayotgan suvning tabiiy holatdagi rangi to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lish. 3. Asosiy quduqqa tayyorlangan indikatorni quyish va quyilgan vaqtni belgilash. 4. Kuzatish quduqlaridan avvaliga har 2—5 soatda, keyin har 15— 20 minutda maxsus naychalarga suv namunalaridan olib, fluoroskop asbobi orqali suv rangini o‘zgara borishini kuzatib borish. 5. Kuzatish natijalarini maxsus kitobga yozib borish. 6. Kuzatish asosida suv rangining eng ko‘p o‘zgargan (t II 2 ) va o‘zga- rish boshlanishi holatiga to‘g‘ri kelgan vaqt (t 2 1 ) topiladi. So‘ngra aso- siy quduq bilan kuzatish qudug‘i orasidagi masofa l olinib, rangi eng ko‘p o‘zgargan quduqdan suv olingan holatiga to‘g‘ri kelgan vaqtga (t II 2 ) bo‘linadi va yer osti suvining o‘rtacha haqiqiy tezligi U topiladi: 2 II l t U . Yer osti suvining haqiqiy tezligi U ni va asosiy quduq bilan, kuzatish qudug‘i orasidagi gidravlik qiyalikni J ni hisobga olib, filtratsiya tezligi V ni hamda V = Un ekanligini hisobga olib, filtratsiya koeffitsiyenti K f topiladi: f V Un J J K . 7. Olingan hamma natijalar asosida yakuniy xulosalar chiqariladi. 2 4 8 19.6-rasm. Yer osti suvlari oqimi harakati jarayonida xlor ioni konsentratsiyasining o‘zgarishi (M.V.Sedenkodan, 1979). t 1 — asosiy quduqqa tuz eritmasi yoki tuz solinishi vaqti; t I 2 — kuzatish quduqlaridagi yer osti suvi tarkibida xlor ioni konsentratsiyasi o‘zgarishi boshlanganligi holatiga to‘g‘ri kelgan vaqt; t II 2 — suvdagi xlor ioni konsen- tratsiyasi maksimal holatiga to‘g‘ri kelgan vaqt. 19.2-jadval Download 5.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling