Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari
Takrorlash va tekshirish uchun savollar
Download 5.78 Mb. Pdf ko'rish
|
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)
- Bu sahifa navigatsiya:
- MINERAL, TERMAL VA SANOAT AHAMIYATIGA EGA BO‘LGAN YER OSTI SUVLARI
- 18.1. MINERAL SUVLAR
Takrorlash va tekshirish uchun savollar
1. Muzlagan tog‘ jinslari qatlamlarida uchrovchi yer osti suvlari to‘g‘risida gapirib bering. Ular qanday guruhlarga bo‘linadi? 2. Muzlagan qatlam usti, muzlagan qatlamlararo, muzlagan qatlam osti suvlarining bir-birlaridan farqlanish omillari to‘g‘risida gapiring. Ular qaysilar? 3. Doimiy va ko‘p yillik muzliklar hududlaridagi buloqlar qanday paydo bo‘ladi? Ularning turlari to‘g‘risida gapirib bering. 18-BOB MINERAL, TERMAL VA SANOAT AHAMIYATIGA EGA BO‘LGAN YER OSTI SUVLARI Yer osti suvlari xalq xo‘jaligining deyarli hamma sohalarida (qish- loq xo‘jaligida, sanoatda, meditsinada va b.) ishlatiladigan birdan bir arzon tabiiy xomashyo bo‘lib hisoblanadi. Lekin o‘z tarkibi, xossa va xususiyatlariga ko‘ra iste’mol qilish maqsadlari uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri keng miqyosda qo‘llanilishi va ma’lum sohalar uchun (qishloq xo‘jaligi- da — ekinlarni sug‘orish, meditsinada — odamlarni davolash, sanoat va boshqa sohalar uchun zarur bo‘lgan moddalarni ajratib olish va h.k.) aniq yo‘naltirilgan holda ishlatilishi lozimligi aniqlangan. Chunki iste’- mol qilish maqsadlari uchun ishlatiladigan suvlardagi mineral tuzlar- ning umumiy miqdori har litriga 100 mg dan oshmasligi, sug‘orish maq- sadlari uchun ishlatiladigan suvlarda litriga 5 grammdan oshmasligi, sanoatda bug‘ qozonlarida ishlatiladigan suvlarning har bir litriga 300 mg dan oshmasligi, shuningdek, meditsinada ma’lum kasalliklarni (ichak- 2 3 4 oshqozon, buyrak, revmatizm va b.) davolashda ishlatiladigan mineral suvlarning turiga qarab, ishlatish me’yorlari ko‘rsatilgan va ishlab chi- qilgan. Bajariladigan hamma ishlar ana shu me’yorlar asosida amalga oshiriladi. 18.1. MINERAL SUVLAR O‘z tarkibida ma’lum darajada mineral tuzlari bo‘lgan, o‘ziga xos xossa va xususiyatlarga, harakatga ega bo‘lgan, kishi tanasiga va ichki organlariga u yoki bu darajada fiziologik ta’sir ko‘rsatuvchi yer osti suvlari mineral suvlar deb ataladi. Mineral suvlar tarkibida temir, brom, yod, litiy, oltingugurt, radioaktiv va boshqa elementlar bo‘lib, ana shu elementlarni ko‘p-ozligiga qarab, ularning shifobaxshligi belgilanadi. Yer osti suvlarining, jumladan, mineral suvlarning tarkibi, xossa va xusu- siyatlari vujudga kelishida va o‘zgarishida eng asosiy omillar bo‘lib quyidagilar hisoblanadi (V. A. Berejnoy, A. A. Shebest; 1991): 1. Yer osti suvlari harakat qiluvchi tog‘ jinslarining (xloridlar va sulfatlar guruhidagi) mineral tarkibi. Bunda eng asosiy ta’sirni organik tarkibli jinslar (ko‘mir, yonuvchi slanets, neft, bitumlar va b.) ko‘rsatadi. 2. Atmosfera yog‘ini bo‘lib, tog‘ jinslari qatlmalariga sizib kirishi jarayonida, o‘zi bilan birga juda ko‘p komponentlarni, jumladan, kislorodni, azotni, karbonat angidrid gazini yer osti suvlarida oqimiga olib kelib qo‘shadi. Bu komponentlar o‘z navbatida yer osti suvlari kimyoviy tarkibining vujudga kelishida katta ahamiyatga ega. 3. Dengiz va okean tubiga bir vaqtlar yotqazilgan tog‘ jinslari tarkibidagi mavjud suvlarni keyingi geologik davrlar mobaynida yuqori bosim ostida siqilishi oqibatida yer osti suv gorizontallarining vujudga kelishi sharoiti. Bu suvlar sedimentatsion suv nomi bilan atalib, o‘z tarkibi bo‘yicha ana shu tog‘ jinslar yotqizilishi davridagi suv havzasi suv tarkibi bilan bog‘liq holda vujudga keladi. Lekin bunday paleosuv havzalari bilan bog‘liq bo‘lgan yer osti suvlarining tarkibi, ularning yotish chuqurligining oshishi jarayonida u yoki bu darajada o‘zgargan, ba’zan nihoyatda minerallashgan bo‘ladi. 4. Hozirgi zamon vulqon harakatlari va tektonik aktivlik, yer osti suvlari mineral tarkibining o‘zgarishida, yangi kimyoviy elementlar bilan boyishda katta ahamiyatga ega. Vulqonlar otilib chiqish jarayonida, yer osti magma o‘chog‘idan katta miqdordagi vodorod, oltingugurt, sulfat kislotasi, suv bug‘lari, karbonat angidrid gazi va boshqa elementlar olib chiqilib yer osti suvlariga qo‘shiladi. Mavjud yer osti suvlarining mineral tarkibi butunlay o‘zgargan, harorati nihoyatda ko‘tarilgan bo‘lib, butunlay yangi tarkibdagi, yangi xossa va xususiyatga ega bo‘lgan yer osti suvi vujudga keladi. Bunday suvlarni fanda — porogidroterm suvlar deb yuritiladi. 2 3 5 5. Yer osti suvlarining mineral tarkibi o‘zgarishida odamlarning xo‘jalik va injenerlik, ya’ni texnogen faoliyatlari ham ma’lum darajada o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Ba’zan yer osti suvlaridan foydalanish jarayonida yerning pastki qatlamlaridan yer yuzasiga yer osti suvi bilan birga chiqariladigan erigan moddalar miqdoridan, yer osti qatlamlariga u yoki bu yo‘llar bilan o‘tkaziladigan moddalar miqdorining nihoyatda ko‘p bo‘lish holatlari ham kuzatiladi. Jumladan, F. I. Tyutyunovaning ma’lu- motiga ko‘ra yer qobig‘ining 300 m li zonasidan 1980-yili yer osti suvlari orqali chiqarib olingan moddalarga qaraganda odamlarning xo‘jalik faoliyatlari natijasida 1,4 mlrd tonna har xil erigan moddalar bilan boyi- tilgani, 2000-yilga kelib esa bu qiymat 2,5 mlrd tonnaga yetishi ta’kid- lanadi (1987). Shuningdek, yer osti suvlarining sathlari ko‘tarilishi oqiba- tida yer yuza qatlamlarining zaxlashi, botqoqlanish jarayonlari vujudga kelmoqda. Bir vaqtlar tarkibida nihoyatda kam miqdorda mineral tuzlari bo‘lgan tuproq qatlamlarining sho‘rlangan, o‘ta sho‘rlangan tuproqqa aylanish holatlari kuzatilmoqda. Yer qa’ridagi mineral suvlardan rejasiz foydalanish natijasida ularning zaxirasi nihoyatda tezlik bilan kamayib bormoqda. Mineral suvlar ularning tarkibidagi kimyoviy komponentlar turiga, miqdoriga, shifobaxshligiga, sifatiga qarab: karbonat angidridli, oltingugurtli, yodli, bromli, temirli, radioaktivli va b. xillarga bo‘linadi. Respublikamiz hududida vodorod sulfidli, yodli, radonli, kam mine- rallashgan ishqoriy, termomineralli yer osti suvlari mavjud. Download 5.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling