Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari
Download 5.78 Mb. Pdf ko'rish
|
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)
16.2. YORIQ SUVLAR
Yer osti yoriq suvlari magmatik (granit, granodiorit, porfirlar, dioritlar va b.), metamorfik (gil slaneslari, argillitlar, marmarlar va b.), cho‘kindi (ohaktoshlar, qumtoshlar, dolomitlar va b.) qoya tog‘ jinslari bilan, ulardagi mavjud yoriqlar bilan bog‘liq holda paydo bo‘ladi. Ma’lumki, 2 2 8 yuqoridagi guruhga kiruvchi qoya tog‘ jinslari tabiiy tarqalish sharoitiga, yer sathiga nisbatan yotish chuqirligiga qarab, ana shu jinslar tarqalgan hududning o‘tgan va hozirgi zamondagi tektonik sharoitiga qarab, o‘zla- rining tabiiy holatini turlicha darajada saqlagan bo‘ladi. Boshqacha qilib aytganda, u yoki bu darajada nurash jarayoniga uchragan har xil o‘lcham- dagi yoriqlar hosil qilgan bo‘ladi. Ana shu yoriqlarga atmosfera yog‘ini- ning, yer usti suv oqimlarining sizib kirishi oqibatida vujudga kelgan suvlarni gidrogeologiya fanida yer osti yoriq suvlari deb ataladi. Yer osti yoriq suvlari tog‘ jinslaridagi mavjud yoriqlarning xillariga qarab litologik yoriq suvlarga, qatlamlararo yoriq suvlarga va nihoyat tekto- nik yoriq suvlariga bo‘linadi. Litologik yoriq suvlar qoya tog‘ jinslarining nurash jarayoni ta’sir etgan zonasida uchrab, oqish chuqurligi 100—200 m ga boradi va qatlamlar orasidagi tog‘ jinslari nurash jarayoniga uchraganlik daraja- siga, yotish holatiga qarab ma’lum yo‘nalishda bo‘ladi (16.2-rasm). Qatlamlararo yoriq suvlar, o‘zidan deyarli suv o‘tkazmaydigan (gil jinslari, argillit va b.) jinslar oralig‘ida uchrovchi ohaktoshlar, qumtosh- larning yoriqlarida vujudga keladi. Tektonik yoriq suvlar qoya tog‘ jinslari qatlamlarini qirqib o‘tuvchi yoinki ulardagi mavjud tektonik yoriqlarda vujudga keladi va harakat qiladi. Bu suvlarning uchrash chuqurligi tektonik yoriqlar chuqurligiga bog‘liq bo‘lib, litologik va qatlamlararo yoriq suvlardan ancha chuqur- likda, bazan bir necha yuz, bir necha minglab metrda uchrashi mumkin. 16.2-rasm. Qatlamlararo yoriq suvlarning vujudga kelish va harakat qilish sxemasi. 1 — suv o‘tkazmaydigan qatlamlar; 2 — nurash jarayoniga uchragan qoya ohaktoshlar, yoriq suvlar vujudga kelish zonasi; 3 — qatlamlararo yoriq suv sathi; 4 — Qatlamlararo yoriq suvining harakat yo‘nalishi; 5 — qoya ohaktosh qatlamining nurash jarayoniga nisbatan uchramagan qismi. 2 2 9 Qatlamlararo va tektonik yoriq suvlar o‘zlarining paydo bo‘lish, tarqalish va yotish holatlariga qarab, bosimli va yuqori haroratga (50— 100°C) ega ham bo‘lishi mumkin. Bu suvlar mamlakatimizning va Yer sharining hamma tog‘li hududlarida uchraydi. Yoriq suvlar tarkibi jihatidan kam minerallashgan (litriga 0,5 gramm- dan kam) bo‘lib, yer usti suv oqimining vujudga kelishida juda katta ahamiyatga ega. Download 5.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling