Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari
Buloqlar qanday paydo bo‘ladi? Ular paydo bo‘lishiga qarab qanday guruh- larga bo‘linadi? 5
Download 5.78 Mb. Pdf ko'rish
|
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)
- Bu sahifa navigatsiya:
- KARST VA YORIQ SUVLAR 16.1. KARST YER OSTI SUVLARI
4. Buloqlar qanday paydo bo‘ladi? Ular paydo bo‘lishiga qarab qanday guruh-
larga bo‘linadi? 5. Pastga oquvchi va pastdan yuqoriga otilib chiquvchi buloqlar to‘g‘risida tushuncha bering. 6. Dunyodagi eng yirik buloqlar qaysi davlatlar hududlarida joylashgan? Ularning debitlari, harorati to‘g‘risida gapirib bering. 7. Buloqlar qanday belgilariga qarab klassifikatsiyalanadi? Texnogen buloqlar qanday paydo bo‘ladi? Ularning oqimi vaqtinchaligiga ta’sir etuvchi sabablar nimalardan iborat? 16-BOB KARST VA YORIQ SUVLAR 16.1. KARST YER OSTI SUVLARI Karst suvlari, asosan, turli yoshdagi ohaktoshlar, dolomit, gips, osh tuzi, ba’zan gil jinslari qatlamlarida tektonik ko‘tarilishlar, daryo o‘zani- ning mutlaq va nisbiy balandliklari o‘zgarishi, atmosfera yog‘inining ta’siri ostida vujudga keladigan karst bo‘shliqlari (g‘orlar, kovaklar, yer osti kanallari va b.) faoliyati bilan bog‘liq holda paydo bo‘ladi (16.1- 16.1-rasm. Yer osti karst suvlarining vujudga kelish va harakat qilish sxemasi (M.E. Altovskiy bo‘yicha). 2 2 7 rasm). Ana shu karst bo‘shliqlari bo‘ylab harakat qiladigan yer osti suvlarini karst suvlari deb ataladi. Karst suvlarining mavjudligi va o‘zi- ning uzunligi bilan dunyodagi eng mashhur g‘orlar guruhiga AQSH dagi Mamont (uzunligi 160 km), Selitrali Indiana shtati (uzunligi 107 m, balandligi 75 m) va Shveysariyadagi Xellox g‘orlarini ko‘rsatish mum- kin. Shuningdek karst bo‘shliqlari Avstraliyada, Rossida, Fransiyada, Italiyada, Ukrainada, Shimoliy Afrikada, Gretsiyada va b. mamlakat- larda mavjud. Respublikamizda karst bo‘shliqlari va karst suvlari Xisor tizmasining Kuxitang tog‘ tarmog‘ida («Qorluq», Turkmaniston chega- rasida), Boysun tizma tog‘larida (Teshiktosh), Qoratepa tog‘ining g‘ar- biy qismida (Sovuqbuloq), Samarqand viloyati Urgut tumanining g‘arbiy qismida (Qirqtog‘), Surxondaryo viloyati Sho‘rob qishlog‘ining janubi- da (Suvsiztog‘), Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida (Xo‘jikent, Ko‘lota va b.) mavjud. Karst suvlarining yer yuzasiga nisbatan chuqurligi asosan 150—500 m, ba’zan 800—1000 m ga yetishi ham mumkin. Karst bo‘shliqlari bo‘ylab oquvchi karst suvlarining oqish chuqurligi, daryo o‘zani sathining mutlaq yoki nisbiy balandligi tomon o‘zgaraboradi. Shuning uchun daryolarning ikki qanoti maydonida turlicha balandlik- dagi, turlicha kenglikdagi va turlicha sarfga ega bo‘lgan karst buloqlari kuzatiladi. Bu holat ana shu hududda yuz bergan o‘tgan va hozirgi zamon tektonik harakatlarining tezligi bilan bog‘liq holda sodir bo‘ladi. Yer osti suvlari sarfining doimiyligi ko‘p holatlarda yer osti karst suvlarining sarfiga bog‘liq. Buloqlar ko‘rinishdagi yer osti suvlarining sarfi sekundiga 35—40 m 3 beradi. Shunday buloqlar qatoriga Italiyadagi Stella va Friuli buloqlarini kiritish mumkin. Karst buloqlaridan chiquvchi yer osti suvlarining bunday yuqori sarfi ulardan energetik maqsadlari uchun ishlatish imkoniyatini beradi. Fransiyaning janubidagi «Voklyuz» va Jazoir qator buloqlar ana shular jumlasiga kiradi. Shu bilan birga tabiatda daryo suvlarining bir qismi ba’zida butun bir daryo oqimi karst bo‘shliqlari, karst voronkalari orqali yer ostiga singib, yer osti suv oqimini hosil qilishi ham mumkin. Masalan, Boshqirdiston hududida oquvchi Yamanelga daryosi ohaktoshlardagi mavjud karst kanallari orqali 40 km masofa bo‘ylab yer ostida oqadi. Shuningdek, Uraldagi (Rossiya) Kizel, Kosva daryolari o‘z suv oqimlarini ohaktoshlar tarqalgan hududlarda sekundiga 0,5 dan 3,4 m 3 gacha bo‘lgan qismini yer ostiga singdirib yuboradi. Bunday holatlarni mamlakatimizdagi mavjud Pskom, Chotqol daryolari vodiylarida ham uchratish mumkin. Download 5.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling