13 - MA’RUZA
TOKARLIK-VINTQIRQISH STANOKLARI STRUKTURASI VA KINEMATIKASI
Reja:
- Aylana turdagi detallarga ishlov berish usullari.
- Tokarlik stanoklarining turlari.
- Tokarlik-vintqirqish stanoklarining kinematik strukturasi.
- Tokarlik vintqirqish stanoklarini kinematik sozlash.
- RDB tokarlik stanoklari.
Tayanch so‘z va iboralar: aylana turdagi detallar, tokarlik dastgohlari, keskich, shakldor yuzalarga ishlov berish sxemasi, zagotovka, shakl yasash jarayoni, asosiy harakat, surish harakati, yordamchi harakat, kinematik sozlash.
- Aylana turdagi detal yuzalarigalarga ishlov berish usullari
Tokarlik dastgohlarida sirtlarning hosil qiluvchi chiziqlari iz va nusxa ko‘chirish usulida olinadi. a, b, d, f - rasmlarda yon‘altiruvchi ab lar iz usulida hosil qilinadi. Yasovchilar: a, d - rasmlarda o‘zgarmas radiusli aylana, b, f - rasmlarda esa o‘zgaruvchan radiusli aylanadan iborat. e -rasmda yasovchi adc nusxa ko‘c hirish usulida hosil qilinadi, yon‘altiruvchi esa aylanadan iborat.
rasm
Yuzalarga ishlov
bernsh sxemalari
a – silindrik yuzaga;
b – konussimon yuzaga;
d – yon yuzaga;
e – teshik yuzaga;
f – shakldor yuzaga
2. Tokarlik dastgohlarining vazifasi va turlari
Vazifasi - turli shakldagi aylanuvchi jism turidagi silindrik, konussimon, shakldor va rezbali detallarning tashqi, yon va ichki sirtlariga ishlov berish va kesib tushirish .
Kesuvchi asbob - turli keskichlar: o‘tadigan, shakldor, rezba kesadigan, yon sirt kesadigan va kesib tushiradigan keskichlar, ichki sirtlarga ishlov berishda parmalar, zenkerlar, razvertkalar va metchiklar ishlatiladi.
Turlari - tokarlik dastgohlari tasniflash qoidalariga ko‘ra 1-guruhga kiradi: bir va ko’p spindelli avtjmatlar; revolverli; parmalash-qirqish, karusel, peshtoqli; ko’p keskichli; ixtisoslashtirilgan va har xil bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |