Boshlang’ich sinflarning iqtidorli o’quvchilar bilan ishlash reja
Download 31.37 Kb.
|
BOSHLANG’ICH SINFLARNING IQTIDORLI O’QUVCHILAR BILAN ISHLASH
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.Boshlangich talim jarayonida oquvchilar iqtidorini shakllantirish
BOSHLANG’ICH SINFLARNING IQTIDORLI O’QUVCHILAR BILAN ISHLASH Reja: 1.Boshlangich talim jarayonida oquvchilar iqtidorini shakllantirish 2.Sinfdan tashqari mashgulotlarda oquvchilar iqtidorinini rivojlantirishda togaraklarning orni . 3. Togarak rahbarlarining burchlari va vazifalari. 1.Boshlangich talim jarayonida oquvchilar iqtidorini shakllantirish Ilg’or pedagogik texnologiya “O’qituvchi - ta’lim - oquvchi” tamoyiliga asoslanib unda oquvchi sub’ektga, ya’ni ta’lim jarayonining faol ishtirokchisiga aylanib, uning izlanishiga, mushohada yuritishiga sharoit yaratib beriladi. Bunda oquv dasturi va darslik shu jarayonning bevosita tashkilotchisi, o’qituvchi esa mazkur murakkab jarayonni mohirlik va idrok bilan boshqarishi kerak. Umumiy o’rta ta’limning Davlat ta’lim standartlarida belgilangan talablarning barcha oquvchilar tomonidan to’la-to’kis bajarilishiga, ta’lim samaradorligini oshirishga erishish uchun yangi pedagogik texnologiyalarni (qo’llash) izlash, yangiliklarni yaratish va amaliyotga joriy etish lozim. Bashariyat moddiy ne'matlarni ishlab chiqarish, tabiat, jamiyat va inson tafakkurida amal qiladigan qonuniyatlarni bilish, moddiy hamda ma'naviy olam haqidagi bilimlarni yoshlarga orgatish yoli bilan rivojlanadi. Bu jarayonlarga yetarli ahamiyat bermaslik, ularning birontasini e'tibordan chetda qoldirish jamiyatni inqirozga olib keladi. Moddiy ne'matlarni ishlab chiqarish umuminsoniy tajriba bolib, u jamiyatning iqtisodiy negizini yaratishga yonalgan. Ishlab chiqarish qonuniyatlari, prinsiplari, usullarini iqtisod fanlari organadi. Tabiat, jamiyat va tafakkur hodisalarini falsafa, tabiiy va ijtimoiy fanlar tadqiq etadi. Bu fanlar sohasida toplagan bilimlar insoniyatning ozi uchun xizmat qiladi. Zero, bashariyat toplangan bilimlardan amaliyotda foydalanish yoli bilan ozini tabiiy injiqliklardan - ochlikdan, sovuqdan, ofatlardan, shuningdek, iqtisodiy va siyosiy tanazzuldan himoya qiladi. Ma’lumot mazmunida hozirgi zamon fani, texnikasi madaniyati, ishlab chiqarishi va fikrlashining umumiy asoslari aks etadi. Binobarin, ma’lumot mazmunida fan, texnika, madaniyat, ishlab chiqarish, tafakkurga oid yetakchi qarashlar, goyalar, nazariyalar, faktlar beriladi, qarashlar, goyalar, nazariyalar, faktlar ortasidagi boglanishlar ma’lumot logikasi sanaladi. Ma’lumot logikasini bolalarning tayyorgarligi, yosh xususiyatlariga moslab tanlash va ularga pedagogik ishlov berish masalalari bilan ma’lumot nazariyasi shugullanadi. Keyingi yillarda ma’lumot mazmuniga sistem yondashish moyilligi kuchayib bormoqda. M.N.Skatkin, V.V.Kraevskiy, I.Ya.Lerner kabi kator olimlarning, ilmiy tadqiqotlarida ma’lumot mazmunining quyidagi tortta elementdan iborat ekanligi isbotlandi: - bilimlar tizimi. Bilim - tabiatda, jamiyatda, inson ongida amal qiladigan qonuniyatlarning turli belgilar (masalan, yozuv) vositasida moddiylashtirilgan korinishidir. Bilimlar qarash, goya, ta'rif, qoida, aniqlik, aksioma, teorema, fakt va sh.k. shaklida beriladi; - konikma va malakalar - bilimlarni ozlashtirish, ozlashtirilgan bilimlarni turli oquv sharoitlariga tatbiq etish yollari bilan shakllanadi. Malakaning kuyi bosqichiga konikma deyiladi. Mashq, trenirovka (bir xil faoliyatni ozgartirmasdan aynan takrorlash) vositasida konikma yuqori bosqichga-malakagi aylanadi. Malaka avtomatlashgan konikmadir. Iqtidor masalasiga psixologik yondashilsa, iqtidor ijodiy faoliyat tajribasi bilan bogliq bolib, an’anaga aylangan fikrlash va faoliyat chegarasidan tashqariga chiqish demakdir. Oquv va hayotiy muammolarni original usullar bilan xal etish, oz oldiga vazifalar qoya bilish faoliyat korsatishning yangicha usullarini egallash yollari bilan oquvchilar ijodiy faoliyat tajribasini egallashadi; - munosabatlar tizimi. Tabiat, jamiyat, tafakkurga munosabat ma’lumot mazmunining navbatdagi tarkibiy qismidir. Talaba u yoki bu oquv materialini ozlashtirar ekan, oz faoliyatida oldin yashab otgan avlodlar faoliyatini ham jonlantiradi. Ozlashtirish – oz faoliyati natijasini ozgalar faoliyati natijasiga qoshib korsatishdir. Ozlashtirish psixologik hodisa bolib, quyidagi tarkibiy qismlardan iborat. IDROK. Organilgan narsa-xodisa mohiyatining ongda aks etishi - in'ikosi idrok deb yuritiladi. U keng tushuncha bolib, sezgi a'zolari (korish, eshitish kabi oquvlar yordamida xis qilingan narsalar haqidagi bilimlar, tajribadan oldin otgan narsa-hodisalar togrisidagi tasavvurlar, narsa-hodisalarni tanish va ajratishga oid tajribalarni ham oziga qamrab oladi.Oqituvchining vazifasi bolalarning oquv materialini faol idrok etishini ta'minlash, turli motivlarni (xavas, ishtiyoq, qiziqish) uygotish, imkoniyatiga qarab sezgi a'zolarining aksariyatini ta’limda qatnashtirishdan iborat. TUSHUNISH. Idrokning rivojlangan yuqori shakli tushunish hisoblanadi. Organilayotgan narsa-hodisa tarkibini faxmlash, ular ortasidagi munosabat, aloqalarni tahlil etish, tushunchalarning asosiy va ikkilamchi belgilarini ajratish, oquv materialining tarkibiy elementlari va ular urtasidagi boglanishlarni bilish, sababiyatli aloqalarni fahmlash yollari bilan idrok etilgan bilimlar tushuncha darajasiga kotarila boradi. FIKRLASH. Oquv materiali xususiyatlari togrisida oylash, narsa-hodisalarni ozaro taqqoslab, ularning xususiyatlarini ajratish, qoyilgan topshiriq, muammolarni yechish yollari bilan bolalarning fikrlashi tashkil etiladi. Tushunilgan oquv materiallari togrisida fikrlash ozlashtirilgan bilimlarning yanada yuqori darajaga kotarilishini ta'minlaydi. Mustakil ish, oquv topshiriqlarini ta’limga tatbiq etish, muammo va savollarni ortaga tashlash fikrlash jarayonining samaradorligini oshiradi. UMUMLASHTIRISH. Ozlashtirishning eng yukori darajasi umumlashtirish bulib, u oquv materialining asosiy xususiyatlarini ajratish va, aksincha, kushish, bilimlarni bir tizimga solish, organilgan bilimlarni yangi oquv sharoitlariga tatbik etish shakllarida amal kiladi. Umumlashtirishiing ikki xil kurinishi mavjud empirik umumlashtirish bunda organilayotgan hodisaning xis qilingan xususiyatlari ozaro taqqoslanadi, ikkilamchi belgilar hisobga olinmaydi, oxshash belgilar umumiy xususiyat sifatida qabul qilinadi; tushuncha darajasida umumlashtirish - bunda organilayotgan hodisaning umumiy xususiyatlari nazarda tutiladi. Mash paytida yuqori darajada umumlashtirishni taqozo etadigan ish turlari, topshiriqlardan foydalaniladi. Empirik umumlashtirish har bir mashgulotda tushuncha darajasidagi umumlashtirish otilgan temalar yuzasidan xulosalar chiqarishda, oquv predmetlarining bulimlari, boblari buyicha kilingan ishlarni ma’lum tizimga solish maksadida kullaniladi. MUSTAHKAMLASH. Ozlashtirish jarayonining eng muxim tarkibiy kismi mustaxkamlashdir. Organilgan ta'rif, qoidalarni kayta esga tushirish, oquv matrialiga oid qoshimcha faktlarni tuplash va taxlil etish, yangi topshiriqlarni bajarish, mashk kilish, din kuyilgan savollarga yana takroriy javob kaytarish, oquv materiali elementlari togrisida oylab bilim, faoliyat usullarini kayta eslash va faoliyat korsatish yollari bilan bilimlar mustahkamlanadi. Mustahkamlashning fiziologik asosi ongda hosil qilinadigan mustahkam, takroriy boglanishlar bolib, ular bilimlarni amaliyotga tugri tatbik eta olish konikmalarini shakllantiradi. TADBIQ ETISH. Bilimlar turli oquv sharoitlari, xayotiy muammolarni xal etishga tatbik etish, nazariya bilan amaliyot urtasida boglanish xosil kilish yullari bilan ishonch va e’tiqodga aylanadi. Bolalar oquv predmeti, ozlashtirilgan oquv materiali xususiyatlaridan kelib chiqib, oquv ustaxonasida ishlash, laboratoriya mashgulotlari va turli eksperimental izlanishlarda bevosita ishtirok etish, Oliy oquv yurtlari yoki ta’lim muassasalari oldi uchastkasida turli amaliy ishlarni bajarish, ekskursiyalarda qatnashish, ishlab chiqarish korxonalari ishini kuzatish, moddiy ne'matlarni ishlab chiqarish jarayonlarida bevosita ishtirok etish orkali bilimlarni tatbik etish yullarini o`rganib olishadi. Shaxs turli omillar ta’sirida shakllanadi. Tarbiya esa shaxsni shakllantiruvchi, rivojlantiruvchi omillardan biridir. Katta yoshlilar turli vositalar va usullar orqali ma’lum maqsadni kozlagan holda oz tarbiyalanuvchilarida ma’lum xislatlarni hosil qilish va rivojlantirishni xohlaydilar. Shunday qilib, tarbiya shaxsni muayyan yonalishda shakllantirish, kamol toptirish maqsadida turli odamlarning bir-biriga ta’sir korsatadigan ijtimoiy munosabatdir. Bu jarayonda shaxsning rivojlanishini harakatlantiruvchi kuchlar, omillar hamda tarbiyalanuvchilarning yoshi, shaxsiy xususiyatlari e'tiborga olinadi. Tarbiya jarayonida mikromuhitning ijobiy ta’siridan tola foydalaniladi va salbiy ta’sirini zaiflashtirishga harakat qilinadi. Tarbiya bir joyda tarbiyalanuvchilarga ta’sir korsatadigan barcha zvenolar birlashib, ahillik bilan ishlashga erishiladi va har bir shaxs oz-ozini tarbiyalash qobiliyatiga ertaroq ega boladi. Tarbiya aksariyat holatlarda keng ma'noda ishlatilib ta’lim, ma’lumot rivojlanish jarayonlariga kiradigan ishlarning mazmunini ham anglatadi. Ularning natijalarini ozida aks ettiradi. Ta’lim - tarbiya jarayonini ilmiy asosda ijodiy tashkil etish shaxs barkamolligining asosidir. Kamol topib borayotgan yoshlarni ta’lim - ilm berish orqali tarbiyalash, ular ongiga insoniylikni, millatparvar va vatansevarlikni singdiradi. Ongli va vijdonan olib borilgan har qanday faoliyat bola shaxsiga ijobiy ta’sir etadi. Ta’lim va tarbiya jarayonining ilmiy asoslangan bolishi bolada ijtimoiy xarakterni shakllantirib, yaratuvchanlikning dastlabki kurtaklarini shakllantiradi. Ilmga, hunarga munosabatning ijodiy mazmun olishi esa bola shaxsida yuksak onglilik va vijdoniy burchlilik uygotib, u xalq millat baxt - saodati yolida mehnat qilish uchun bolada ichki, ruhiy tayyorgarlikni paydo qiladi. Boshlangich maktab yoshida ham bolaning shaxs sifatida tola shakllanib ulgurgan davri bolib, uning barcha harakatlari taqlidchanlik doirasida boladi. Boshlangich ta’lim - tarbiya jarayonida bu xislatlarni ijobiylashtirish uchun zargarona nozik, oz vaqtida ota ilmiy yondashuv kerak. Aks holda, hali shakllanib ulgurmagan nihol dastlabki ozining shaxsiy motivlari doirasida ozi uchun ishlashga, oz mehnatini qadrlab, ozgalar mehnatiga e'tiborsizlik bilan qarashga ancha moyil boladi. Boshlangich sinf oquvchilari bilan ishlash nigoyatda mohirlikni, ijodiylikni, tashabbuskorlikni va qolaversa sabr - toqatni talab qiladigan ilmiy faolyatdir. Bu faoliyatni tashkil etish jarayonida avvalo har bir bolaning oziga xos ruhiy dunyosini, iste'dod kurtaqlarini chuqur bilish va unga mos keladigan ta’lim - tarbiya jarayonini togri belgilay olish lozim. Bu omillar inson muhit va tarbiya (IMT - faktor) omillar kompleksining asosini tashkil etadi. Chunki, ta’limda sifat va samaraga erishish uchun ta’lim sifatiga ta’sir etuvchi omillar (TSTEO) ta’lim sifatiga ta’sir etuvchi vositalar (TSTEV)lari foydalanish va ilmiy - ijodiy asosda tashkil etilishini talab etadi. IMT - omillar kompleksida muhit omili alohida e'tiborni talab etadi. Oila, maktab, mahalla, ommaviy axborot vositalari (OAV) va hokazolar bolaning hayotiga bogliq muhit asta-sekinlik bilan boshlangich sinf oquvchisining ongida oz ta’sirini shakllantira boradi. Bularning hammasi bola uchun yangi narsadir. Muhit taqdim etayotgan bu narsa, hodisalarni mantiqan tahlil qilish va tanlash uchun oquvchi tafakkuri kuchsizlik qiladi. Oz-ozidan ma’lumki, bu hol bola shaxsidagi hali shakllanib ulgurmagan mustaqillikni, mehnatsevarlikni, tashabbuskorlikni, vatanparvarlik va halollik kabi xislatlarning rivojlanishini bogib qoyadi. Oquvchi faoliyatiga haddan tashqari nazoratni kuchaytirish, ortiqcha qiynash, majburlash kabilar ham ta’lim jarayonida yaxshi natija beravermaydi, balki ruhiyatga ota salbiy ta’sir otkazadi. 2.§.Sinfdan tashqari mashgulotlarda oquvchilar iqtidorinini rivojlantirishda togaraklarning orni . Togarak bu sinfdan tashqari ishlarning eng keng tarqalgan turlaridan biridir. Togarak – bu xalq amaliy san’atiga, texnika yoki biror xil yo’nilishga qiziquvchilarning xohishi bilan yig’ilgan oquvchilar birlashmasidir. Togarak mashgulotlarini oquvchilarning yoshi, qobiliyati va bilim darajasini hisobga olish uch qismga: kichiq guruh, o’rta guruh, katta guruh bolib orgatiladi. Yangi qabul qilingan qatnashuvchilar kichiq guruhga bir yil qatnashgandan song orta guruhga yana bir yildan song katta guruh otadilar. Bir yillik mashgulotlar uchun kichiq guruhlar 144 soat, orta guruhga va katta guruhga 216 soatdan ajratilgan. Bir haftada kichik guruhga 2 soatdan 4 soat, orta va katta guruhga 3 soatdan 6 soatgacha mashgulot otishga ruhsat berilgan. Har bir togarak uchun alohida xona ajratilgan. Bu hona yorug va toza bolish bilan birga unda sinf doskasi, har xil stendlar, togarak yonalishiga oid namunalar, togarak burchagi va aptechkasi bolishi kerak. Har bir guruhda 12-15 bolishi kerak. Togarakdan chetlashtirilgan ayrim oquvchilarni ortoqlari oldida uyaltirmaslik kerak, oquvchilarga boshqa togarakga qatnashishini yotigi bilan tushuntirish lozim. Bazi oquvchilar sinash paytida yoki muddatida oz qobilyatini korsatmasligi ham mumkin. Shuning uchun ularning qobilyatlariga darhol xulosa chiqarishga shoshilish kerak emas. Qatnashchilarni togarakka yahshi qatnashishi togarak rahbari mashgulotlarni qiziqarli, aniq intizomli, togri talab qilishga va boshqalarga bogliqdir. Togarakga azo bolib qolgan oquvchilarga togarak hayoti va ularning vazifalari haqida batafsil tushintiriladi. Togarak rahbari kichiq guruh oquvchilariga alohida ahamiyat berib, ular qoyilgan barcha talablarni yahshi nazorat qilishi lozim. Togarakda mashgulot belgilangan dars jadvali boyicha olib boriladi. Rahbar har bir mashgulotga tayyorgarlik korgan xolda vaqtliroq kelishi, xona sharoitini va oquvchilarni bolgusi mashgulotlarda qanday ishlar qilishini oldindan kuzatib chiqadi. Rahbar mashgulot davomida har bir qatnashuvchiga alohida Ba’zan umumiy korsatma berib boradi. Har bir soatda oquchilarga 5-10 minut tanaffus berilishi zarur. Oz ishiga berilib ketgan oquvchilar dam olishni ham unitib qoyadilar, charchoq ularni sust, idroksiz ishlar qilishlariga olib keladi, bu esa bolalarni pisiholagiyasiga tasir qiladi. Shuning uchun oquvchilarga sanat haqida qisqa suhbat va voqealarni aytib berish maqsadga muvofiqdir. Dam olgan oquvchilar yangi kuch, yangi gayrat bilan ishlashni davom ettiradilar. Rahbarlarni oquvchilar bilan ishlashda quydagi prinsiplarga amal qilishi kerak: - oquvchilarning qobilyat darajasi va shahsiy qiziqishlarini hisobga olish; - togarak ishlarini ommaga va jamiyatga foydali bolish; - togarak hayoti oquvchilarni mustaqillikga, ijodiy faolyatiga va tashabuskorlikga qaratilgan bolishi kerak. Togarak mashgulotida asbob-uskunalar, xonani jihozlash, ishi orni, asbob-uskunalardan foydalanish yollari, shahsiy gigiena tehnika hafsizligi haqida axborot beriladi. Togarak mashgulotlarini maktab oquv darslari bilan bogliq yuqori saviyada otish qatnashchilarni har tomonlama tarbiyalashda muhim orin tutadi. Togarak mashgulotlari samaradorligini oshirishda korgazmalar tashkil etish ham katta rol oynaydi. Togaraklarda korgazmalarni har chorakda o’tkazish maqsadga muvofiqdir. Mashgulotlarni samaradorligini yanada oshirishning bir omili, bu ham bolsa har bir mashgulot songida oquvchhhilarning ishlaridan korgazmalar tashkil qilish etish kerak. Oquvchilar bu qisqa-qisqa korgazmalar davomida oz o’rtoqlarining bajargan ishlarini tahlil qiladilar., kamchiliklarini toldirib va yutuq tomonlarini ko’rsatib fikr almashadilar. Oquvchilar tahlildan song rahbar kim naoto’g’ri tahlil qilganini va oz fikrini aytib hulosalaydi. Togarakning yaxshi olib borish uchun rahbar zamonaviy ditatikani yaxshi bilishi va uni amalda ijodiy qo’llay olishi kerak. Togarak rahbari ozining pedagogik faoliyatida quyidagi ditaktiv prinsiplarga amal qilishi maqsadga muvofiqdir: 1. Ta’lim va tarbiyaning birlik printsipi. 2. Ta’limning ilmiy bolishi printsipi. 3. Ta’limda korgazmali printsipi 4. Ta’limda onglilik, aktivlik va mustaqillik printsipi. 5. Ta’limning sistemasi va izchil bolishi printsipi. 6. Ta’limda ilmiy bilim, ko’nikma va malakalarni. 7. Ta’limning oquvchilarga mos bolish printsipi. 8. Ta’limda nazaryani amaliyt bilan bog’liq bolishi printsipi. 9. Qatnashuvchilar kollektivga ta’lim berish jarayonida har qaysi oquvchilarga hos hususiyatlarni hisobga olib orgatish printsipi. Togarak rahbari korgazmali qurollardan foydalanishi kerak. U faqatgina qatnashchilarni ishlarini ko’rsatibgina qolmasdan, balki ozi yoki qatnashuvchilar bilan tayorlangan plakatlar foto plyustrativ materiallardan foydalanishi maqsadga muvofiq boladi. Togarak mashgulotlarning samaradorligini oshirishda tehnika vositalari yetakchi rol oynaydi. Kopgina Togaraklarda mahsus ustahona va kabinalar ajratilgan bolishi mahsus tehnika vositalarni jumladan kino appratlar, epideskop telivizor, diaskop, halq amaliyot san’ati boyicha, kinofilmlar dipozitivlar va boshqalar bolishi shart. Tehnika vositalardan foydalanisha oquvchilarning bilimini boyitadi. Shu san’atga bolgan qizizqishni oshiradi. Oquvchilarga chuqur bilim berishda san’at haqida suxbatlar o’tkazilayotganda oquvchilarni zeriktirib qoymaslik uchun korgazmalardan to’g’ri foydalanish va shu bilan bir qatorda suhbatni chozib yubormaslik kerak. Oquv tarbiya ishlarining eng qiziqarli va mazmunli turlaridan bir ekskursiyadir. Ekskursiya oquvchilarning Togarak mashgulotlaridan olgan bilimlarini mustahkamlaydi, dunyo qarashini shkillantiradi van u tassurotlar ularni qobiliyatini oshiradi. Ekskursiya oquv dasturdagi biror temani kengroq, atroflicha o’rganish uchun uyushtiriladi. Download 31.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling