2 1 9
4. Qatlamlararo yer osti suvlari daryo vodiylari, tog‘ yonbag‘irlari,
jarliklarga buloqlar holatida chiqib, yer usti suvlari oqimini oziqlantiradi
va ko‘paytiradi.
5. Qatlamlararo suvlarning vujudga kelish oblasti ancha uzoqda —
o‘rta va baland tog‘li mintaqalarga to‘g‘ri keladi.
6. Qatlamlararo yer osti suvlari harakat qiluvchi tog‘ jins qatlamlari-
ning bir tomoni o‘rta va baland tog‘li mintaqalarda bo‘lsa,
ikkinchi
tomoni
daryo vodiylarida, tog‘ yonbag‘irlarida
ochilmalar holatida
bo‘ladi.
7. Bu yer osti suv oqimi harakat qiluvchi tog‘ jins qatlami suv bilan
butunlay to‘lmagan bo‘ladi.
Qatlamlararo bosimsiz suvlarning oziqlanish maydoni tog‘li o‘lka-
larda bo‘lganligi uchun va tog‘ jins qatlamlari oralig‘ida harakat qilganligi
sababli kam minerallashgan, toza va tiniq bo‘lib, eng asosiy ichimlik
suvi manbayi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: