Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari


Download 5.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet150/211
Sana10.10.2023
Hajmi5.78 Mb.
#1697023
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   211
Bog'liq
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)

13.2. GRUNT SUVLARI
Grunt suvlari deganda yer sathiga nisbatan birinchi joylashgan suv
o‘tkazmaydigan qatlam ustki qismidagi yer osti suvi tushuniladi (13.1-
rasm). Grunt suvlari quyidagi xususiyatlari bilan boshqa yer osti suvlari-
dan farq qiladi:
1. Grunt suvlari suv o‘tkazmaydigan qatlam ustidagi suvli tog‘ jinslari
tarqalish hududi bilan, ularning qalinligi, suv o‘tkazuvchanligi bilan
chambarchas bog‘liq.
2. Grunt suvlarini vujudga keltiruvchi asosiy omillar bo‘lib, atmosfera
yog‘ini, daryo, ko‘l havzalaridagi suvlar, gidrotexnik inshootlar (kanal,
suv omborlari, sug‘orish shoxobchalari) dagi suvlar hamda atmosferadagi
mavjud suv bug‘larining kondensatsiyalanishi hisoblanadi.
3. Grunt suvlarining sath chuqurligi va sarfi yil fasllarining o‘zgarishi,
daryo suvlarining sarfi, sug‘orish shoxobchalarida suv oqishi vaqtlari
bilan bog‘liq holatda goh ko‘tarilib, goh pasayib turadi.
4. Grunt suvlarining kimyoviy tarkibi, fizik xususiyatlari yig‘iladi-
gan yoki oqib o‘tadigan tog‘ jinslari tarkibi bilan, suv yig‘ilish maydoni-
ning geoekologik sharoitiga qarab o‘zgarishi mumkin. Ko‘p hollarda
grunt suvlarining tarkibi, xossa va xususiyatlari yer yuzasidagi suv
havzalaridagi suvlarga yaqin bo‘ladi.


2 1 4
Fanda grunt suvlari mavjud bo‘lgan qatlamni suvli qatlam deb, grunt
suvlarining sathidan suv o‘tkazmaydigan qatlamgacha bo‘lgan masofa
suvli qatlamning qalinligi deb, yer yuzasidan grunt suvlarining sathigacha
bo‘lgan masofa ularning sath chuqurligi deb yuritiladi. Grunt suvlarining
ustki yuzasi uning sathi deyiladi. Agar grunt suvlarining sathi yer
yuzasiga nisbatan gorizontal holatda bo‘lsa, grunt suvlarining havzasi,
yer yuzasiga nisbatan ma’lum qiyalikda yotsa, yer osti suvlari oqim
vujudga keladi.
Grunt suvlari o‘zining vujudga kelish, harakat qilish jarayonida
daryo, ko‘l, suv omborlari, kanal suvlarini oziqlantirishi yoki biz yuqo-
rida ko‘rsatib o‘tganimizdek, ulardan suv olishi, oziqlanishi mumkin
(13.2-rasm). Ulardan oziqlanish jarayoni asosan bahor fasliga, oziqlan-
tirish esa yoz fasliga to‘g‘ri keladi. Shunday qilib, grunt suvlari bilan
yer usti (daryo) suvlari orasida doimiy ravishda gidravlik bog‘liqlik
hukm suradi.
Gidrogeologiyada yer osti suvlarini, jumladan, grunt suvlarining
«rejimi» degan ibora ishlatiladi. Grunt suvlarining rejimi deganda tabiiy
(geologik, geomorfologik, ob-havo sharoiti) va texnogen (odamlarning
xo‘jalik faoliyatlari) omillar ta’siri ostida yer osti suvlari harakatini, suv
sarfini, sathini, tarkibini va xossa, xususiyatlarining ma’lum vaqt
mobaynida o‘zgarib turish tushiniladi. Grunt suvlarining rejimini o‘rga-
nish katta ilmiy va amaliy ahamiyatga ega. Chunki grunt suvlarining
ko‘p yillik, yillik va fasliy rejimini o‘rganmasdan, bilmasdan turib, ular-
ning o‘zgarish sabablarini, qonuniyatlarini bilish, xalq xo‘jaligi obyekt-
larini yer osti suvlari bilan ta’minlash masalalarini hal etish aslo mum-
kin emas.
13.2-rasm. Yer osti grunt suvlarini yer usti suvlari bilan bog‘liqligi (M.V.Sedenkodan).
— tuproq suvlari bilan yer usti suvlari orasida bog‘liqlik yo‘q; b — grunt suvi daryo
suvidan oziqlanmoqda; d — daryo suvi grunt suvidan oziqlanmoqda; e — o‘ng qirg‘oqdagi
grunt suvlari daryo suvini oziqlantirmoqda, chap qirg‘oqdagi grunt suvlari daryo suvidan
oziqlanmoqda.


2 1 5

Download 5.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling