Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari


Takrorlash va tekshirish uchun savollar


Download 5.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet149/211
Sana10.10.2023
Hajmi5.78 Mb.
#1697023
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   211
Bog'liq
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)

Takrorlash va tekshirish uchun savollar
1. Yer qobig‘idagi va respublikamiz hududlarida mavjud bo‘lgan yer osti
suvlarining miqdori to‘g‘risida gapirib bering.
2. Tabiatda suv aylanishi qanday sodir bo‘ladi? Harakati-chi?
3. Jinslarda kapillar ko‘tarilish jarayoni vujudga kelishiga qanday omillar
sababchi bo‘ladi?
4. Yer osti suvlarining paydo bo‘lishi to‘g‘risidagi nazariyalar qaysilar?
5. Yer osti suvlarining xususiy va umumiy klassifikatsiyalari to‘g‘risida tushun-
cha bering. Ular bir-birlaridan qaysi jihatlari bo‘yicha farq qiladi?


2 1 2
13-BOB
GRUNT VA AERATSIYA ZONASI SUVLARI
13.1. AERATSIYA ZONASI SUVLARI
Aeratsiya zonasi suvlariga tuproq va yer yuzasiga yaqin qat usti suvlari
kiradi.
Tuproq suvlari. Tuproq suvlari yerning eng ustki yuza qismida
atmosfera yog‘inlarining (yomg‘ir, qor, jala) hamda havodagi suv bug‘-
larining kondensatsiyalanishi va yerga shimilishi, singishi natijasida paydo
bo‘ladi (13.1-rasm). Bu suv issiq iqlimli rayonlarda fasliy xarakterga
ega. Ko‘pincha havo haroratining ko‘tarilishi bilan bug‘lanib ketishi
mumkin. Nam iqlimli hududlarda (Yevropaning shimoliy rayonlarida,
G‘arbiy Sibir, Uzoq sharq o‘lkalarida va h.k.) bu suv uzoq saqlanish
xususiyatiga ega. Shuning uchun quruq iqlimli hududlarda tuproq suvi-
ning bug‘lanishi oqibatida yer sathida oq tuz dog‘lari vujudga keladi.
Namli o‘lkalarda tuproq suvi esa organik moddalarga nihoyatda to‘yingan
bo‘ladi.
Qat usti suvlari. Bu turkumga kiruvchi yer osti suvlarining paydo
bo‘lishi aeratsiya zonasida tarqalgan jins qatlamlarining ichida joylash-
gan, qalinligi 1—3 m, maydoni bir necha o‘n metr bo‘lgan, o‘zidan
suvni yaxshi o‘tkazmaydigan gil qatlamlariga bog‘liq holda paydo bo‘ladi.
Qat usti suvlarining vujudga kelishida tuproq suvlari katta rol o‘ynaydi.
Chunki tuproq suvlari o‘z harakati jarayonida aeratsiya zonasidagi suv
o‘tkazmaydigan qatlamlarga duch kelib, ana shu qatlamlar ustki qismida
yig‘ila boshlaydi (13.1-rasm) va ba’zan katta miqdordagi chuchuk yer
13.1-rasm. Tuproq, qat usti va grunt suvlarining yotish sxemasi (M.X.Drujindan, ba’zi
o‘zgartirishlar bilan). 1 — tuproq suvi; 2 — grunt suvlari oqimi vujudga keltirgan qum
qatlami; 3 — suv o‘tkazmaydigan qat; 4 — qat usti suvining sathi; 5grunt suvi va
uning oqim yo‘nalishi; 6 — suv o‘tkazmaydigan gil qatlami; 7 — yer osti grunt suvining
yer yuzasiga buloq holatda chiqishi; 8 — grunt suvi sathining depression yuzasi.


2 1 3
osti suvini hosil qiladi. Qat usti suvining yillik zaxirasi shu hududga
tushadigan yog‘inning miqdoriga, havo namligiga va haroratiga bog‘liq
holda o‘zgarib turadi.
Qat usti yer osti suvlari bor maydonlarni insonlar bilishgan. Bunday
maydonlarda quduqlar qazishib, o‘zlarining xo‘jalik faoliyatlarida suvidan
foydalanishgan. Chunki kimyoviy tarkibi bo‘yicha qat usti suvlari aksa-
riyat holatlarda chuchuk, kam minerallashgan suvlar guruhiga mansub.
Lekin oxirgi yillarda bu suvlar tarqalgan hududlarda ekologik vaziyat
o‘zgarishi natijasida suv tarkibi, xossa va xususiyatlari butunlay o‘zgarishi
holatlari ham kuzatilmoqda.
Qat usti suvlari ba’zan ko‘tarilib tuproq suvlari bilan qo‘shilishib
yoki qatlam bo‘ylab pastga qarab harakat qilishi ham mumkin. Birinchi
holatda yerning usti qismida zaxlash, botqoqlanish jarayonlari vujudga
kelsa, ikkinchi holatda grunt suvlari sathining ko‘tarilishiga, bu holat
ham sho‘rlanish jarayonlarini yanada rivojlanishiga olib kelishi mumkin.
Qat usti suvlari kon qurilish ishlarini olib borishda ham o‘z ta’sirini
o‘tkazishi mumkin. Jumladan, shaxta yoki boshqa kon inshootlarini
qazib o‘tish jarayonida shu suv qatlamlariga duch kelib qolish kutilmagan
qiyinchiliklar kelib chiqishiga olib keladi. Bu holat kon qurilishi lozim
bo‘lgan maydonlarning gidrogeologik sharoitiga katta e’tibor berilmog‘i,
yaxshilab o‘rganilmog‘ani taqozo etadi.

Download 5.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling