Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari
TOG‘ JINSLARIDAGI SUVNING HOLATI
Download 5.78 Mb. Pdf ko'rish
|
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)
12.2. TOG‘ JINSLARIDAGI SUVNING HOLATI
VA HARAKATI Tabiatda yer osti suvlarining paydo bo‘lishi tog‘ jinslarining turla- riga, ularning tarkibiga, xossa va xususiyatlariga bog‘liq holda yuz beradi. Tog‘ jinslari qatlamlaridagi mavjud yer osti suvlari ma’lum hajm va yo‘nalishdagi suv oqimini vujudga kelishiga qadar bir necha holatda bo‘ladi. Yer osti suvlarining bunday holati o‘z vaqtida A. F. Lebedev tomonidan ko‘rsatilgan (12.4-rasm). Bunda eng avvalo, jins zarralari atrofida suv molekulalarining dastlabki to‘planish jarayoni yuz beradi (12.4-a rasm), keyin bu to‘planish to‘la holatga (12.4-b rasm), so‘ngra parda suvi ko‘rinishga kelishi (12.4- d, e rasm) va nihoyat, erkin oquv- chan gravitatsion (12.4-f rasm) va kapillar holatga o‘tish jarayoni yuz beradi. Suv bug‘larining tog‘ jinslari zar- ralari sirtida tutgan holatiga qarab, mustahkam bog‘langan va bo‘sh bog‘langan suvlar vujudga keladi. Mustahkam bog‘langan va gigro- skopik suvlar jins zarralari bilan mustahkam bog‘langan bo‘lib, bu suvni faqat yuqori haroratda qizdi- rish yo‘li bilan ajratib olish mumkin. Gigroskopik suv pardasining qalin- ligi bir necha suv molekulalarining qalinligiga barobar bo‘lib, o‘lchami millimetrning mingdan bir ulushini 12.4-rasm. Tog‘ jinslaridagi suv turlari (A.F.Lebedev bo‘yicha): 1 — jins zarralari; 2 — suv bug‘larining mo- lekula holatidagi ko‘rinishi; a — to‘liq gigro- skopik holatida bo‘lmagan zarralar; b — to‘liq gigroskopik holatida bo‘lgan zarralar; d va e — parda suvli zarralar (juda yupqa parda suvi bilan o‘ralgan zarradan suvni d zarra tomon o‘tishi); f — gravitatsion suvli zarra. 2 0 4 tashkil etadi. Bo‘sh bog‘langan suv, havoning nisbiy namligi 100% bo‘lib, gigroskopik suv pardasining hajmiy jihatdan oshishi natijasida hosil bo‘ladi. Bu suv pardasining qalinligi millimetrning yuzdan bir ulushiga to‘g‘ri kelib, molekular kuchlar bilan ushlanib turadi, lekin ushlanish kuchi mustahkam bog‘langan suv pardasiga nisbatan bo‘sh bo‘ladi. Bu suv pardasi fanda parda suv nomi bilan atalib, tog‘ jinslarini suv bilan to‘la to‘yingan miqdordagi holatini aks etdiradi va jinsning maksimal molekular namlik sig‘imi deb yuritiladi. Mustahkam va bo‘sh bog‘langan suvlar birgalikda molekular suv deb ataladi. Jinslarning maksimal molekular namlik sig‘imi 0,76 (qum), 11,82 (qumoq tuproq) va 33,25 (gil tuproq) oralig‘ida o‘zgaradi va ularning fizik, suvli, deformatsiya- lanish va mustahkamlik xususiyatlarini qurilish nuqtayi nazaridan baho- lashda katta ahamiyatga ega. Jumladan, gilli jinslarda molekular suv miqdorining ko‘p bo‘lishi ularning xossa va xususiyatlarini yomonla- shishiga olib keladi. Erkin oquvchan suvlar gravitatsion, kapillar va immobilizovan suvlar holatida bo‘ladi. Gravitatsion suvlar tog‘ jinslari bo‘shliqlari, g‘ovaklari va yoriqlari bo‘ylab harakat qiladi va yer osti suvlari oqimini vujudga keltiradi. Kapillar suvning paydo bo‘lishi va holati gravitatsion suvning qalinligi, qaysi tog‘ jinslari qatlamlarida mavjudligi bilan chambarchas bog‘liq holda yuz beradi. Chunki bu suv doimo gravitatsion (yer osti) suv oqimi qatlamining ustki qismidan (chegarasidan) tog‘ jinslari g‘ovaklari bo‘ylab kapillar , gidrostatik kuchlar ta’siri ostida, ma’lum baland- likkacha ko‘tarilgan holatda bo‘- ladi. Kapillar ko‘tarilish baland- ligi tog‘ jinslarini tashkil etib turuvchi mineral zarralar dia- metriga, zarralar oralig‘idagi ka- pillar g‘ovaklar o‘lchamlariga qarab turlicha bo‘lishi mumkin (12.5-rasm). Yirik donali qum- larda bu qiymat asosan 2—3 dan 13 sm gacha, mayda va mayin donali qumlarda 30—60 dan 105,5 sm gacha, qumoq tuproq- larda 120—160 sm, gilli jinslarda 300—400 smga yetadi (12.3-jad- val). Ba’zi bir adabiy ma’lumot- larda (Sedenko, 1979) gil jins- lardagi kapillar ko‘tarilish hatto 6—12 metr balandlikka yetishi ko‘rsatiladi. 12.5-rasm. Har xil diametrdagi kapillar nay- chalarda suvning kapillar ko‘tarilish sxemasi (V.D. Lomtadzedan, 1984): R k Download 5.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling