Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari
BA’ZI O‘SIMLIKLARNING TRANSPIRATSIYA KOEFFITSIYENTI
Download 5.78 Mb. Pdf ko'rish
|
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)
BA’ZI O‘SIMLIKLARNING TRANSPIRATSIYA KOEFFITSIYENTI
(B. A. Apollov bo‘yicha) O‘simlik turlari Transpiratsiya koeffitsiyenti Bug‘doy 333—554 Suli 401—665 Sholi 811 Grechka 271—646 Kungaboqar 4900 Beda 251—441 Kartoshka 281—448 Qand lavlagi 377—497 Har yili Yer shari yuzasidan 520 ming km 3 miqdordagi suv bug‘la- nib turadi. Bu holat yer usti va yer osti suv oqimlarini, dunyo okeani, dengiz va ko‘llardagi suv rejimi barqarorligini saqlashda planetar aha- miyatga ega. Bug‘lanish va transpiratsiya jarayonining sodir bo‘lish tezligi asosan yer sathining dengiz yuzasiga nisbatan balandligiga, uning ekspozitsiya- siga, havo haroratiga va namligiga, yil fasllariga, atmosfera yog‘inining miqdoriga, yer sathini tashkil etib turgan tog‘ jinslari turlariga, shamol tezligiga, o‘simlik dunyosining turlariga va qalinligiga bog‘liq. 2 0 2 Bug‘lanish qiymati millimetrda ifodalanadi. Uni aniqlash ma’lum qalinlikdagi va sathdagi suv havzalarida, ekin maydonlarida maxsus qurilmalarga o‘rnatilgan yuzasi 3000 sm 2 gacha bo‘lgan bug‘lanishni aniqlaydigan asboblar (ÃÃÈ-3000) hamda tuproq yuzasida yuz beradigan bug‘lanishni o‘lchaydigan ÃÃÈ-51 bug‘latgichlar yordamida olib beriladi. Bug‘latgichlarning diametri qanchalik katta bo‘lsa, bug‘lanish qiymati shuncha kam va haqiqiy tabiiy bug‘lanish qiymatiga yaqin bo‘ladi. Yer usti suv oqimi. Bu suv oqimi daryolar oqimi bo‘lib, yerning ustki yuza qismida vujudga kelishi va oqishi bilan xarakterlidir. Daryolarning suvliligi uning havzasi maydonining kattaligiga, havo bosimiga, ana shu maydonga tushadigan yog‘inning miqdoriga bog‘liq. Ma’lumki, baland- likni dengiz yuzasiga nisbatan ortib borishi bilan havoning bosimi har 100 metrga 13,3 mb kamayib boradi. Havo bosimining balandlikka qarab bunday kamayishi o‘z navbatida yog‘inning ma’lum balandlikka qadar ortib borishiga va keyin kamayishiga ba’zan yog‘inning quruq qor holatida tushishiga sababchi bo‘ladi. Yer usti suv oqimini doimiy ravishda ta’minlab turuvchi omillardan biri — bu tog‘li hududlarning yuqori baland mintaqalaridagi mavjud muzliklar hisoblanadi. Muzliklar Yer shari quruqlik maydonining 16 mln km 2 yoki 11% qismini egallaydi. Uning hajmi 18 mln km 3 bo‘lib, Yer sharidagi hamma daryolar yillik oqimidan 500 marta oshiqligi bilan xarakterlanadi (Apollov, 1963). V. I. Lvovich keltirgan ma’lumotiga ko‘ra, yer yuzasidagi daryolar- ning suvi planetamizning quruq qismidagi hamma suv hajmining 36560 km 3 qismini tashkil etadi, uning 3550 km 3 hajmdagi miqdori har yili okeanga qaytib oqib tushadi. Qolgan qismi esa yer osti suv oqimini hosil qilishda va bug‘lanishga sarf bo‘ladi (Sedenko, 1979). Yog‘inning daryo oqimini vujudga keltirish, uni suv bilan ta’min- lash darajasi suv yig‘uvchi maydonning geologik, relyef tuzilishiga, tog‘ jinslarining g‘ovakligiga bog‘liq holda yuz beradi. Amaliyotda u yoki bu daryoning ma’lum bir oqib o‘tish joyidagi (boshlanish, o‘rta, quyi oqimidagi va h.k.) suv sarfini aniqlash quyida- gi formula yordamida amalga oshiriladi: Q =VF , bu yerda: Q — daryoning biron-bir oqib o‘tish joyidagi suv sarfi, m 3 /s; V — ana shu joydagi daryo suv oqimi tezligi, m/s; F — daryo suv oqib o‘tuvchi sathining ko‘ndalang kesimi yuzasi, m 2 . Ma’lum daryo havzalaridan jilg‘alar holatida yig‘ilib oqib keluvchi daryo suvlari ana shu havzalardagi suv oqimini vujudga keltiruvchi manbalarga (yomg‘ir, qor, muzliklar, buloqlar) qarab, yomg‘ir suvidan 2 0 3 vujudga kelgan daryolar, yomg‘ir va muzliklar suvlaridan yig‘ilib oqim hosil qilgan daryolar, yog‘in, muzliklar va buloqlar suvlarining qo‘shilma- sidan yoki faqat buloq suvlaridan vujudga kelgan daryo oqimlari nomi bilan ataladi. Download 5.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling