Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari
— kapillar ko‘- tarilish kuchi; N k —
Download 5.78 Mb. Pdf ko'rish
|
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)
- Bu sahifa navigatsiya:
- BA’ZI TOG‘ JINSLARIGA XOS KAPILLAR KO‘TARILISH BALANDLIGI (Atterberg va F. P. Svarenskiy, V. D. Lomtadze ma’lumotlari asosida)
— kapillar ko‘-
tarilish kuchi; N k — kapillar ko‘tarilish ba- landligi. 2 0 5 Kapillar suvlari gilli, jumladan, lyoss va lyossimon jinslar tarqalgan hududlardagi mavjud «aeratsiya zonasini» (12.6-rasm), ya’ni grunt suvlari sathi bilan yer yuzasi orasidagi jins qatlamlarining namligi oshishiga, ularning mustahkamlik va deformatsiyalanish xususiyatlari o‘zgarishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Shuningdek, grunt suvlari kapillar suv holatida yer yuzasiga yaqinlashishi va bug‘lanish jarayonining vujudga kelishi oqibatida aeratsiya zonasidagi jins tarkibidagi suvda yaxshi eruvchan tuzlarni yer yuzasiga olib chiqib yotqizilishiga va sho‘rlanishiga ham sababchi bo‘ladi. Immobilizovan holatdagi suv gil jinslardagi mavjud bir-birlariga nisbatan mustaqil bo‘lgan g‘ovaklardagi suv bo‘lib, biron-bir mexanik kuch ta’sir etmaguncha o‘z holatini o‘zgartirmaydi. Mexanik kuch ta’sirida esa zarralarning harakati natijasida uning strukturasiga putur yetadi, jins karkasi buziladi. 12.3-jadval BA’ZI TOG‘ JINSLARIGA XOS KAPILLAR KO‘TARILISH BALANDLIGI (Atterberg va F. P. Svarenskiy, V. D. Lomtadze ma’lumotlari asosida) Tog‘ jinslari Kapillar ko‘tarilish balandligi, sm Mayda shag‘al (5—2 mm) 2,5 Qum: Dag‘al (2—1 mm) 6,5 12.6-rasm. Lyoss va lyossimon jinslar «aeratsiya zonasida» kapillar suvlar ko‘tarilishining vujudga kelish sxemasi: I — suv o‘tkazmaydigan tog‘ jins qatlami; II — grunt suvi oqimi vujudga kelgan qatlam; III — aeratsiya zonasi. 1 — grunt suvi sathining yuqorigi chegarasi; 2 — kapillar suvi ko‘tarilgan balandlik chegarasi. 2 0 6 Jadvalning davomi Tog‘ jinslari Kapillar ko‘tarilish balandligi, sm Yirik donali (1—0,5 mm) 13,1 O‘rta yiriklikda (0,5—0,2 mm) 26,4 Mayda donali (0,2—0,1 mm) 42,8 Mayin donali (0,1—0,05 mm) 105,5 Alevrit (0,05—0,02 mm) 200 Qumoq tuproq (suglinok)* 160 Gil 90,7—400 Yengil qumoq tuproq (yengil suglinok) 196 * Gil va gilli jinslarda kapillar ko‘tarilishning maksimal tezlik qiymati (sm/sut) birinchi sutkalarga to‘g‘ri keladi. Immobilizovan suv gravitatsion suv holatiga o‘tishi ham mumkin. Lyoss jinslarida yuz beradigan tiksotropiya jarayoni ana shu suv holati- ning o‘zgarishi oqibatida yuz beradi. Tabiatda ba’zi minerallarni fizik-kimyoviy xossa va xususiyatlari bilan bog‘liq bo‘lgan suv turlari ham uchraydi. Bu suvlar seolit, kristallizatsion va konstitutsion holatidagi suvlardir. Seolit holatidagi suvlar opal (SiO 2 nN 2 O) va shu turkumdagi mine- rallarga xos bo‘lib H 2 O molekula holatida uchraydi. Bu suv minerallar tarkibidan 80—400°C haroratda ajraladi. Kristallizatsion holatidagi suv gips (CaSO 4 2H 2 O), soda (Na 2 CO 3 10H 2 O) va boshqa minerallariga xos. Ularni tarkibidagi suv 100 0 C dan past haroratda ajraladi. Konstitutsion holatidagi suv muskovit KAl 2 (Al 2 Si 3 O 10 )(OH, F) 2 va shu turkumdagi boshqa minerallarda uchraydi va ularni tarkibiy qismi bilan juda mustahkam bog‘langan bo‘ladi. Suv ularni tarkibidan 400°C dan yuqori haroratda ajraladi. Shuningdek, suv tog‘ jinslarining g‘ovaklarida, qatlamlarida qattiq muzlagan, kristallangan holatda ham uchraydi. Bunday suvlar yilning fasllari mobaynida erishi va suyuq holatga o‘tishi yoki doimiy muz holatida qolishi ham mumkin. Download 5.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling