Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari
Takrorlash va tekshirish uchun savollar
Download 5.78 Mb. Pdf ko'rish
|
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)
- Bu sahifa navigatsiya:
- TOG‘ JINSLARINING INJENER-GEOLOGIK KLASSIFIKATSIYASI
Takrorlash va tekshirish uchun savollar
1. Gil va gilli jinslarning mustahkamlik xususiyati to‘g‘risida va jins qatlamiga ta’sir etuvchi kuchlar to‘g‘risida tushuncha bering. 2. Gil jinslarining mustahkamligini xarakterlovchi eng asosiy xususiyatlari qaysilar va ular qanday aniqlanadi? 3. Gilli jinslarining ichki ishqalanish burchagi deb nimaga aytiladi? Bog‘lanish kuchi deb-chi? 4. Gilli jinslarning surilishga bo‘lgan qarshiligini aniqlashda qo‘llaniladigan Kulon qonunining matematikaviy ifodasidagi formulasini yozing va uning fizik ma’nosini tushuntirib bering. 5. Jinslarning surilishga bo‘lgan qarshiligiga ta’sir etuvchi eng asosiy omillarni sanab bering. 6. Qum jinslarining tabiiy qiyalik burchagi qanday aniqlanadi? Uni ifodalov- chi formulani yozib ko‘rsating. 1 9 2 11-BOB TOG‘ JINSLARINING INJENER-GEOLOGIK KLASSIFIKATSIYASI Klassifikatsiya so‘zining asosi «Klass», ya’ni lotincha «klassis» so‘zidan olingan bo‘lib, ma’lum turkum, to‘da, guruh, daraja ma’no- larini anglatadi. «Klass» so‘zi birinchi marta fransuz botanigi J. Turne- for tomonidan qo‘llanilgan, keyinchalik, 1735- yili K. Linney o‘zining «Tabiat sistemalari» asarida ishlatgan. Geologiyada, jumladan, «Injenerlik geologiyasi» fanida «klassifi- katsiya» so‘zi tog‘ jinslar yoki gruntlar 1 tarkibini tashkil qilib turuvchi mineral zarralar miqdoriga, katta-kichikligiga (o‘lchamiga), ana shu jins- larning genetik turlariga, suvli, fizik, fizik-mexanik xossa va xususiyatlari- ga va boshqa tarkibiy holatlariga, miqdoriy va sifat jihatdan bir-birlariga yaqinligi, o‘xshashligiga qarab, ma’lum turkumlarga, guruhlarga ajratish yoki birlashtirish tushuniladi. Tog‘ jinslarini klassifikatsiyalashda qo‘lla- niladigan ko‘rsatkichlar asosan uch guruhga bo‘linadi: 1) klassifikatsion ko‘rsatkichlar bo‘lib, bularga tog‘ jinslarining granulometrik, minera- logik va kimyoviy tarkibi; 2) bilvosta ko‘rsatkichlar bo‘lib, bularga tog‘ jinslari zichligi, g‘ovakligi, plastikligi, ko‘pchuvchanligi, konsistensiya darajasi; 3) bevosita ko‘rsatkichlar bo‘lib, bularga tog‘ jinslari zichligi, zichlanish koeffitsiyenti, umumiy deformatsiyalanish moduli, zarralar ichki ishqalanish koeffitsiyenti, zarralar orasidagi bog‘lanish (qovushoq- lik) kuchi, ichki ishqalanish burchagi, nisbiy cho‘kuvchanlik, filtratsiya koeffitsiyenti va h.k. lar kiradi. Hozirgi vaqtda tog‘ jinslarining yuqoridagi klassifikatsiyalash ko‘r- satkichlari hamda ularning imorat va inshootlarning mustahkamligiga ko‘rsatadigan ta’siriga qarab maxsus injener-geologik klassifikatsiyalar ishlab chiqilgan (F. P. Sovranskiy, E. M. Sergeev, V. D. Lomtadze, G‘. A. Mavlonov va b.). Bu klassifikatsiyalar injenerlik-geologiyasi fanida «Umumiy», «Regonil», «Xususiy» (chastniy) va «Sohaviy» (otraslevoy) nomlari bilan ataladi. Download 5.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling