1 9 3
Regional injener-geologik klassifikatsiyalar ayrim hududlar uchun
va ana shu hududlarda tarqalgan tog‘ jinslarining genetik turlari, qaysi
formatsiyaga kirishi, yoshi, xossa va xususiyatlari, tarkibi hisobga olingan
holda tuziladi (11.1-jadval).
11.1-jadval
MARKAZIY OSIYONING O‘RTA VA JANUBIY QISMI LYOSS JINSLARINING
REGIONAL KLASSIFIKATSIYASI (G‘. O. Mavlonov bo‘yicha)
Lyoss jinslarining xususiyatlari bo‘yicha
Lyoss va lyossimon jinslarning genetik
turlari bo‘yicha
1. Proluvial lyosslar
1. Lyosslar
2. Eol lyosslar
1. Proluvial lyossimon jinslar
2. Deluvial lyossimon jinslar
3. Alluvial lyossimon jinslar
2. Lyossimon jinslar
4. Eluvial lyossimon jinslar
Xususiy injener-geologik klassifikatsiyalar tog‘
jinslarining ayrim
injener-geologik xususiyatlarini (cho‘kuvchanligi, nuraganlik darajasi,
mustahkamligi, suv o‘tkazuvchanlik koeffitsiyenti va h.k.),
tarkibini
(granulometrik, kimyoviy va h.k.), yotish holatlarini, nurash jarayoniga
qanchalik uchraganlik darajalarini va boshqa
xususiyatlarini hisobga
olgan holda tuziladi (11.2-jadval).
11.2-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: