Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari
— zichlovchi kuch hosil qilish uchun yuk qo‘ygich; 2 —
Download 5.78 Mb. Pdf ko'rish
|
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)
— zichlovchi kuch hosil qilish uchun yuk qo‘ygich; 2 — suruvchi kuch hosil qilish
uchun yuk qo‘yigich; 3 — odometr; 4 — zichlovchi kuch ta’siridagi deformatsiyalanishni ko‘rsatadigan indikator; 5 — suruvchi kuch ta’sirida vujudga kelgan deformatsiyalanishni ko‘rsatuvchi indikator. 1 8 7 qo‘yib boriladi. Surilish jarayoni yuz bergan og‘irlik t 1 deb qabul qili- nadi. Shu zayil ikkinchi namuna P 2 , uchinchi namuna P 3 zichlash bosim- lari ostida zichlanib t 2 , t 3 suruvchi kuchlarning qiymati aniqlanadi. Har bir P 1 , P 2 , P 3 bosimlarga ta’sir qiluvchi t 1 , t 2 , t 3 suruvchi kuchlarning qiymatlari topilgach, shu qiymatlarga to‘g‘ri keluvchi ichki ishqalanish koeffitsiyenti (f) quyidagicha aniqlanadi: 1 1 1 1 tg P f , 2 2 2 2 tg P f , 3 3 3 3 tg P f yoki 3 1 3 1 tg P P P . Shuningdek, olingan natijalar asosida surilish koeffitsiyenti (tg y ) va surilish burchagi ( y ) ham aniqlanishi mumkin: tg P . Formulalarda: t , t 1 , t 2 , t 3 — suruvchi kuchlar; P, P 1 , P 2 , P 3 — vertikal-normal kuchlar; j va y — ichki ishqalanish va surilish burchaklari; tg j va tgy — ichki ishqalanish va surilish koeffitsiyentlari. Tadqiqot natijalari asosida o‘rganilayotgan gil jinslarning surilishiga bo‘lgan qarshiligi bilan vertikal kuch orasidagi, vertikal kuch bilan suruvchi kuch orasidagi bog‘liqlik chizmasi chiziladi (10.10-rasm). 10.10-rasm. Gil va gilli jinslarning ichki ishqalanish koeffitsiyenti (f = tgj), ichki ishqalanish burchagi ( j), surilish burchagi ( y )va zarralar orasidagi bog‘lanish kuchi (C) ni laboratoriya sinovlari asosida olingan natijalar yordamida ko‘rsatish va aniqlash chizmasi. 1 8 8 Chizma orqali jinsning ichki ishqalanish burchagi j, zarralari orasidagi bog‘lanish (qovushqoqlik) kuchi C aniqlanadi. Buning uchun abssissalar o‘qi bo‘yicha zichlovchi vertikal kuchlar qiymatlari (P 1 , P 2 , P 3 , ..., P n ), ordinatalar o‘qi bo‘yicha suruvchi kuch ( t 1 , t 2 , t 3 , ..., t n )natijalari qo‘yib chiqiladi. Chizmadagi og‘irlik kuchi P hamda suruvchi kuch t asosida chizilgan to‘g‘ri chiziq bilan gorizontal chiziq orasidagi burchak shu jinsning ichki ishqalanish burchagi ( j) deb ataladi.Tashqi bosim ta’sirisiz surilishga qarshilik ko‘rsatuvchi kuch — bu jins zarralari orasidagi bog‘lanish kuchi (C) deb ataladi. Uning qiymati P 1 , P 2 , P 3 zichlovchi (og‘irlik) kuchi quyilgan chiziq (abssissa) bilan, t 1 , t 2 , t 3 suruvchi kuchlar quyilgan chiziq (ordinata) kesishgan joyidan pastki ya’ni ordinatalar o‘qigacha bo‘lgan AB qismi jins zarralari orasidagi bog‘lanish kuchi (C) qiymatini beradi (10.10-rasm). Jinsning surilishga bo‘lgan qarshi- ligi Kulon qonunining matematik ifodasiga asosan quyidagi formula bilan aniqlanadi: S = P f + C , bu yerda: S — jinsning surilishga bo‘lgan qarshiligi; P — zichlashtiruvchi og‘irlik kuchi; f — ichki ishqalanish koeffitsiyenti bo‘lib, tgj ga teng, j 0 — ichki ishqalanish burchagi. f = tgj bo‘lgani uchun yuqoridagi formulani quyidagi ko‘rinishda yozish mumkin: S =Ptg j + C . Bu demak, jinslarning surilishga bo‘lgan qarshiligi (S) zichlovchi normal bosim (P) ni ichki ishqalanish koeffitsiyenti (f = tgj) qiymati ko‘paytmasiga shu jinsni tashkil etuvchi zarralar orasidagi bog‘lanish kuchi (C) qiymatining qo‘shilmasiga tengligini bildiradi. Tog‘ jinslarining surilishga bo‘lgan qarshiligi ularni ma’lum yuzaga (suriluvchi qatlam osti sathiga) bosib turuvchi normal og‘irlik kuchiga, jinsning namligiga, g‘ovaklik koeffitsiyenti o‘zgarishiga (10.7-jadval), yotish qiyaligiga, hududda yuz beradigan yer qimirlashlarning kuchiga, miqdoriga, odamlar tomonidan turli maqsadlar uchun o‘tqaziladigan portlatish ishlariga, surilishga moyil bo‘lgan maydondan yoki uning yaqi- nidan o‘tuvchi transport vositalariga, ularning turlariga (traktor, poyezd, avtomashina va h.k.) bog‘liq holda o‘zgaradi. Ana shu yuqoridagi omil- larning mavjudligi, ularning ta’sir etish darajasi oshishi bilan sekin- asta, ba’zan juda tezlik bilan ma’lum maydonlarda surlish hodisasi yuz beradi. Bu hodisaning sodir bo‘lishi xalq xo‘jaligiga juda katta zarar yetkazadi. Amaliyotda nafaqat gil jinslari, shuningdek, qum jinslarining ham tabiiy qiyalik burchagini aniqlash lozim bo‘ladi. Quruq qumning gorizontal tekislik bilan hosil qilgan burchagini uning Download 5.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling