Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari
— deformatsiyalanish chizmasi; b —
Download 5.78 Mb. Pdf ko'rish
|
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Deformatsiyalanish xususiyati.
— deformatsiyalanish chizmasi; b — jins qatlamida deformatsiyalanish zonasining
rivojlanishi: 1 — zichlanish; 2 — qatlamning ayrim qismlarida yuz berayotgan surilish; 3 — plastik deformatsiyalanish — inshoot zaminini tashkil qilib turgan jins qatlamini siqib (turtib) chiqarilishi; I—III — deformatsiyalanish bosqichlari. 1 7 6 Deformatsiyalanish xususiyati. Tog‘ jinslarining deformatsiyalanishi ularning siqiluvchanligi bilan xarakterlanadi. Siqiluvchanlik — jinslarning tashqi kuch (bosim) ta’siri ostda o‘z hajmlarini kamaytirishi demakdir. N. M. Gersevanov gruntlarning deformatsiyalanish xususiyatini ma’- lum og‘irliklar (bosim) ostda o‘rganib, bu jarayonni uch bosqichda yuz berishini aniqlagan (10.3-rasm): Zichlanish, surilish, siqib (turtib) chiqarish (Frolov, Korotkix, 1990). Agar bu holatni (10.3-a rasm) miso- lida ko‘radigan bo‘lsak, og‘irlikni (bosimni) O dan P 1 darajada ortib borishi bilan jins qatlamida zichlanish jarayoni (S 1 ) yuz beradi (birinchi bosqich), og‘irlikni P 1 dan P 2 orttirilishi bilan jins qatlamining ayrim qismida zichlanish jarayoni bilan bir vaqtda surilish jarayoni ham yuz bera boshlaydi (S 2 ), natijada to‘g‘ri chiziq ko‘rinishidagi deformatsiya holati buziladi (ikkinchi bosqich), deformatsiyalanish esa davom etadi (S 3 ). Og‘irlikni P 3 darajada oshirilishi surilish jarayonini butun jins qat- lami bo‘ylab yuz berishiga olib keladi (uchinchi bosqich). Deformatsiya- lanishning bu bosqichi oxirida inshoot zamini hisoblangan jins (grunt) qatlamida yon tomonga qarab siqib chiqarish jarayoni yuz beradi. Na- 10.4-rasm. Gilli jinslarning siqilish modeli (Frolov, Korotkixlardan, 1990). a — namuna (qatlam) balandligining (H 0 ); P 1 , P 2 , P 3 kuchlar (bosim) ta’sirida DH 1 , DH 2 , DH 3 darajaga kamayishi; b — namuna g‘ovaklari hajmini (V p ) P 1 , P 2 , P 3 kuchlar ta’sirida kamayishi; d — namuna (yoki qatlam) balandligini (H 0 ) kamayishining (deformatsiyalanishining) bosimga bog‘liqligini ( DH=f (P)) ko‘rsatuvchi kompression egri chiziq; e — namuna (yoki qatlam) g‘ovaklik koeffitsiyentining (e 0 ) bosimga bog‘liqligini (e 0 =f (P)) ko‘rsatuvchi egri chiziq. 1 7 7 tijada imorat va inshootlar mustahkamligiga putur yetishi yoki butun- lay buzilib ketish holati yuz berishi mumkin. Gil va gilli jins qatlamlariga tashqi kuch ta’sir etganda, ularda yuz beradigan siqilish (cho‘kish, o‘tirish) jarayoni asosan ta’sir etuvchi kuch yo‘nalishda sodir bo‘ladi (10.4-rasm). Yon tomonlari esa siqilishga qarshilik ko‘rsatuvchi omil bo‘lib xizmat qiladi. Shuning uchun amaliyot- da bu jarayonning vujudga kelishi, rivojlanishini o‘rganish kompression asboblar yordamida modellashtirilgan. Hozirgi vaqtda kompression asboblarning bir qancha turlari mavjud bo‘lib, bularga Maslov, Zna- menskiy, Abelov, Sitovich va MGRI, GIDEP, «Gidroproyekt» K-1M asboblarini ko‘rsatish mumkin. Ularni ichida «Gidroproyekt», K-1M modelidagi kompression asboblar o‘z qulayligi bilan ajralib turadi. Bu asboblar yordamida gil va gilli jinslarni tabiiy holatida, suv ta’sirida, har xil bosim ostida siqilishini, g‘ovaklari, hajmi o‘zgarishini aniqlash, imorat va inshootlarni rejalashda, qurishda qo‘llaniladigan eng asosiy mexanik, injener-geologik ko‘rsatkichlar bo‘lgan «Siqiluvchinlik koeffitsiyenti (a)», «Umumiy deformatsiyalanish moduli (E 0 )», «Siqiluv- chanlik moduli (E s )», «Cho‘kuvchanlik ( d pr )», «Konsolidatsiya darajasi (V k )» to‘g‘risida miqdoriy qiymatlarni olish mumkin. Buning uchun la- boratoriyaga daladan olib kelingan gil va gilli (lyoss va lyossimon) jins monolitlaridan kompression asbob halqalariga 2—3 tadan namunalar qirqib olinadi. Har bir namuna asbob odometriga joylanadi (10.5-rasm). So‘ngra u kompression asbob stoliga o‘rnatilib, odometr shtampasi orqali 10.5-rasm. K-1M modelidagi kompression asbob odometri. 1 Download 5.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling