1 6 6
bu yerda:
n — jinsning g‘ovakligi, %;
g
sk
— quruq jinsning zichligi, g/sm
3
;
g
M
— jins mineral qismining zichligi, g/sm
3
.
Qoya tog‘ jinslarining (granit, granodiarit, ohaktosh, marmar, gneys
va b.) g‘ovakligi asosan 5 % dan
oshmaydi, yarim qoya tog‘
jinslari
g‘ovaklari (nurash jarayoniga uchragan qoya tog‘ jinslari, tuflar, mel,
opok va b.) 15—20 % dan 30—35% atrofida o‘zgaradi. Lyoss va lyos-
simon jinslarning g‘ovakligi 45—58% oralig‘ida bo‘ladi (10.1, 10.2-jad-
vallar).
Gilli va qumli jinslarning g‘ovaklari tabiiy holatda turli darajada suv
bilan band yoki to‘yingan bo‘ladi. Bu qiymat 0,1 dan 1,00 oralig‘ida
o‘zgarishi mumkin. Tog‘ jinslarining suv bilan to‘yinganlik darajasi (
K)
quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
sk
W
n
K
,
bu yerda:
g
sk
— tog‘ jinslari quruq qismining zichligi, g/sm
3
;
W — jinsning tabiiy namligi, %;
n — jinsning g‘ovakligi, %.
Agar
K ning qiymati 0,8 ga teng bo‘lsa, demak, uni tashkil etuvchi
g‘ovaklarining 10 dan 8 qismi suv bilan band bo‘lib, faqat 0,2 qismi
bo‘sh bo‘ladi.
Tog‘ jinslarining plastiklik xususiyati. Plastiklik
faqat gil va gilli
jinslariga xos bo‘lib, ularga tashqi kuch ta’sir etganda o‘z shaklini yoriq
hosil qilmay o‘zgartirishi va tashqi kuch olingandan keyin, hosil qilgan
shaklini o‘zgartirmay saqlab qolishi tushuniladi.
Amaliyotda jinslar
plastikligining yuqori, pastki chegaralari va
plastiklik soni aniqlanadi
va qo‘llaniladi. Plastiklik chegaralari va plastiklik sonining o‘zgarishi
asosan jinsga ta’sir etuvchi suv miqdori bilan bog‘liq. Agar gilli jinslar
(sof gil, lyoss va lyossimon jinslar) namligini ma’lum sharoitda sekin-
asta oshirilsa u plastiklik holatidan oquvchan holatiga o‘tishi yoki ka-
maytirilsa, plastiklik holatidan quruq (qattiq) holatga o‘tishi mumkin.
Ana shu plastiklik holatidan
Do'stlaringiz bilan baham: