Takrorlash va tekshirish uchun savollar
1. Tog‘ jinslarining granulometrik tarkibi deganda nimani tushuniladi?
2. Tog‘ jinslarining granulometrik tarkibi nima uchun o‘rganiladi?
3. Tog‘ jinslarini tashkil qilib turuvchi zarralarni katta-kichikligiga qarab
klassifikatsiyalash to‘g‘risida tushuncha bering.
4. Shag‘al, qum, qumtuproq jinslari elash usuli bilan qanday aniqlanadi?
Elaklarning qaysi xillari bor?
5. Elaklarda qolgan fraksiyalar miqdorini % da aniqlash formulasini yozib
ko‘rsating.
6. Sabanin va pipetka usullari gil va qum jinslarini tashkil etuvchi qaysi
zarralarni aniqlashda qo‘llaniladi?
7. Zarralarni suvda cho‘kish tezligi bilan, ularning diametrlari o‘rtasidagi
bog‘liqlik shkalasi kimlar tomonidan ishlab chiqilgan?
8. Pipetka usuli bilan gil, chang zarralari miqdorini aniqlash yo‘llari to‘g‘risida
batafsil gapirib bering.
9. Granulometrik va mikroagregat usullari bir-birlaridan qaysi jihatlari bilan
farqlanadi?
10. Mikroagregat ko‘rsatkichi deb nimaga aytiladi?
11. Tadqiqot natijalari laboratoriya jurnalida qay tartibda ko‘rsatiladi?
9.2. TOG‘ JINSLARINING KIMYOVIY TARKIBI
Ma’lumki aksariyat tog‘ jinslari kimyoviy tarkibini u yoki bu darajada
SiO
2
, TiO
2
, Al
2
O
3
, FeO
3
, FeO, MnO, MgO, CaO, Na
2
O, K
2
O, H
2
O
-110
,
H
2
O
+,P
2
O
5
komponentlari tashkil etadi. Jumladan magmatik, metamorfik,
gilli cho‘kindi jinslarida SiO
2
, Al
2
O
3
, H
2
O
-110
va cho‘kindi karbonat
jinslarida CaO, MgO, CO
2
eng asosiy kimyoviy komponentlar bo‘lib
hisoblanadi (9.5-jadval). Shu bilan birga qoya tog‘ jinslar nurash jarayonida
o‘zlarini avvalgi tabiiy kimyoviy tarkibini butunlay o‘zgartirishlari (oshishi
va kamayishi), yangi mahsulotlarni hosil qilishlari mumkin.
Injener-geologik nuqtayi nazaridan tog‘ jinslarining, ayniqsa gil
jinslarining umumiy kimyoviy tarkibini, ya’ni yuqorida ko‘rsatilgan
komponetlarni hamda ular tarkibida mavjud bo‘lgan suvda
Do'stlaringiz bilan baham: |