1 5 5
Pipetka usulida gil jinslarning granulometrik tarkibini aniqlash quyidagicha
amalga oshiriladi (RST Uz 817-97 bo‘yicha ixchamlashtirilib olindi).
Katakchalarga bo‘lish usuli bilan havo harorati quruqligidagi 200 g
o‘rtacha namuna tahlil uchun olinadi va ko‘zlarining (teshiklarining)
diametri 10; 5; 2; 1 mm bo‘lgan elaklar jamlamasidan o‘tkaziladi. Elak-
larda tutilib qolgan va taglikka o‘tgan fraksiyalar analitik tarozida torti-
ladi. Ko‘zlarining o‘lchami 1 mm bo‘lgan elakdan o‘tgan zarrachalar
yana katakchalarga bo‘lish yo‘li bilan ajratilib, ulardan o‘rtacha namuna
olinadi. Olingan namuna avvaldan og‘irligi tortilib aniqlab qo‘yilgan
chinni kosachaga solinadi va tortiladi.
Tahlil uchun olingan o‘rtacha namunaning massasi gillar uchun 10 g,
sugliniklar (qumoq lyossimon jinslar) uchun 15 g, supeslar (qumloq
lyossimon jinslar) uchun 20 g ni tashkil qilishi kerak.
Olingan o‘rtacha namuna 250 sm
3
hajmli kolbaga yuvgichdagi suv
oqimi orqali yuvib tushiriladi va ustiga (kolbaga) 200 sm
3
dan ko‘p
bo‘lmagan miqdorda suv quyiladi (9.3-rasm).
9.3-rasm. Pipetka usuli bilan gil jinslarining granulometrik
tarkibini aniqlashda
qo‘llaniladigan anjomlarning eng asosiylari.
1
— shtativ;
2 — shtativ o‘rnatiladigan asos;
3 — shtativ
asosini gorizontal holatga
keltirishda
ishlatiladigan vint;
4
Do'stlaringiz bilan baham: