1 4 3
qaziydigan maxsus stanoklar ishlab chiqilgan.
Bunday qurilmalarga
KØK-30, BÝM-1000 shurf qazish mashinalarini ko‘rsatish mumkin.
KØK-30 yordamida chuqurligi 30 m, diametri 800, 1230 mm, BÝM-
100 yordamida esa chuqurligi 50 m, diametri 400, 600, 800, 1000 mm
bo‘lgan shurflarni qazish mumkin. Bu mashinalar lyoss
va lyossimon
jinslar kesmasini o‘rganishda, tarkibini, xossa va xususiyatlarini aniqlash
uchun namuna va monolitlar olishda juda qulay.
Tozalama (raschistka) tog‘ yon bag‘irlarida, daryo vodiylarida qalinligi
10—100 m, hatto bundan ham oshiq bo‘lgan tog‘ jinslari qatlamlarini
tabiiy holatda ochilib qolgan joylarda tozalash ishlari o‘tkazish, namuna
va monolitlar olish uchun tayyorlangan qazilma.
Bunda namuna va
monolitlar olinishi uchun tayyorlangan kesmadagi tog‘ jinslarining ustki
(nurash jarayoniga uchragan, tabiiy namligi o‘zgargan) qismi qirqib olib
tashlangan bo‘ladi. Tozalamani tozalangan qismining chuqurligi tog‘
jinslarining yotish holatiga, joyning relyef tuzilishiga qarab 2—3 m hatto
4—6 m bo‘lishi ham mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: