Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari
Download 5.78 Mb. Pdf ko'rish
|
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)
Barxanlar Sahroi Kabirda, Qoraqumda, Murg‘ob daryolari quruq
deltalarining shimoliy rayonlarida, Orol oldi hududlarda, Markaziy Farg‘onada, qisman Qizilqumda va boshqa cho‘llarda bo‘lib, qum ko‘chkilarning biror buta, daraxt yoki qattiq tog‘ jinslari atrofida ushlanib qolishi va to‘planishi natijasida paydo bo‘ladi. Uning balandligi 10—50 metrga yetishi, hatto bundan ham oshishi mumkin. Barxanlarning shamol ta’sir qilib turadigan tomoni yarim oy shaklida bukilgan bo‘lib (7.5-b rasm) shamolga qarama-qarshi tomoni esa ancha tik bo‘ladi va bu tiklik 30—35 gradusga yetadi. Barxanlar goho ayrim-ayrim uchrab, ko‘p hollarda bir-birlari bilan qo‘shilib ketadi va eniga bir necha kilometr keladigan tizmlarni paydo qiladi. Bunday tizimlarning kengligi Sahroi Kabirda va Amudaryo sohalarida hatto 100 km ga yetadi. Barxanlarning harakati xalq xo‘jaligiga katta zarar keltirib, ba’zi harakatlari jarayonida bog‘larni, qishloqlarni, uylarni, turli injenerlik inshootlarini, temir yo‘llarni butunlay bosib ketadi. Masalan, XIV asrda Sahroi Kabirning Uaran massividagi Abueir vodiysi qum uyumlari ostida ko‘milib ketgan. Shu kabi hodisalar Qizil- qum, Qoraqum sahrolarida va shu sahro atrof rayonlarida ham yuz berganligi ma’lum. Dyunlar oquvchi suvlar, ko‘l, dengiz qirg‘oqlarida yotqizilgan qum zarrachalarining shamol ta’sirida ko‘chirilib, ana shu suv havzalari atrof rayonlariga yotqizilishi natijasida paydo bo‘ladi (7.5-a rasm) va barxanlardan suv havzalariga yaqinligi bilan farq qiladi. Shu bilan birga dyunlarni tashkil qilgan qum zarrachalari ko‘pincha yaxshi silliqlangan, dumaloq holatda bo‘ladi. Dyunlar asosan bir-birlariga parallel bo‘lgan tizma-polosalar shaklida tarqalib, eni bir necha kilometrga, balandligi bir necha metrdan 100—200 metrgacha (Tunisda) borib, shamol ta’sir qiladigan tomoni ancha yotiqroq bo‘ladi va shamolga qarshi tomonining tikligi 40 gradusga borishi mumkin. Dyunlar, ayniqsa, Fransiyaning Atlantik okeani qirg‘oqlarida, Boltiq bo‘yi rayonlarida, Kaspiy va Qora dengiz qirg‘oqlarida, Amudaryo, Volga, Dnepr, Don daryolarining qirg‘oq yaqinlarida ko‘p tarqalgan bo‘lib, ularning yillik siljish ampli- tudasi 20 metrga yetadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling