Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari
Takrorlash va tekshirish uchun savollar
Download 5.78 Mb. Pdf ko'rish
|
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7.7.1. SEL HODISASI TO‘G‘RISIDA UMUMIY TUSHUNCHA
Takrorlash va tekshirish uchun savollar
1. Eroziya jarayoni nima va qanday vujudga keladi? Uning zararli oqibatlari. 2. Eroziya jarayoni qanday ko‘rinishlarda sodir bo‘ladi? 3. Eroziya jarayonini vujudga keltiruvchi sabalarni sanab bering. 4. Eroziya jarayoniga qarshi ko‘riladigan qurish choralari nimalardan iborat? 7.7. SEL HODISASI 7.7.1. SEL HODISASI TO‘G‘RISIDA UMUMIY TUSHUNCHA Tog‘lik hududlarda yomg‘ir yog‘ishi, mavjud qor yotqiziqlarining erishi natijasida hosil bo‘lgan suv oqimi tog‘ jinslari bo‘laklarini harakatga keltiradi va pastga tomon oqizib tusha boshlaydi. Bunday suv oqimlari jilg‘alardan, soychalardan chiqib, bir-birlari bilan qo‘shilishi natijasida katta kuchga ega bo‘lgan yagona oqimni vujudga keltiradiki, bu oqim adabiyotlarda sel nomi bilan mashhurdir. Sel massasining taxminan 50— 60 protsenti har xil tosh parchalaridan, mineral zarrachalardan, tuz eritmalaridan, har xil o‘simlik tanalaridan tashkil topgan bo‘ladi va tog‘dan shiddat bilan tog‘ oldi rayoniga qarab harakat qiladi. Demak, sel oqimi vujudga kelishi, shu rayonga tushadigan yog‘inning miqdoriga, uning yog‘ish tezligiga, tog‘ yonbag‘irlarida yig‘ilgan nurash jinslarining ko‘p-ozligiga bog‘liq. Shu bilan birga sel hodisasini vujudga kelishida va rivojlanishida tog‘ yonbag‘irlarining daryo vodiysiga nisbatan haddan tashqari tik, nishabligi (tikligi 0,1° dan kam bo‘lmasligi) hamda tog‘ yonbag‘irlarining o‘simlik dunyosiga kambag‘al bo‘lishi asosiy sababdir. Chunki tog‘ yonbag‘irlari qanchalik tik, o‘simlik dunyosiga kambag‘al bo‘lsa, tushgan yog‘in shuncha kam ushlanib qoladi, paydo bo‘lgan suv 1 3 3 oqimining tezligi va yemirish kuchi shuncha katta bo‘ladi (Mavlonov, Islomov, Shermatov, 1970). Sel asosan bahor faslida, yozning dastlabki kunlarida sodir bo‘ladi. Buning sababi, birinchidan, bahor faslida yog‘inning asosiy qismi issiq yomg‘ir holatida tushishi, ikkinchidan, qishi bilan yig‘ilgan qor massa- sining tezlik bilan erishi, uchinchidan, tog‘ yonbag‘irlaridagi, turli qalinlikdagi (0,25 dan 60—70 m) deluvial, eluvial-deluvial lyossimon tog‘ jinslarining ivishi, cho‘kishi natijasida daryo vodiysi tomon surilib tushishidir. Sel hodisasi Yer sharining hamma tog‘liq rayonlariga xos hodisa bo‘lib, ayniqsa, Amerika qit’asida, Italiya, Avstriya, Shveysariyada, Qrim, Karpat, Baykal, Ural tog‘i hududida, Kavkazda ko‘p bo‘lib turadi. Markaziy Osiyoda, jumladan, Qirg‘izistonning Issiqko‘l rayonida, O‘zbe- kistonning Farg‘ona vodiysida, Chirchiq daryosining irmoqlari hisoblan- gan Parkentsoy, Oqsoqotasoy vodiysida, Ohangaron daryosi vodiysida tez-tez yuz berib turadi. F. K. Kocherganing ma’lumotiga ko‘ra, faqat Fag‘ona vodiysining o‘zida 270 ta sel hodisasi vujudga keladigan daryo havzalari mavjud. Download 5.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling