Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari
KARST BO‘SHLIQLARI TARQALGAN RAYONLARDA
Download 5.78 Mb. Pdf ko'rish
|
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Takrorlash va tekshirish uchun savollar 1.
- 7.6. EROZIYA JARAYONI 7.6.1. EROZIYA JARAYONI TO‘G‘RISIDA UMUMIY TUSHUNCHA
7.5.3. KARST BO‘SHLIQLARI TARQALGAN RAYONLARDA
KO‘RILADIGAN ASOSIY CHORA VA TADBIRLAR Karst hodisasi yuz berishi mumkin bo‘lgan hududlarda ko‘riladigan asosiy chora va tadbirlar quyidagilardan iborat: 1. Yer osti bo‘shliqlarining paydo bo‘lishida va rivojlanishida asosiy sabab bo‘lgan yer osti va yer usti suvlarining, suvda yaxshi eriydigan jins qatlamlaridagi harakatlarning ta’sir darajasini cheklash. 2. Mavjud karst bo‘shliqlarining rivojlanishiga yo‘l qo‘ymaslik, ana shu bo‘shliqlarga sement, temir-beton qorishmalari, issiq bitum quyib to‘lg‘azish. 3. Quriladigan imorat va inshootlarni iloji boricha karst bo‘shliqlari yo‘q uchastkalarga qurish. 4. Injener-geologik tekshirish ishlari natijasida qurilishga noloyiq deb topilgan uchastkalarda imorat va inshootlar qurmaslik. Agar qurilish nihoyatda zarur bo‘lgan taqdirda, ana shunday rayonlarda doimiy statsionar kuzatish ishlarini tashkil etish va boshqalar. Takrorlash va tekshirish uchun savollar 1. Karst hodisasi nima va u qanday vujudga keladi? 2. Asosiy karst hosil qiluvchi tog‘ jinslarini aytib bering. 3. Karst hodisasi lyoss va lyossimon tog‘ jinslarida ham uchraydimi? 4. Karst bo‘shliqlari mavjudligi oqibatlari to‘g‘risida gapirib bering. 5. Karst bo‘shliqlari qanday o‘rganiladi? Ulardan saqlanish uchun qanday tadbirlar ko‘riladi? 7.6. EROZIYA JARAYONI 7.6.1. EROZIYA JARAYONI TO‘G‘RISIDA UMUMIY TUSHUNCHA Osmondan tip-tiniq, top-toza holda yoqqan yomg‘irning yer yuziga urilishi bilan loyqalanishini, tezda o‘zi bilan tuproq zarrachalarini kemi- rib, harakatga kelishini, o‘z yo‘lida yuvish ishlarini bajarishi va pastki yerlarga oqib ketishini, jarlar hosil qilishini hammangiz ko‘rgansiz. Bu 9—M.Sh. Shermatov 1 3 0 1 Eroziya lotincha so‘z bo‘lib, yemirish yoki kemirish ma’nosini anglatadi. hodisa fanda eroziya 1 jarayoni deb yuritiladi. Eroziya jarayonining boshlanishida va rivojlanishida yomg‘ir tomchilarining ahamiyati juda katta bo‘lib, yomg‘ir tomchilarining tuproq qatlamiga urilishi tuproq zarrachalarini hatto 60—90 sm balandlikka 1—1,5 m radius bo‘ylab otib yuborishi mumkinligi aniqlangan. N. A. Gorskiyning ma’lumotiga ko‘ra bir gektar yer yuzasiga 10 mm qalinlikda yoqqan yomg‘irning og‘irligi 100 tonnaga borishi, Amerika tuproqshunosi B. Osbornoning hisoblashicha, bir gektar yer yuzasiga 50 mm qalinlikda yomg‘ir yoqqanda 625 ot kuchiga teng keladigan energiya ajralishi hisoblangan bo‘lib, bu energiya 17,5 sm qalinlikdagi tuproq qatlamini 90 sm balandlikka 86 marta ko‘tarib tashlashga qodir ekan. Bu, demak, u 62 mln kgm ga teng keladigan ish bajardi, demakdir. Yomg‘ir tomchilarining yer yuzasiga katta kuch bilan urilishi, ma’- lum qalinlikdagi tuproq qatlamining yemirilishi, so‘ngra hosil bo‘lgan suv oqimining tog‘ yon bag‘irlari bo‘ylab, ma’lum nishablikdagi ariqlar orqali harakatga kelishi katta-katta hosildor ekin maydonlari ustki qatlamlarining ba’zan butunlay yuvilib ketishiga sabab bo‘ladi. Masalan, ana shunday yomg‘ir tomchilaridan, erigan qor suvlaridan o‘z qatralarini yig‘uvchi Missisipi daryosi 1 sutka davomida okeanga 1,5—2 mln tonna loyqa zarralarini, 20 ming tonna qum, shag‘al toshlarni olib kelib tashlaydi. Shunga o‘xshash Chotqol daryosi o‘z qatralarini yig‘ib keladigan (o‘zining eng dastlabki qatralarini Talas ola tog‘ining janubiy- g‘arbiy yon bag‘irlaridan boshlaydi) maydonni har kv km dan yiliga 150 tonna, Norin daryosi (o‘zining dastlabki qatralarini Tyan-Shan- ning Oqshiyroq massividan — Petrov muzligidan boshlab yig‘adi) esa 250 tonna tuproq zarralarini, qum, shag‘al toshlarni yuvib oqizib keladi. Golland geologi R. Kyuenenaning hisoblashicha, Yer sharining quruqlik qismidan har yili 12 kub km yoki 36 mlrd tonna loy, qum, tosh materiallari eroziya jarayoni natijasida yuvilib turadi. Eroziya jarayoni ikki xil ko‘rinishda sodir bo‘ladi. Birinchisi tuproq eroziyasi deyilib, yomg‘ir suvlari yerning ustki qatlamlarini yuvish natijasida yuz beradi. Ikkinchisi jar eroziyasi deb yuritiladi. Birinchisi eroziya jarayonining boshlanishi bo‘lib, ikkinchisi uning davomi hisob- lanadi. Chunki ana shu ma’lum tekislik bo‘ylab yuvish ishlarini bajargan suv qatralari asta-sekin pastliklarga qarab oqishi, bir-birlari bilan qo‘- shilishi natijasida katta kuchga ega bo‘lgan suv oqimini hosil qiladiki, bu oqim chuqurligi 0,5—1 metr, kengligi 1—2 metr ariqchalarni hosil qilib oqadi. So‘ngra shu ariqchalar bo‘ylab, yerning pastki qatlamlari tomon o‘yish, yemirish, o‘pirish ishlarini bajaradi. Vaqt o‘tishi bilan yuqoridagi ariqchalarning uzunasi bir necha kilometrga, eni 15—20 metr- ga, chuqurligi hatto 10—30 metrga yetadigan jarlarni vujudga keltiradi. Tuproq eroziyasi asosan tog‘ yuqori qismlarining shimoliy yon bag‘ir- 1 3 1 larida rivojlangan bo‘lib, jarlarning hosil bo‘lish jarayoni esa lyoss jin- slari keng tarqalgan tog‘ oldi rayonlarda juda taraqqiy etgandir. Eroziya jarayoni Markaziy Osiyoning Chotqol, Qurama, Turkiston, Zarafshon, Pskom, Ugom, Farg‘ona, Oloy, Hisor, Pomir, Issiqko‘l rayoni atrofi tog‘larida (Kungay, Teskay) va shu tog‘lardan boshlanuvchi Sirdaryo, Amudaryoning irmoqlari Chirchiq, Ohangaron, Norin, Zarafshon, Vaxsh, So‘x, Qoradaryo, Chu daryolarining vodiylarida hamda Yevropa qismining Ukraina, Moskva, Boltiq bo‘yi, Kavkaz, Qrim hududlarida rivojlangan. Shuningdek, eroziya jarayoni Yer yuzasining hamma qismlarida, ayniqsa, Shimoliy Amerikaning Kordilyera tog‘larida, Liviya, Hindiston, Birma va boshqa ko‘pgina mamlakatlarda keng tarqalgan bo‘lib, u mamlakatlar qishloq xo‘jaligi rivojlanishiga katta ziyon keltiradi. Download 5.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling