Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari
YER OSTI KARST BO‘SHLIQLARI KELTIRADIGAN
Download 5.78 Mb. Pdf ko'rish
|
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)
7.5.2. YER OSTI KARST BO‘SHLIQLARI KELTIRADIGAN
OQIBAT VA ULARNI O‘RGANISH Yer ostida paydo bo‘lgan turli shakldagi va kattalikdagi bo‘shliqlar- ni, g‘orlarni, bu bo‘shliqlar tarqalgan tog‘ jinslarini va ana shu tog‘ jinslari tarqalgan hududning tabiiy sharoitini, iqlimini geologik, geo- morfologik tuzilishini, geologik tarixini o‘rganishning xalq xo‘jaligi uchun ahamiyati juda ham katta. Bunday bo‘shliqlarning gidrotexnik va boshqa inshootlar ostidan chiqib qolishi, ularning mustahkamligiga katta putur yetkazadi. Ba’zan butunlay vayron bo‘lishiga olib keladi. Masalan, Amerikadagi Xele-Bar, Ispaniyadagi Mariya-Kristana, Fransiyadagi Sen-Gilmele-Dezer kabi yirik to‘g‘onlar ana shunday jinslar ustiga qurilgan bo‘lib, keyinchalik zaminidan suvning sizib ketishi natijasida ishdan chiqqan. Ispaniyada balandligi 72 metr keladigan Monte Xaks to‘g‘oni qurilib, suv ombori tashkil qilinib, unga suv quyilganda u sira ham to‘lmagan. Tekshirishlar ko‘rsatganki, suv omborining tagida yura davrida (taxminan 135—160 million yillar avval) paydo bo‘lgan bo‘r yotqiziqlari bo‘lib, suv ana shu yotqiziqlarga shimilib turgan. Ayniqsa karst bo‘shliqlari bo‘lgan tog‘ jinslarining ikkinchi bir boshqa jinsning qalin qatlamlari ostida bekinib yotishi o‘tmishda ishni ancha og‘irlashtirib, ba’zan quruvchilarning aldanishiga sababchi bo‘lgan. Amerikadagi to‘g‘on qurilishida xuddi shunday voqea yuz bergan. Quruvchilar to‘g‘on qurilayotgan rayonning yer usti tuzilishiga qarab 1 2 8 hukm chiqarganlar, yerning pastki qatlamlariga e’tibor bermaganlar. To‘g‘on qurib bitkazilgach, karst bo‘shlig‘ining o‘pirilishi natijasida vayron bo‘lgan. Tabiatda bunday hodisalar juda ham ko‘p bo‘lgan. Shuning uchun hozirgi vaqtda bizning mamlakatimizda, birorta rayonda inshootning u yoki bu turini qurish kerak bo‘lsa o‘tmishning saboqlariga e’tibor berilgan holda, avval kompleks injener-geologik tekshirish ishlari o‘tkazmasdan, kerakli materiallar to‘plamasdan, ilmiy praktik xulosalar chiqarmasdan turib, qurilish ishlarini boshlash qat’iyan man qilingan. Ohaktoshlar, dolomit, angidrid, tuz, lyoss va boshqa suvda yaxshi eriydigan, yuvilib, uvalanib ketadigan jinslar tarqalgan hududlarda olib boriladigan injener-geologik qidiruv ishlari o‘tkazish vaqtida asosiy vazifa qilib quyidagilar qo‘yiladi: 1. Avvalo suvda eruvchan, yuviluvchan, uvalanuvchan jinslar tar- qalgan maydonni aniqlash, ularni qaysi jins ustida yoki ostida yotishini geologik, geofizik usullar yordamida belgilash. 2. Karst bo‘shliqlarini sinchiklab o‘rganish, ularning paydo bo‘lish sabablarini aniqlash va bu hodisalarning rivojlanishida o‘tmishdagi va hozirgi zamon tektonik harakatlarining tezligini baholash. 3. Tekshirilgan maydon inshootning u yoki bu turini qurishga yaroqli yoki yaroqsiz ekanligi to‘g‘risida ilmiy va amaliy xulosalar chiqarish. 4. Qurilish ishlari boshlab yuborilishi mumkin deb topilgandan so‘ng ko‘riladigan choralarni belgilash. Bu yuqoridagi vazifalarni amalga oshirish uchun avvalo shu rayon bo‘yicha ilgari o‘tkazilgan geologik, geotektonik, injener-geologik, geo- fizik, geomorfologik, gidrogeologik ishlar bo‘yicha yig‘ilgan ma’lumotlar to‘planib, tahlil qilinadi va o‘tkaziladigan injener-geologik tekshirish ishlarining hajmi, turi, xarakteri o‘tkazilish usullari belgilanadi. O‘tkaziladigan injener-geologik ishlarning turiga topografik, aerofoto- grafik, gidrogeologik, geofizik, geomorfologik, geotektonik, seysmologik ishlar kiradi. Yuqoridagi ishlar o‘z navbatida parma quduqlari qazish yordamida, karst bo‘shliqlari tarqalgan yoki paydo bo‘lishi ehtimoli bor joylardan namunalar olinib laboratoriyalarda minerologik, kimyoviy tarkibini, fizik mexanik xossalarini o‘rganish, kotlovanlar qazib ular yordamida jinslar- ning suv o‘tkazuvchanlik koeffitsiyentlarini aniqlash ishlari bilan birga olib boriladi. Bundan tashqari karst bo‘shliqlari tarqalgan rayonda statsionar kuzatish ishlari tashkil qilinadi. Statsionar kuzatish ishlari tashkil qilinganda asosiy e’tibor yer osti va yer usti suvlarining rejimi- ga, ya’ni ularning miqdorining, kimyoviy va boshqa xossalarning fasl- lar bo‘ylab o‘zgarib turishiga, har bir kv km maydonda 1-yilda sodir bo‘ladigan o‘pirishlar soniga, shakllariga, jins qatlamlarining erish, yuvi- lish, yemirilish tezligiga, mavjud imorat va inshootlarning mustahkam- ligining o‘zgarganlik darajalariga e’tibor beriladi. 1 2 9 Dala, laboratoriya tekshirish ishlari tugagandan keyin hamma olingan va yig‘ilgan ma’lumotlar sinchiklab o‘rganiladi. Xaritalar, kesmalar, litogrammalar, sxemalar chizilb butun o‘tkazilgan tekshirish ishlarini o‘z ichiga olgan hisobot tuziladi va kerakli tashkilotlarga qo‘llanish uchun topshiriladi. Download 5.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling